O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

 
 
12-MA’RUZA. 
MAVZU:Ta’limning zamonaviy vositalariga asoslangan interfaol darslarni 
loyihalashtirish. 
 
REJA: 
1.
Ta’limni boshqarishdagi asosiy tushunchalar
2.
 
Fizikaviy ta'lim vositaiari 
3.
 
Ta’limda boshqaruv texnologogiyasi 
Vosita keng ma'noda inson bilan mehnat o'rtasiga qo'yiladigan moddiy va 
nomoddiy narsalardir. Masalan, 8-sinf fizika darsligidagi «Jismiaming o'zaro ta'siri. 
Kuch» mavzusini tushuntirishda prujina, yuklar va kudini o'lchovchi asbob 
dinamometr sinfga olib kirildi, deb tasavvur qiling. Darsga olib kirilgan detallar 
o'qituvchi uchun vosita vazifasini o'taydi. O'qituvchi sinfga olib kirgan detallarni o'zi 
bilan o'quvchilar o'rtasiga qo'yib rejalashtirilgan natijaga erishadi. 
O'qituvchi o'z mashg'ulotlarida foydlanish uchun turli chizma, jadval, 
diagramma kabilarni ham ko'rgazma qurol sifatida darsxonasiga olib kirishi mumkin. 
Bu tipdagi vositalami nomoddiy vositalar qatoriga kiritamiz. Moddiy va nomoddiy 
narsalar faqat o'qituvchi uchun fizika ta'limi vositasidir. Ular o'quvchi uchun ta'lim 
manbasi sanaladi. Xo'p, shunday ekan, o'quvchi uchun fizika ta'limi vositalarini 
qanday tushunish kerak? 
«O'qish vositalari — o'quvchining o'zida. O'quvchida shakllangan ijtimoiy 
tajriba, o'zlashtirilgan biltmlar, malakalar, ijodiy faoliyat va aqliy mehnat usullaii 
o'quvchi uchun vosita vazifasini o'taydi».
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki. o'quvchi o'qish o'rganish jarayonida o'zi 
bilan o'rganilayotgan obyekt o'rtasiga o'z xatti harakatlari, orttirgan tajribasi, 
shakllangan aqliy faoliyat usullari, bilim va malakasi, aqliy mehnat usullarini qo'yib, 
ko'zlangan natijaga erishadi, o'z oldiga qo'yilgan maqsadni amalga oshiradi. Bu 
hodisaga maktab tajribasidan olingan juda ko'p misollarni kehirish mumkin. 


77 
Masalan, fotosintez hodisasini o'rganish, tushunishda ximiya, fizikadan
o'rganilgan bilimlardan foydalaniladi. O'quv predmetini o'qitishning deduktiv 
yo'llaridan mohirona foydalana olmagan o'qituvchi ta'limning induktiv usullarini 
san'atkorona qo'llay bilmaydi. Moddalaniing molekulalardan tuzilganligi to'g'risidagi 
tasawurlami egallab olmagan o'quvchi jismlaming o'zaro ta'sirini puxta egallay 
bilmaydi. Sunday misollami yana davom ettirish mumkin. 
Keltirilgan misollardan ko'rtnadiki, oldin o'rganilgan bilim, malaka, faoliyat 
usullaridan vosita sifatida foydalanish faqat maktab o'quvchisi uchungina mansub 
bo'lmasdan, barcha kasb egalari uchun umumiydir. Garchand, pedagogikada, 
shuningdek, psixologiyada ham, ta'lim vositalarining moddiy va nomoddiy shakllaii 
qancha ko'p o'rganilgan bo'lsa-da, bir hodisani o'rgaiilsli yo'li bilan erishiigan natijani 
ikkinchi hodisani o'zlashtirishda vosita sifatida ishlatish. turli misol, niasalani 
bajarish yo'li bilan chiqarilgan xulosani yangi misol, masalani bajarishda vosita 
sifatida qo'llash fanda haligacha atroflicha o'rganilmagan. Ushbu tadqiqotda «fizika 
ta'limi vositasi» tushunchasi ana shu ma'noda - o'rganilgan fizikaviy bilim, malaka, 
faoliyat usuli, hayotiy tajribadan o'quv faoliyati vositasi vazifasida foydalanish 
ma'nosida qo'llanadi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish