O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Download 2,37 Mb.
bet3/25
Sana01.07.2022
Hajmi2,37 Mb.
#725509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
БМИ-Sharopov Z.Z. ФПК-2022 (2) (2)

XULOSA ........................................................................................

49




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ................

51

KIRISH
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tabora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos etuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifat-samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazasini modernizastiyalash, o’quv-metodik ta’minotini ilg’or xorij tajribalari asosida takomillashtirish, shuningdek, pedagog-kadrlarning kasbiy va ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish ishlari bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta koʼrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy taʼlim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy oʼquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash boʼyicha Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi1
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev quyidagicha taʼkidlaganlar: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʼlib, dunyo miqiyosida oʼz tengdoshlariga xech qaysi sohada boʼsh kelmaydigan insonlar boʼlib kamol topishi, baxtli boʼlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar xamda butun taʼlim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-oʼqituvchilarning eng muxim vazifasi – yosh avlodga puxta taʼlim berish, ularni jismoniy va maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”2.
Prezidentimizning biz pedagoglar oldiga qoʼyilayotgan vazifalarimiz naqadar toʼgʼri ekanligini barchamiz chuqur anglagan holda, yuksak masʼuliyat va mamnuniyat bilan bajarmogʼimiz kerak. Chunki jamiyat ijtimoiy sohasining eng muxum tarkibiy qismlaridan biri taʼlim-tarbiya sohasi boʼlib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarga bevosita taʼsir etadi hamda ijtimoiy sohalar meʼyoriy mohiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.
Shu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni oʼz vaqtida zarur ixtisosliklar boʼyicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy taʼlim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi boʼyicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar toʼliq yechimini topmagan. Oʼzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab hozirgi kungacha bosib oʼtgan taraqqiyot yoʼliga nazar tashlasak, mamlakatimizda halqaro tamoyillarga toʼliq javob beradigan zamonaviy taʼlim tizimi barpo etilganligini koʼrishimiz mumkin.
Bugungi davr shuni koʼrsatib turibdiki, taʼlim tizimida asosiy vazifani pedagog bajaradi. Uning kasbiy mahorati, psixologiyasi, xulq-atvori taʼlim tizimini sifatiga bilvosita taʼsir koʼrsatmoqda. Bugun biz axborot asrida yashamoqdamiz, shunday ekan maʼlumot almashinuvi jadallik bilan rivojlanib bormoqda, bunday davrda har qanday pedagog doimiy oʼz mahoratini oshirib borishi, jamiyatimizda va jahonda sodir boʼlayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʼzgarishlarni tahlil qila olishi va uni auditoriyaga yetkazib berish qobiliyatiga ega boʼlishi, oʼzini ustida doimiy ishlashi, chet tillarni mukammal bilishi, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.
Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati maʼno-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izoxlash mumkin: birinchidan, yangi taʼlim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayorlashdagi oʼzgarishlar va yangicha yondoshuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo boʼlgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bogʼliqligidir; ikkinchidan, taʼlim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga olib chiqadi; uchinchidan, taʼlim inson shaxsining intelektual-maʼnaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlar yigʼindisi boʼlib, maʼrifat xamda bilim berishni anglatadi; toʼrtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri boʼlib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijtimoiy kuch-quvvatni birlashtirib, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatli kadrlarni tayorlashga xizmat qiladi.
Jadal rivojlanishda davom etayotgan Vatanimizni yanada tezroq rivojlanishiga xissa qoʼshish uchun energetika sohasida taʼlim olayotgan talabalarimizga kuchli nazariy bilimlar va ulardan amaliyotda samarali foydalanishni oʼrgatish oʼta dolzarb sanaladi. Chunki xar qanday davlatning rivojlanishini elektr energiyasiz tasavvur etib boʼlmaydi. Bu yoʼlda kadrlarimizning oʼrni kattadir. Nazariy bilimi sayoz kadrlarni poydevorsiz imoratga oʼxshatish mumkin.
Agar shu nuqtai nazardan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, yangi pedagogik texnologiyalar va uning asosiy negizi bo'lgan axborot-kommunikatsiya (АКТ) texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi bo’lmish o’qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o’ringa qo‘yish lozim. Shu sababli pedagogik jarayonlaming kun tartibidagi aksariyat dolzarb muammolarining ijobiy yoki maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish