usuli mavjud: sovuq, issiq va sublimastiya usuli bilan quritish.
Sovuq quritish deganda baliqni ochiq havoda 35
0
S dan yuqori bo’lmagan haroratda
quritishga aytiladi. Bu usul bilan asosan treska baliqlari quritiladi. Bunday mahsulotlar
asosan Norvegiya, Islandiya mamlakatlarida ishlab chiqariladi.
48
Issiq quritishda baliq harorati 100
0
S dan yuqori bo’lgan issiq havo yordamida
quritiladi. Bu usulda xom ashyo tuzlanadi, suvda ivitiladi va so’ngra quritiladi.
Tuzlab quritilgan baliqlar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha 1-chi va 2-chi navlarga
bo’linadi.
Birinchi navga yaxshi quritilgan, zich, kattiq konsistenstiyali ega, sirti toza, yoqimli
ta’m va hidga ega, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz mahsulotlar kiritiladi.
Ikkinchi navda esa bu ko’rsatkichlari bo’yicha ozroq chetlanishlar bo’lishi
mumkin. Birinchi navda tuz miqdori 12% dan oshmasligi, ikkinchi navda esa 13-15%
bo’ladi. Ikkala nav quritilgan baliqlarda ham suv miqdori 38% dan ortiq bo’lmasligi talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |