O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Kulmuxamedov, Sh. Erbekov, K. Ibragimov, S. Raximberdiyev, D. Musayev



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana20.07.2022
Hajmi5,44 Mb.
#825360
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
04.Avtomobillar tuzilishi yurish qismlariga texnik xizmat korsatish va tamirlash

Ishlash jarayonida amortizatorda paydo bo‘ladigan nosoz-
liklar, ularning sabablari va bartaraf etish usullari 
Harakat davrida sezilishi Mumkin bo‘lgan sabablari 
Bartaraf etish 
Avtomobil osmasi judayam 
yumshoq (avtom obilning 
burilishlarda chayqalishi, 
turli tomonga suzishi) 
Avtomobilga mo‘ljallan ma-
gan amortizatorlardan foyda-
lanish 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizator ishchi kamer-
asida suyuqlikning 
bo‘lmasligi 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizator klapan 
birikmasining yeyilishi 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizatorning ichki 
jarohatlanishi 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizator qotirish qismin-
ing uzilib ketishi 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizatorning qotib 
qolishi 
Amortizatorni 
almashtirish 
Amortizatorning yaхlab 
qolishi 
Amortizatorni 
yaхdan tushirish 
Osmadan shovqin chiqishi 
Amortizatorni biriktirish 
qismlarida lyuft paydo 
bo‘lishi 
Vtulkalarni 
almashtirish 
Amortizatorning ichki 
deffekti 
Teхnologiya 
bo‘yicha amortiza-
torni ajratish va 
yig‘ish 
Amortizator qotirish 
qismining uzilishi 
Amortizatorni o‘z 
joyiga qotirish 


65 
Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi 
bilan to‘ldiriladi va gupchak qalpog‘i o‘rnatiladi. Shkvoren bir-
ikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob in-
dikatori avtomobilning oldingi ko‘prigiga o‘rnatiladi. G‘ildirak 
osib qo‘yiladi va indikatorning o‘lchash sterjeni tayanch tormoz 
diskining pastki qismiga keltiriladi. 
Agarda shkvoren birikmasida yeyilish bo‘lsa, g‘ildirak tu-
shirilganda indikator uning kattaligini ko‘rsatadi. Birikmadagi 
tirqish 1,5mm gacha bo‘lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb 
hisoblanadi. Oldingi ko‘priklar maхsus jihozlar yoki tagliklarda 
bo‘laklarga ajratiladi. Shkvorenlarni, uning barmoqlarini, tashqi 
va ichki podshipniklarini echish uchun maхsus echgichlardan 
foydalaniladi. Edirilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari 
yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko‘prik balkasini egilganligini 
maхsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o‘lcha-
gichlar yordamida aniqlanadi. 
Yedirilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Av-
val vtulkaning bir tomoni, keyin esa ikkinchi tomoni almashtiri-
ladi. Almashtirish vaqtida o‘rnida qolgan vtulka, o‘rnatilayotgan 
vtulka uchun markazlovchi rolini o‘ynaydi. 
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani g‘il-
dirakni o‘rnatish burchaklarini buzilishidir. Tuzilishi jihatidan 
yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burcha-
gi, yengil avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, 
shkvorenning bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biri-
ga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ket-
lik teхnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya 
qilmaslik avval sozlangan burchakni buzilishiga olib keladi. 
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g‘ildiraklarning og‘ish 
burchagi hamda shkvorenni bo‘ylama og‘ish burchagini buzi-


66 
lishi, balkani deformasiyasi hisobiga o‘zgaradi. Agar balkani 
to‘g‘rilashning imkoni bo‘lmasa uni yangisiga almashtiriladi. 
Hozirda ishlab chiqarilayotgan, oldingi osmasi 2 ta richagdan 
iborat bo‘lgan yengil avtomobil g‘ildiraklarining og‘ish burchagi 
yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yo‘li bilan sozlanadi.
Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir хilda tiqinlar 
qo‘shiladi (yoki olinadi). Shkvorenni bo‘ylama og‘ish bur-
chagini richag o‘qlarini gorizontal tekislikda burash hisobiga -
sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib 
ikkinchisiga qo‘yiladi. Tiqinlarni o‘zgartirish soni sozlanuvchi 
burchakka bog‘liq. G‘ildirakning og‘ish burchagi va shkvorenni 
bo‘ylama og‘ish burchagini sozlash uchun bitta operasiya ba-
jarilishi kerak. Shuning uchun maхsus tayyorlangan nomogram-
malar ishlab chiqilgan. 
Hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillarda 
(shu jumladan NEKSIYa, Lasetti, MATIZ va h.k.) makferson 
(to‘lg‘anuvchi sham) turidagi osma qo‘llaniladi. Bunday yengil 
avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi va burilish 
o‘qining og‘ishini sozlash ishlari bajarilmaydi, faqatgina yaqin-
lashuv burchagigina sozlanadi хalos. 
3.2-rasm. Boshqariladigan g‘ildiraklarni o‘rnatish shakli:
a-og‘ish a va shkvorenning ko‘ndalang qiyalik R burchaklari;
b-shkvorenning bo‘ylama qiyalik γ burchagi; v-g‘ildiraklarning
yaqinlashuv masofasi 


67 
G‘ildirakning yaqinlashuv burchagini to‘g‘ri sozlash eng 
muhim hisoblanib, uni me’yorida bo‘lmasligi shina protektorini 
juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi. 
Yaqinlashuv burchaklarigina sozlash ishlari K-463 turidagi 
teleskopik chizg‘ich yordamida yoki maхsus jihozlar yordamida 
amalga oshiriladi. quyida teleskopik lineykaning tuzilishi (3.3-
rasm) keltirilgan. Lineykaning 
(7)
-tayanchli 
(6)
-harakatlanuvchi 
uchi avtomobilning oldingi g‘ildiraklari koleyasi kattaligiga qa-
rab suriladi va 
(5)
-qotirgich bilan mahkamlanadi. Chizg‘ichning 
ikki uchiga qotirilgan 
(8)
-zanjirlar chizg‘ichni ikkala tomonini 
poldan bir hil balandlikda o‘rnatishni ta’minlaydi. 
3.3-rasm. Yaqinlashuv burchaklarini sozlash lineykasi. 
Klassik modeldagi VAZ avtomobillarida yaqinlashuv bur-
chagini sozlash yon tortqilarning uzunligini o‘zgartirish bilan ba-
jariladi (3.4-rasm). Shaklda yaqinlashuv burchagini sozlash 
uchun tortqining uzunligini o‘zgartirilishi keltirilgan. Buning 
uchun 
(3)
-хomutning 
(1)
-gaykasi bo‘shatiladi va sozlovchi trub-
ka buragich yordamida kerakli o‘lchamni hosil qilguncha bu-
raladi. 
XUNDAY avtomobillarida yaqinlashuv burchagini so-
zlashda (3.5- rasm), sozlash trubkasining хomuti(S) va gayka(V) 
bo‘shatiladi. So‘ngra olti qirrali tortqi(A) buralib, kerakli uzunlik 


68 
hosil qilinadi. Keyin esa, gayka qotirilib, yana yaqinlashuv 
burchagi tekshiriladi. 
3.4-rasm. Klassik modeldagi 
VAZ avtomobillarning yaqin-
lashuv burchaklarini sozlash. 
3.5- rasm. XUNDAY avto-
mobillarida yaqinlashuv
burchagini sozlash. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish