Katta dunyo
-
biologya sistemasida olamdan keyingi taksonomik kategoriya hisoblanadi.
Prokariotlar katta dunyosi Bakteriyalar va Sianeyalarni o‘z ichiga oladi. Eukariotlarga
O‘simliklar, Zamburug‘lar va Hayvonlar kiritiladi. Hozirgi davrda tiriklikni klassifikatsiya
qilishning yangi sistemasi ishlab chiqilgan.
Dunyo (Kingdom)
-
Organik olam sistemasidagi eng yirik taksonlardan biri
hisoblanadi. Yaqin davgacha Organik olam 4 ta dunyo:
Drobyankalar
(Monera), Zamburug‘lar
(Fungi, Mycota),
O‘simliklar
(Plantae, Vegetabilia) va Hayvonlar (Animalia) dunyosiga
ajratilib o‘rganilar edi. Bu sistemada Bakteriyalar va Sianobionetlar kichik dynyo tarzida
Drobyankalar olami tarkibiga kiritilgan. Ayrim sistematiklar Tiriklikni 5 ta dunyo: Bakteriyalar,
Sianobionetlar, O‘simliklar, Zamburug‘lar va Hayvonlarga ajratishadi. Hozirgi davrda
sistematiklar tomonidan Eukariotlar katta dunyosiga yana bir yangi guruh Protistlar dunyosi
kiritildi (
qarang:
sxema va jadvalga). Protistlar (Protista), ya‘ni eng sodda organizmlar dunyosiga
tuzilishi va hayot kechirishi har xil bo‘lgan yadroli (eukariot) organizmlar kiritiladi.
Hujayralarning ixtisoslashmaganlifgi, ya‘ni to‘qima va organlarning bo‘lmasligi barcha Protistlar
uchun umumiy xususiyat hisoblanadi. Protistlar infuzoriya, amyoba, xlamidomonada kabi bir
hujayralui organizmlar bilar bir qatorda qo‘ng‘ir, qizil, yashil suv o‘tlari kabi ko‘p hujayrali suv
o‘tlari kabi o‘rganizmlarni ham o‘z ichiga oladi.
Organik olamga dunyolar boyicha tavsif berilishi
Dunyo
Bakteri-yalar
Apxibakte-rialar
Protistalar
O‘simliklar
Zambu-
rug‘lar
Hayvonlar
Eubacteria
Archaebacteria
Protista
Plantae
Fungi
Animalia
Hujay-
rasi
Yadro,orga-
nellalari
yo‘q, hujay-
ra devorida
murein
kislota bor.
Yadro, organel-
lalar,hujayra de-
vorida murein
kislota
yo‘q,gene-etik
materialieuk-
ariotlarga yaqin
Yadrosi
bor,ayrim
guruhlari
ko‘p
yadroli
Yadro,vaku-
ola, xloro-
plastlari bor,
hujayra devo-
ri selluloza-.
dan iborat
Yadroli,hujay-
ra devoiri
qattiq
xitin yoki
selliloza
Yadrosi
bor,
qattiq
hujayra
qobig‘i
bo‘lmaydi
Tuzi-
lishi
Asosan bir hujayrali, ko‘p
guruhlari (kolonial)
guruhlari ham uchraydi
Bir hujay-
rali va ko‘p
hujayrali,
to‘qima-
lari rivoj-
lanmagan
Ko‘p hujay-
rali,
to‘qimalari
rivojlangan
Odatda ko‘p
hujayrali
mitsyliy.
Hujayralar
oralig‘i
to‘sig‘i yo‘q
Ko‘p hujay-
rali, to‘qima
va organlari
rivojlangan.
Oziq-
lanish
usuli
Geterotrof,
avtotrof
Xemosintezlov-
chi
avtotrof,
gete-rotrof,
fotosin-tezlovchi
geterotrof
Geterotrof,
fotosintez-
lovchi
avtotrof
Avtotrof,
fotosintez
Osmotrof,
geterotrof
Golozoy
geterotrof
Harakat-
lanishi
Erkin yashaydi
Erkin yoki
yopishib
yashaydi
Faol harakatlanmaydi
Ko‘pchiligi
harakatchan
Yo‘qorida keltirilgan jadvaldan yirik biologik sistemalarni klassifikatsiya qilish asosan
to‘rt xil belgilarga asoslanganligi ko‘rinib turibdi. Mazkur klassifikatsida Protistalar bilan
boshqa guruhlar o‘rtasidagi farqlar aniq ko‘zga tashlanmaydi. Shunday bo‘lsada o‘simlik va
hayvonlar dunyosidan yangi Protistlar dunyosini ajratib chiqarilishi botanika va zoologiya
o‘rganadigan organizmlar o‘rtasiga aniq chegara qoyishga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |