27
bo‘ldi. Astsidiy, mollyuska, ot askaridasi, taroqlilar va boshqalarning blastomerlari ayirib
qo‘yilganda, Shikastlangan embrionlar kuzatiladi.
Blastomerlar yoki hatto tuxumning ayrim qismlari ajratib qo‘yilganda rivojlanishda
bo‘ladigan buzilishlarni Ru tuxumda bo‘lajak organizm qismlarining oldindan aniqlab qo‘yilishi
bilan tushuntirdi. Tuxum a‘zolar boshlang‘ichlaridan iborat bo‘lgan mozaikaga o‘xshash narsa
bo‘lib, mozaikaning bir qismini olib tashlash muayyan a‘zolarning mavjud bo‘lmasligiga sabab
bo‘lgandek bo‘lar edi. Bunday tushuncha Ru tomonidan yaratilgan mozaik taraqqiyot nazariyasiga
asos bo‘lib, Veysmanning dunyoqarashiga juda o‘xshash edi.
Biroq, bu nazariyaga qarshi dalillar paydo bo‘la boshladi. Dastavval sho‘qi, Runing baqa
tuxumlariga oid tajribalari rad qilindi. Ma‘lum bo‘lishicha blastomerlar to‘la, ajratib yuborilganda yo
har biridan, yo ularning bittasidan alohida butun embrion rivojlanar ekan. Ru aniqlagan to‘la
bo‘lmagan rivojlanishga tajribaning qo‘yilishi sabab bo‘lgan: kuydirgandan keyin qolgan qismi
Shikastlanmagan yarimtasining taraqqiyotini mozaik tormozlab qo‘yilgan.
Bo‘linishning dastlabki bosqichlarini tekshirish paytida qilingan ekspermyontal
ma‘lumotlarning xilma – xilligi sifat jihatidan keskin qarama - qarshi bo‘lgan ikki gruppa
tuxumlarning bo‘linishi tan olinishga olib keldi. qismlari bir butun embrionnin bera olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan tuxumlar regulyatsionli deb nom oldi. Biror qismini ajratib qo‘yish orqali
rivojlanishga olib keladigan tuxumlar mozaikali deb nom oldi. Regulyatsionli tuxumlarning xossasi
rivojlanishning u sodir bo‘ladigan sharoitga bog‘liqligini isbotlagandek bo‘ldi. Aksincha, mozaikali
tuxumlar mustaqil rivojlangan. Shunday qilib birinchilarning xossasi rivojlanishning epigyonetik
printsipiga, ikkinchilariniki esa preformatsion nazariyaga javob berdi.
Hozirgi zamon ma‘lumotlariga ko‘ra , regulyatsionli ham, mozaikali tuxumlar bo‘lmaydi.
Ikkisining ham rivojlanishi tuzilishning asta – sekin murakkablashuvi hisobiga boradi. Bu qonuniyat
o‘zoq davom etgan tarixiy yo‘lning natijasi hisoblanadi. Mollyuskalar, astsidiylar va boshqa
vakillrning mozaikali deb ataluvchi tuxumlarida asosiy organlar sistemasining hosil bo‘lishi ancha
oldingi bosqichlarga siljib, bu blastomerlarda va hattoki tuxumlarda materiallarning ancha ilgari
differensiallanishiga olib boradi. Buning natijasida ayrim blastomerlar va tuxum qismlari rivojlanishi
juda yaxshi belgilanadi. Bu qanchalik erta sodir bo‘lsa, bo‘lajak organlarning boshlang‘ichlaridagi
hujayralar shunchalik oz bo‘ladi. Ba‘zan organlarning va hatto ularning sistemalarining rivojlanishi
hammasi bo‘lib, bir necha blastomer bilangina bog‘langan bo‘ladi. Bu Ayniqsa spiral bo‘linishda,
masalan, halqali chuvlchanglarda, mollyuskalarda kuzatiladi. Bu erda blastomerlarning qaysi
organlarning tarkibiga kirishini oldindan aytish mumkin. Spiral bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan
blastomerlar to‘rtta hujayralardan iborat gruppalarni - kvartetlarni hosil qiladi. Bulardan har biri
harfli belgiga ega bo‘ladi. Lichinkalarning organlari muayyan kvartetlarning hosilalari bo‘lib
hisoblanadi. Blastomerlarani ajratib qo‘yganda ulardan bir butun sistemada bo‘lganlarida nima
beradigan bo‘lsa, shulargina rivojlanadi. Ayrim blastomerlar qanchalik kechroq ajratilsa, ulardan
shunchalik ko‘proq lichinkaning bo‘lingan qismlari rivojlanadi.
Meduzalarda, dyongiz kirpisida, lantsetnikda, amfibiylarda va ba‘zi bir boshqa hayvonlarda
hujayraviy materialning differetsiallanishi ancha keyingi bosqichlarga suriladi. Bu dastlabki
bosqichlarda ayrim blastomerlarning taraqqiyot yo‘llarini o‘zgartirishga imkon beradi.
Vegilganlardan kelib chiqadiki, mozaikali va regulyatsionli deb ataluvchi tuxumlar
o‘rtasidagi tafovut nisbiydir. Ertami, kechmi ular taraqqiyotida shunday differensiallanish darajasiga
erishadiki, bunda uning yo‘nalishini u zgar tirish mumkin bo‘lmay qoladi. Masala, faqat bu bosqich
qachon boshlanishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: