Digenetik, so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi.
Digenetik so‘rg‘ichlilar deyarli
barcha vakillarining ikkita so‘rg‘ichi bo‘ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab, nasl almashinuv
orqali boradi. So‘rg‘ichlilarning asosiy ko‘pchiligi, shu jumladan yuqorida keltirilgan turlar
ham ana shu kenja sinfga kiradi.
Aspidogasterlar (Aspidogasteraea) kenja sinfi.
Aspidogasterlarning 40 ga yaqin turi
ma‘lum. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator
so‘ rg‘ich chuqurchalariga bo‘ lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin
hayot siklida nasl gallanishi bo‘lmaydi. Tipik vakili
Aspidogaster conchicola
baqachanoq
yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va
toshbaqalarda parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |