O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti



Download 355,84 Kb.
bet44/93
Sana15.11.2020
Hajmi355,84 Kb.
#52587
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
Миллий гоя пед тех

Jadvalni to’ldiring

1-guruh


Savol

Vayronkor g’oyalarga misol keltiring?

(F) Fikringizni bayon eting




(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashti-ring




2-guruh

Savol

Bunyodkor g’oyalarga misol keltiring?

(F) Fikringizni bayon eting




(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating




(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashti-ring





Mafkuraviy faoliyat - milliy g’oyani amalga oshirish vositasi
Sayyoramiz sivilizatsiyasi taraqqiyotining o’tgan asrlar tajribasi bugungi kunga kelib, shuni yaqqol tasdiqlamoqdaki, xalqlar, millatlarning tarixiy taraqqiyoti hech qachon silliq kechmagan. Zamonning zayli bilan insoniyat tarixida kuchli evrilishlar, vayron qiluvchi ijtimoiy-siyosiy to’fonlar ham, shu bilan bir qatorda, u yoki bu millatning hayotida yangi davrni boshlab berishi mumkin bo’lgan noyob imkoniyatlar ham tug’ilib turgan.

Ana shu holatdan kelib chiqib qaralganda, davrning shafqatsiz to’fonlariga javob bera olmasdan tamomila barbod bo’lgan yoki mavjud imkoniyatlari bo’la turib undan foydalana olmaslik oqibatida, ko’p asrlar qoloqlik komiga tushib qolgan xalqlarni ham yoki aksincha, zamon zayliga hozirjavob bo’lib, undan o’z xavfsizligi va taraqqiyoti uchun imkon qidirib topa olgan, natijada jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotining bayroqdori darajasiga ko’tarilgan xalqlarni ham tarixdan yaxshi bilamiz.

Shu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: xo’sh, xalqlar va millatlar nomutanasibligi asosida nima yotadi? Nima uchun ayrim xalqlar tarixiy taraqqiyot o’lchamlari bilan hisoblaganimizda, uncha uzoq umr ko’rmay, insoniyat sivilizatsiyasidan o’ziga munosib o’rin topa olmay, butkul tanazzulga yuz tutganlar? Aksincha, ayni bir paytda , boshqa bir xalqlar, o’zining nomini, qadriyatlarini yo’qotmasdan, oldiga qo’ygan buyuk maqsadlaridan adashmasdan umrboqiylikka dahldor bo’lib qolgan. Buning sir-asrori nimada?

Kishilik jamiyati rivojlanishi natijasida to’plangan nihoyatda katta tajribadan kelib chiqib xulosa qilganimizda, insoniyat taraqqiyoti ko’pgina omillarga bog’liq ekanligiga, lekin ularning orasida ma’rifatga intilish omili ustun bo’lib xizmat qilganligiga amin bo’lamiz.

Zamonning shafqatsiz sinovlariga qarshi o’zining yuksak manfaati bilan javob bergan millat hech qachon zavolga yuz tutmagan. Aynan ma’rifat, millatning zamon bilan hamnafas turishini ta’minlagan, millat taqdiri uchun xatarli vaziyatlarda bamisoli jamiyatning qalqoni vazifasini o’tagan.

Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining urushdan keyingi bosib o’tgan yo’liga nazar tashlasak, quyidagi bosqichlar ko’z oldimizda paydo bo’ladi: ya’ni, millat sifatida o’zlikni saqlab qolish, taraqqiy qilish hamda jahon hamjamiyatida munosib o’rinni egallash. Bu mamlakatlarning shu tarzdagi muvaffaqiyatlari sabablarini qanchalik chuqur tahlil qilmaylik, baribir, unda ma’rifatga intilish omilining yetakchi o’rinda turganligini ko’ramiz. Shu jihatdan olib qaralganda, qudratli demokratik davlat sari bugun o’tish davrini o’z boshidan kechirayotgan bizning mamlakatimiz hayotida ham ma’rifat omili taraqqiyotning bosh ustuni bo’lib xizmat qilishi lozimligini barchamiz chuqur anglashimiz kerak. Yuksak ma’rifatli jamiyatgina yuksak maqsadlarni ko’zlay oladi va unga erishish yo’llarini ham hal qiladi, degan fikrni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuriga singdirish – davrimizning eng muhim vazifasidir. Zero, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qotmaydi ham. Aql zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi”.

Ushbu fikrlardan kelib chiqadigan bosh xulosa shundaki, mamlakatimizda ma’rifatni yuksaltirish davrimizning eng mas’uliyatli talabidir. Chunki ma’rifatli jamiyat, nafaqat o’zining taraqqiyot istiqbollarini oldindan ko’ra biladi, balki o’ziga xavf solishi mumkin bo’lgan turli tahdidlarni ham mardonovor bartaraf eta oladi.

Shu jihatdan olib qaralganda, mamlakatimizda ma’rifatni yuksaltirishning asosiy vositasi bo’lgan yangi ta’lim va tarbiya tizimini hayotimizga tadbiq qilish ishlarini sifat jihatidan butunlay yangi darajaga ko’tarish vazifasi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, bu borada davlatimiz tomonidan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, davlat tomonidan qabul qilingan yangi qonun o’zining tub mohiyatiga ko’ra, eng zamonaviy ta’lim tizimini barpo qilishning mukammal huquqiy asosidir. Bundan tashqari, davlatimiz yangi ta’lim tizimining barcha kerakli moddiy asoslarini ham hal qilib bermoqda.

Milliy g’oya va mafkuraning dunyoviy xarakteri kishilar o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy munosabatlarning ob’ektivligi hamda tarixiy zaruriyati bilan belgilanadi. Bu ularning shakllanib, rivojlanishiga ta’sir qiluvchi har bir ijtimoiy makon va tarixiy zamondagi turli omillarning o’zgarishlari mohiyati hamda yo’nalishlarida namoyon bo’ladi.

Darhaqiqat, milliy mafkuraning ijtimoiy-tarixiy ildizlari chuqur bo’lib, bu ildizlar undagi g’oyalarning mazmuni va maqsadlarini shakllantirib, hayotiyligini ta’minlaydi. SHunga ko’ra, milliy mafkurani tashkil qiluvchi g’oyalar mohiyatan bir bo’lib, ular har bir davr ijtimoiy muhiti talablariga javob bera oladigan mazmun va shakl orqali namoyon bo’ladi.

Masalan, milliy mafkuraning bosh g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, mustaqillikni mustahkamlash, farovon hayotni barpo etish, erkinlik va ozodlikni tarannum etuvchi fikrlarni mujassamlashtiradi. Aslida, bunday g’oyalar ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida mavjud bo’lib, turli ijtimoiy sharoit va tarixiy bosqichlarda esa konkret mazmun kasb etadi. Mazkur mohiyatga ega bo’lgan g’oyalar esa, o’z davri ijtimoiy muhit talablaridan kelib chiqib, o’sha davrga xos uslub va tushunchalar orqali real mazmunga ega bo’ladi. Konkret tarixiy sharoitlarga xos bo’lgan ijtimoiy talablar ham o’sha davr jamiyatining tabiiy muhit bilan o’zaro aloqadorligidagi o’ziga xoslik, kishilarning tevarak atrofdagi narsa va hodisalarga bo’lgan alohida munosabatlar tizimining shakllanishidan kelib chiqadi. Bu esa milliy mafkuraning tarkibiga kiruvchi g’oyalarning ob’ektiv xarakterini, ijtimoiy-tarixiy ildizlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Tarixan shakllangan har qanday mafkura muayyan ijtimoiy guruhlarning manfaat va maqsadlarini ifoda etuvchi g’oyalar tizimidan iborat. SHuning uchun ham hududimizda uzoq o’tmishda yashab o’tgan ajdodlarimizni harakatga keltirgan, muayyan mushtarak manfaatlar tomon safarbar etuvchi g’oyalar ham jamiyatning o’sha davr strategik maqsadlarini ifoda etuvchi ijtimoiy hodisa sifatida dunyoga kelgan.

Umuman ijtimoiy talablar orqali yuzaga chiqqan g’oyalar alohida sub’ektlar yoki ijtimoiy guruhlarning xohish, irodasiga bog’liq bo’lmasdan ob’ektiv mazmunga ega bo’ladi. CHunki, mazkur g’oyalarni keltirib chiqaruvchi sabablarning o’zi ham alohida kishilarning xohish irodasidan xoli bo’lib, ular faqat ma’lum shaxslar tomonidan ilg’ab olinadi va sistemali bayon qilib beriladi.

Misol tariqasida O’rta Osiyo xalqlarining yozma yodgorligi bo’lgan “Avesto” kitobidagi “Dunyo - qarama-qarshi tomonlarning kurash maydonidan iborat” degan bosh g’oyaning kelib chiqish sabablariga to’xtalib o’taylik. Nega shunday xulosaga kelindi. Eng qizig’i, qanday qilib bunday g’oya aynan bizning mintaqamiz xalqlari tomonidan ta’limot darajasiga ko’tarildi. Ana shunday zalvorli fikrning tug’ilishi uchun qanday sabablar va omillar mavjud edi?

Bunday g’oyalarni keltirib chiqaruvchi sabablarni biz shartli ravishda ikki guruhga bo’lamiz. Birinchisi - sub’ektga, hatto insoniyatning xohishi va irodasiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv tabiiy shart-sharoitlardir. Unda ijtimoiy muhit ehtiyoji orqali vujudga kelgan g’oyalarning xarakterini belgilab beruvchi shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Bunga mintaqamizning o’ziga xos keskin kontinental iqlimga ega ekanligini ko’rsatish mumkin. Bunday keskin baqaror iqlim sharoitini dunyoning boshqa bironta nuqtasida uchratish amri mahol. Agar Xorazm vohasi va unga tutash hududlarda qahraton qish 6-7 oylar davom etishini, ba’zi yillarda 30-40 daraja sovuq bo’lishini, Ustyurtda bu 50 darajagacha pasayishini eslasak, saraton yoz kunlarida 40-50 daraja issiqlik oddiy odatiy holga aylanishini va bu yerlarning iqlim sharoitining o’ta keskin o’zgaruvchanligi kishilarning turmush tarziga, o’zaro axloqiy munosabatlariga va dunyoni o’ziga xos idrok etishlariga ta’sir qilmasdan iloji yo’q.

Bir tomoni qaqrab yotgan suvsiz cho’l va soylar o’zida hayot nishonlarini jam etgan namlik, yam-yashil voha son-sanoqsiz balig’i mo’l ko’llar bilan to’qnashadi. Bahorda onda-sonda yomg’ir shivalab, qahraton qish azobidan endigina chiqib nafasini bir zum rostlab, yozning jazirama issig’iga shaylanayotgan cho’l va sahroga Jayxunning shifobaxsh loyqa suvi qaqragan cho’lning o’lik gavdasiga jon kirgizib, bu o’lkada hayotning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilgan.

SHuning uchun ham jug’rofiy muhitning odamlar xulq-atvoriga, yashash va tafakkur uslublariga, hatto odamlarning bo’yi, rangi, qiyofalarining o’zgarishiga hal qiluvchi ta’siri to’g’risidagi ilk ilmiy-falsafiy qarashlar ham aynan ana shu beqaror hududda vujudga kelganligi bejiz emasdir. “Bu serhosil orol (voha) bilan quturgan qum dengizi o’rtasida hukmronlik uchun azaliy kurash bir nafas ham to’xtagan emas. Unumdor tuproq va rang-barang o’simliklar ustiga qum quyuni girdibod bo’lib bosib kelaveradi. Ammo O’kuz (Amu)dan muttasil oqib keladigan hayotbaxsh suv qumni ivitib, hosildor qatlamga aylantiradi va yana o’simliklar bark urib yashnab, hayot g’alaba qiladi. So’ng qum bo’ronlari baribir quturib, yashil (dunyo)ni yutib yuboradi. Bu murosasiz kurash goh u, goh bu tomonning g’alabasi bilan asrlardan beri davom etadi”8.

Darhaqiqat, biron bir xalqning tub manfaatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi g’oyalar yoki g’oyalar tizimi, eng avvalo, ana shu xalq yashayotgan hududning tabiiy shart-sharoitlarining o’ziga xosligini ham muqarrar tarzda o’zida aks ettirishini ob’ektiv xarakterga ega ekanligini qayd qilib o’tmog’imiz kerak.

Bugungi kunda O’zbekistonning jug’rofiy o’rni kishilarning hoxish-irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, albatta. SHuningdek, tabiiy muhit nafaqat kishilarning qiyofalariga, balki o’sha muhitda yashayotgan kishilarning o’zaro munosabatlariga va bu munosabatlar natijasida qaror topadigan ijtimoiy muhit talablariga ham ta’sir etuvchi omilga aylanadi. “SHarq xalqlari va yurtimiz ahliga mansub shunday belgi-alomatlar haqida gapirganda, ularning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor qaratish lozim, deb o’ylayman, - deydi Prezidentimiz I.Karimov. -Tarixdan ma’lumki, O’rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari - daryo va anhorlar bo’yida yashab keladi. Atrofi cho’l va sahrolar bilan o’ralgan, tabiati, iqlimi g’oyat murakkab bo’lgan mintaqa sharoitining o’zi ana shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo’lib, bir-birining og’irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi”9.

Mintaqamizda turli xalqlar va mamlakatlarning mavjudligi, ularning har biri o’ziga xos manfaatlarga egaligi ham ob’ektiv voqelikdir. SHunday qilib, tabiiy muhit nafaqat kishilarning qiyofalariga, balki ularning o’zaro munosabatlariga va bu munosabatlar natijasida qaror topadigan ijtimoiy talablariga ham ta’sir etuvchi omilga aylanadi.

Milliy manfaatlarni o’zida ifoda etuvchi g’oyalar muqarrar tarzda mamlakat hamda qo’shni mamlakatlar hayotidagi ijtimoiy barqarorlik yoki beqarorlik muhitining qaror topishi bilan ham bevosita bog’liqdir. “Bir narsa ravshanki, - degan edi, Prezidentimiz I.Karimov - barqarorlik va jug’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina bu mintaqa jo’shqin va sobitqadam rivojlanadi, jahon hamjamiyati uchun munosib sherik bo’la oladi”10.

Darhaqiqat, dunyoviy taraqqiyot yo’li faqatgina milliy tarixiy tajribalarga suyanib o’z rivojlanishini davom ettirib bo’lmasligini taqozo etadi. Unda jahon xalqlari tomonidan to’plangan bilimlarga suyanish ustuvor masalaga aylanadi. Jumladan, tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohasidagi insoniyat tomonidan erishgan yutuqlarni o’zlashtirib olib, millliy taraqqiyotimiz uchun ma’naviy poydevor yaratish muhim vazifadir.

Dunyoviylik tamoyili mamlakat xalqlari hayotida milliy, tarixiy va diniy qadriyatlarimizga yangicha munosabatlar tizimini yaratish zarurligini keltirib chiqardi. Endilikda milliy, tarixiy va diniy an’ana va marosimlarning barchasi qayta tiklanishi kerakmi yoki millatning keyingi taraqqiyotiga asos bo’ladigan, jamiyatning bosh strategik maqsadlarini amalga oshirishga imkon tug’diradigan milliy merosimizni qayta tiklash zarurmi, degan xaqli savol tug’ilgan edi. O’z davri ijtimoiy muhiti talablariga javob tariqasida qaror topgan an’ana va marosimlarning barchasi ham millatning kelgusi taraqqiyoti uchun poydevor bo’la oladigan qadriyatlarga aylanavermaydi.

Bir vaqtlar qadim ajdodlarimizning ma’naviyatida mezon bo’lib xizmat qilgan “Ezgu niyat”, “Ezgu so’z” va “Ezgu amal” birligi tamoyili nafaqat o’sha davr ma’naviyati uchun, ayni paytda hozirgi davr ma’naviyatining takomillashuviga ham tamal toshi vazifasini o’tashi mumkinligini hisobga olib uni qadriyatlarimiz tizimiga qo’shmog’imiz lozim. Biroq, bu har qanday diniy tasavvurlar va marosimlar dunyoviy taraqqiyotga mos kelaveradi degan gap emas. O’z navbatida, dunyoviy taraqqiyot ham diniy tasavvurlarni to’la inkor etmaydi. Bu o’rinda dunyoviy demokratik jamiyat “dunyoviylik - dahriylik emas” tamoyiliga tayanadi.

Ma’lumki, o’tgan asrning 70-yillarida xalqaro maydonda «Islom omili” degan tushuncha keng qo’llana boshlandi. Islom taraqqiyot yo’lini dunyoviy taraqqiyotga qarama-qarshi qo’yib faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlarning bosh maqsadi, islom ideallarini qayta tiklash, jamiyatning tub asoslarini yana islom shariati qonun-qoidalariga muvofiq qayta qurib chiqishdan iborat. Ular g’arb demokratiyasiga qarama-qarshi o’laroq o’zlarining “Islom demokratiyasi” ideali uchun kurash olib bora boshladi. Ideal jamiyat sifatida 622 yildan to 632 yilgacha Muhammad alayhissalom tomonidan boshqarilgan Madina davrdagi musulmon jamoasi namuna sifatida olindi.

Mazkur mafkura neftga boy arab mamlakatlaridagi ba’zi korchalonlar tomonidan ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlanib turilganligini eslab o’tish kifoya. Oqibatda kam taraqqiy etgan Afrika va Osiyo mamlakatlari orasida bu mafkuraning tashviqot-targ’ibot ishlari kuchaytirildi. Afg’onistonga sovet qo’shinlarining 1979 yil dekabr oyida kiritilishi esa, bu mafkuraning jozibasini yanada oshirishga xizmat qildi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimiz oldida dunyoviy va islom taraqqiyot yo’lidan birini tanlab olish mas’uliyati turar edi. Haqiqatan ham “din, shu jumladan, islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganligining o’ziyoq inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta’sir ko’rsatgan. Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko’maklashgan va ko’maklashmoqda”11.

Darhaqiqat, islom dinining xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga aylangan juda ko’p fazilatlari shakllanishidagi ahamiyati beqiyos. Bunga shubha yo’q. Lekin, Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek: “Diniy tizimlarning o’zi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning samarali dasturlarini taklif qilishdan olis. Diniy fundamentalistlarning amaldagi dinlar vujudga kela boshlagan dastlabki shart-sharoitlarga qaytish haqidagi da’vatlarini esa asosli va real chora deb hisoblab bo’lmaydi”12.

Demak, mamlakatimiz xalqlari hayotida islom dinining o’rni benihoya katta. Uni jamiyat hayotidan ajratib bo’lmaydi. «Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga - deb davom etadi Yurtboshimiz, - diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o’zini o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’qidlab o’tish zarurdir”13.

Bundan shu narsa ma’lum bo’ladiki, insoniyat tarixida azal-azaldan diniy-mifologik va dunyoviy (falsafiy) tafakkur uslubi yonma-yon rivojlanib kelgan. CHunki, hayotda har xil qarashlar va mafkuralarning bo’lishi, ularning rang-barangligi va o’zaro raqobatlashishi jamiyat hayotining to’laqonli rivojlanishini ta’minlab beruvchi manba bo’lganligini esda tutmoq kerak. «Dunyoviy fikr dunyoviy turmush tarzi ham u (din) bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan”14. “Zero, -deya ta’kidlaydi I.Karimov ushbu fikrni davom etdirib, - faqat bir xil fikr yurituvchi odamlardan tarkib topgan jamiyat o’z rang-barangligini yo’qotgan bo’lur edi»15.

Prezidentimizning bu fikrlari mustaqillik yillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazariy va amaliy ishlarda o’z ifodasini topmoqda.

Dunyoviy taraqqiyot muqarrar tarzda demokratik siyosiy tizimni taqozo etadi. Demokratik uslubda boshqariladigan jamiyat esa din va diniy tashkilotlarga «dunyoviylik - dahriylik emas» tamoyilidan kelib chiqqan holda o’z munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu munosabatlar tizimining xarakteri O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida o’z ifodasini topdi. Unda shunday deyiladi: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi»16.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan, mamlakat kelajagini belgilab beruvchi, dunyoviy taraqqiyot yo’li kontseptsiyasi, frantsuz ma’rifatparvarlari tomonidan ilgari surilganidek, dinni jamiyat hayotidan chekkaga surib chiqarishni emas, balki din xalq hayotining ajralmas tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etib, uni jamiyatda o’ta muhim vazifalarni bajaradigan va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan qudratli kuch sifatida qabul qiladi. Lekin, jamiyatning keyingi rivojlanishi asosan dunyoviy xarakterga ega bo’lgan g’oyalarga ko’proq bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. Bu borada I. Karimov Aflotunning ham, frantsuz ma’rifatparvarlarining ham ilgari surgan taraqqiyot yo’liga qaraganda Abu Nasr Forobiy fikrlariga ko’proq suyanadi. Agar o’rta asr davlatida rahbar (xokim)ga xos fazilatlar o’sha davr hukmron mafkurasining alohida muhim belgilari sifatida qayd qilingan bo’lsa, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan dunyoviy taraqqiyot kontseptsiyasida esa bu fazilatlar taraqqiyotning asosiy omillari sifatida tilga olinadi.

Mazkur taraqqiyot yo’lining o’ziga xosligi, birinchidan, diniy tashkilotlariga boshqa nodavlat tashkilotlar qatorida jamiyat hayotida o’zining munosib o’rnini egallashga imkon yaratish; ikkinchidan, ijtimoiy hayotda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirish mumkin bo’lmagan, faqatgina diniy muassasalar uddasidan chiqishi mumkin bo’lgan vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratib berish; uchinchidan, jamiyat taraqqiyotining bosh yo’nalishiga dunyoviy bilimlar va xulosalarni asos qilib olinishi ko’zda tutiladi. CHunki XVII-XVIII asrdan boshlab avval Yevropa mamlakatlari, keyinchalik butun dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlab bergan omil aynan dunyoviy fanlarning yutuqlari bo’lganligi hech kimga sir emas.

Prezidentimiz tomonidan shakllantirilgan hamda milliy g’oya va mafkuraning xarakterini belgilab beruvchi dunyoviy taraqqiyot kontseptsiyasi 1) milliy o’ziga xoslikka asoslanish; 2) jahon falsafiy va ilmiy tafakkur yutuqlariga tayanish; 3) diniy qadriyatlarimiz (islomgacha bo’lgan diniy qadriyatlar ham nazarda tutiladi) ga alohida hurmat bilan munosabatda bo’lish; 4) xalqaro munosabatlarda umuminsoniyatning mushtarak manfaatlari ustuvorligini e’tirof etadi.

Dunyoviy xarakter kasb etuvchi milliy mafkura o’z tarkibiga diniy ehtiroslarni junbishga keltirib, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishni maqsad qilib qo’ygan g’oyalarni qabul qila olmaydi. SHuningdek, dunyoviy taraqqiyotda jamiyatdagi biron-bir mafkuraning hukmronligiga chek qo’yiladi. Umumxalq irodasini qonun darajasiga ko’tarish imkoniyati bo’lgan demokratik siyosiy tizimning shakllanishiga keng imkoniyatlar ochib berishni targ’ib qiluvchi g’oyalarga suyanadi. Ilg’or mamlakatlar xalqlarining fan-texnika, ijtimoiy–madaniy va boshqa sohalardagi yutuqlarini o’zlashtirib, milliy taraqqiyotni ta’minlashning keng istiqbollarini ochib berishga xizmat qiluvchi g’oyalarni ham o’z tarkibiga qamrab oladi.

Prezidentimiz I.Karimov o’z asarlarida tarixiy taraqqiyotning xozirgi bosqichida mavjud ijtimoiy muhit talablariga to’la javob bera oladigan barkamol avlodni shakllantirishni hech kechiktirib bo’lmas vazifa qilib belgilab berdi. Barkamol avlodni shakllantirish g’oyasi milliy mafkuraning tarkibiga kiruvchi, uning tub mazmunini belgilab beruvchi g’oya bo’lib, uni amalga oshirish esa, zamon ruhini o’zida jo etgan, yetuk avlodni shakllantirishga bog’liqdir.

SHuning uchun ham komil inson obrazi ko’p jihatdan u yashagan davr ruhi, ijtimoiy talablardan tashqarida namoyon bo’lishi mumkin emas. Ijtimoiy muhitning o’zgarishi bilan ijtimoiy muhit talablari ham o’zgarib boradi. Demak, o’z davri jamiyatlari uchun yetuk inson obrazi ham o’zgarib boradi. Ya’ni, bir tarixiy sharoitlarda jismoniy qudrat hal etuvchi omilga aylansa, bir boshqa sharoitlarda esa uddaburonlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat, davr o’zgargani sari komil inson obrazinig mezonlari ham o’zgarib boradi. “Avesto” yozma yodgorligi vujudga kelgan zamonlarda turli xudolar (ma’budlar)ga sajda qiluvchi qabilalar manfaatlarini himoya qilishga otlangan jasur, baquvvat, lekin ma’lum darajada johil qahramonlar o’rniga yakka xudolik g’oyalariga sodiq, ezgu niyatli, ezgu so’z va ezgulikka amal qiluvchi o’ta izchil e’tiqodli qahramonlar obrazi yuzaga keldi.

Haqiqatan ham muqaddas “Avesto” bitiklarida shakllantirilgan g’oyalar tizimida o’sha davr jaholatiga o’z davrining yetuk ma’naviyat timsolida e’tiqod butunligini o’zida jo eta olgan taqvodor dindor obrazi qarama-qarshi qo’yilgan edi.

Qadimgi, o’rta va yangi davr ma’naviyatida komil inson obrazi turli atamalar orqali ifoda qilinib kelingan. Masalan, qadimgi O’rta Osiyo va Eron xalqlarida - izchil taqvodor dindor obrazi, qadimgi yunonlarda - donishmand (faylasuf) obrazi, o’rta asr musulmon olamida esa iymoni butun ma’rifatli hukmdor (shaxs) qiyofasida tasavvur qilinib kelingan.

Yangi davr G’arbiy Yevropasida esa yetuk (komil)lik tushunchasi sof dunyoviy mazmunga ega bo’ldi. Ya’ni komillik, birinchi navbatda, ma’rifatlilikni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi shart qilib qo’yiladi. Ularning fikricha, ma’rifatli (komil) inson: 1) dunyoviy ilmlar bilan qurollangan; 2) o’z davri ijtimoiy muhiti talablari asosida shakllangan axloq normalariga izchil rioya qiluvchi; 3) gumanizm (insonparvarlik) ruhida tarbiya topgan bo’lishlari shart qilib qo’yiladi. Frantsuz ma’rifatparvarlari diniy bilimlarni, toat-ibodat va diniy marosim talablariga amal qilishlikni ma’rifatlilikning asosiy belgilariga kiritmaganlar.

Lekin, XX asrning birinchi choragida Turkiston jadidlari xalqimizni diniy va dunyoviy bilimlar bilan qurollantirib, barkamol avlodni yetishtirib, ular yordamida esa mustamlakachilik asoratidan qutilishni orzu qilgan edilar. O’sha davr Turkiston jadidlari endilikda dunyoviy ilmlarni chuqur o’zlashtirmasdan turib jamiyatni taraqqiyotga, insonlarni esa komillikka undash mumkin emasligini ilg’ab olgan edilar.

Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlaboq Prezidentimiz I.Karimov jamiyatning bosh strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda «barkamol avlod”, “komil inson” tushunchalarining mazmunini boyitish, mezonlarini ham qayta ko’rib chiqish zarurligi masalasini kun tartibiga qo’ygan edi.

U o’zining qator asarlarida jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan yagona kuch dunyoviy ilmlar ekanligini alohida qayd qilar ekan, mamlakatimiz yoshlarini ilg’or sanoatlashgan mamlakatlar tajribalarini chuqur o’rganishga, olgan bilimlarini yurtimiz ravnaqi, jamiyatimizning ezgu maqsadlari yo’lida sarflashga da’vat etadi. Lekin, har qanday dunyoviy ilm ezgu maqsadsiz hayotga tadbiq etiladigan bo’lsa, unda u pirovard natijada ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerakligini uqtirgan edi. Agar dunyoviy ilmlar ezgu niyatsiz o’rganilsa va qo’llanilsa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini Yer yuzi ayri mintaqalaridagi bugungi ayanchli holatning o’zi isbotlab turibdi.

Demak, buni chuqur tahlil qilib shunday xulosalarga kelishimiz mumkin. Dunyoviy ilmlarga ezgulik ruhini jo etibgina bugungi kunning barkamol avlodini tarbiyalash mumkin. Vaholanki, yetuklik faqat (frantsuz ma’rifatparvarlari aytganidek) dunyoviylik, axloqiylik va gumanizm-dangina iborat emas.

SHuni ham qayd qilishimiz lozimki Prezidentimiz “ma’rifat” tushunchasiga yangi mazmun beradi. U frantsuz ma’rifatparvarlari tomonidan ma’rifatli (komil) inson tushunchasining mazmunini tashkil etuvchi dunyoviy ilmlar, axloq va gumanizm ellementlaridan tashqari, ma’rifatlilik o’z ichiga yana insoniyatning kelgusi taqdiri oldidagi mas’uliyatni chuqur his qilishni ham, shuningdek gumanizm tushunchasining mazmunini yanada kengaytirib, ezgulik ruhida tarbiya topishni ham o’z ichiga olishni nazarda tutadi. SHuning uchun ham u: «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir”17 deya ta’kidlaganda shubhasiz haq edi.

I.Karimov ta’limotiidagi komillik (ma’rifatlilik) faqat dunyoviy ilmlarni o’rganish bilan kifoyalanmaydi, balki bu tushunchaning tub mazmuni dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda ezgulik ruhini ham qamrab oladi va sub’ektning holatini, pozitsiyasini aniqlab beruvchi falsafiy kategoriyaga aylantiriladi. CHunki ezgulik gumanizm tushunchasini ham qamrab oladi. Agar gumanizm barcha insonlarga yaxshi, ezgu munosabatda bo’lish bilan kifoyalansa, ezgulik tushunchasida esa, har qanday tabiiy va ijtimoiy hodisalarga ezgu munosabatlarda bo’lish nazarda tutiladi.

Ijtimoiy hodisalarga ezgu munosabatlarda bo’lish esa, manfaatlari turli xil bo’lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarga ham bag’rikenglik bilan yondashishni taqozo etadi. Bu esa jamiyatda siyosiy bag’rikenglik muhitining qaror topishiga imkon tug’diradi.

Aslida «siyosiy bag’rikenglik” tushunchasi “siyosiy plyuralizm” tushunchasi bilan aynan bir emas. Agar biz “siyosiy bag’rikenglik” deganda manfaatlari zid siyosiy kuchlar harakatiga imkoni boricha loqayd, befarq qarashlarni tushunsak, siyosiy plyuralizm esa har qanday muxolif siyosiy kuchlarning faoliyati qonun asosida kafolatlanishini nazarda tutamiz.

SHuningdek, milliy bag’rikenglik ham millatlarning o’z milliy qadriyatlarini, ehtiyojlarini amalga oshirish uchun shart–sharoitlarni qaror toptirishni nazarda tutib, ularning yashash sharoitlari qonunlar orqali kafolatlanishi, milliy totuvlikning qaror topishiga olib keladi. Bu esa milliy mafkura tarkibiga kiruvchi milliy totuvlik g’oyasining hayotga tadbiq etilish kafolati bo’lib xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat bo’lib, aholining to’rtdan uch qismi o’zbeklar va qolgan qismi turli millat va elatlarga mansub fuqarolar hisoblanadi. Mamlakatga o’z nomini bergan millatning boshqa etnik birliklarga bo’lgan munosabatlariga qarab milliy munosabatlar shakllanadi. O’zbeklar qadim-qadimdan boshqa xalqlarga nisbatan bag’rikenglik ko’rsatib dunyoga tanilgan xalqdir. CHunki Buyuk ipak yo’lida joylashgan Vatanimiz hududida azal-azaldan ko’plab etnik guruhlar yonma-yon yoki aralash yashab kelganlar. SHuning uchun ham diniy va milliy bag’rikenglik (tolerantlik) hech mubolag’asiz millatimizning muhim belgilaridan bo’lib qolgan.

Prezidentimiz I.Karimov ko’pgina asarlarida milliy totuvlik muhiti ijtimoiy barqarorlikni ta’minlab beruvchi eng asosiy kafolat ekanligini ta’kidlab keldi. U o’z asarlarida ko’p millatlilik har bir millatning milliy ehtiyojlarini inobatga olib siyosat olib borilgan taqdirda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, demokratik jarayonlar jadallashishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atining o’sishi yuz berishiga asos bo’lishi mumkinligi tarixda isbot qilingan haqiqat ekanligi to’g’risida gapirib o’tadi.

Agar, milliy ehtiyojlar inobatga olinmay keyingi qatorga tushurib qoldirilgan taqdirda «butun-butun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero ko’p elatlilik nafaqat ayrim davlatlarning, balki butun-butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligiga va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylanadi”18-deb yozgan edi Yurtboshimiz.

Prezidentimizning sobiq ittifoq respublikalari rahbarlari ichida birinchi marta «har qanday millat, u naqadar kichik bo’lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi», - deya bergan bahosi mamlakatda o’tkazilayotgan milliy siyosatning bosh mezoni va kafolatiga aylandi.

Milliy mafkura ham jamoatchilik fikri, xohish-istaklarini o’zida jam etgan g’oyalar bilan qanchalik darajada sug’orilsa shunchalik xalqning ruhiyatiga mos keladi va pirovard natijada xalqimiz ongida – o’zining umrboqiyligini ta’minlaydi hamda mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning qaror topishiga ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy barqarorlik esa, o’z navbatida, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy yuksalishiga kafolat bo’lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura ijtimoiy guruhlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda umumiy maqsadi bir, lekin bu maqsadga borish yo’llari, usullari bir-biridan farq qiladigan turli xil shakllarda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Milliy mafkuraning bosh strategik maqsadi mustaqil taraqqiyotimizni ta’minlashdan iboratdir. Milliy tiklanish mafkurasi esa, xalqimizning uzoq yillar mobaynida unutilib ketgan, millatning faqat o’ziga xos rivojlanishini ta’minlab berishga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarimizni qayta tiklashni maqsad qilib olgan g’oyalar tizimini o’z ichiga oladi. SHuningdek, milliy mafkurada asosiy ustuvor yo’nalish millat taraqqiyotiga xizmat qiladigan g’oyalar tizimiga berilib, boshqa belgilar esa ikkinchi qatorga surib qo’yiladi.

Milliy mafkura mamlakat va millatning mushtarak strategik maqsadlari umumiy, lekin uni amalga oshirish yo’llari va usullari har xil bo’lgan boshqa ijtimoiy guruh manfaatlarining ifodasi bo’lib shakllangan turli mafkuralarning qaror topishi uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi. Umumiy maqsadi bir, lekin bir-biridan farq qiladigan mafkuralarning har biri muayyan ijtimoiy guruhlar manfaat-maqsadlarining ifodasi bo’lib maydonga chiqishi bir mohiyat (ya’ni, bosh strategik maqsad)ning turli mazmunlarda o’z ifodasini topishidan darak beradi. Bunday holat mamlakat taraqqiyotining kelgusi bosqichlarida amalga oshirilishi kerak bo’lgan demokratik jamiyatning asosiy belgilaridan biri - mafkuraviy rang-baranglik (plyuralizm) muhitining shakllanishiga yetarli asos, kafolat bo’lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, milliy mafkuraning umumiylik hamda xususiylik mazmuni jamiyat ijtimoiy-siyosiy sistemasini tashkil qilgan strukturaviy elementlar o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy munosabatlarni demokratik tamoyillar asosida tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning ob’ektivligi hamda tarixiy zaruriyati bilan belgilanadi. Zero, milliy taraqqiyot g’oyasining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ularning mavjudligini va kelajakda yashovchanligini ta’minlaydi. Xususan, milliy mafkuraning bosh g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, mustaqillikni mustahkamlash, faravon hayotni barpo etish, erkinlik va ozodlikni tarannum etuvchi fikrlarni mujassamlashtiradi.

Har qanday g’oya ijtimoiy muhit talablari asosida vujudga keluvchi hodisadir. Ijtimoiy muhit va uning talablarining o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar kishilarning xohish irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan ob’ektiv xarakterga egadir. Lekin g’oyalarning tug’ilishi, mafkuralarning shakllanishida alohida olingan sub’ektning roli hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Milliy g’oya va mafkura dunyoviy xarakterga ega bo’lib, u mantiq va tajriba sinovidan o’tgan bilimlarga asoslanadi. Jamiyatimizda kechayotgan jarayonlarning ob’ektiv xarakteri milliy g’oya va mafkurani hayotga tadbiq etish zaruriyatini belgilovchi muhim omildir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatda mafkuraviy rang-baranglikni vujudga keltirishda bosh kafolatdir.






Download 355,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish