O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet18/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Frantsiyada siyosiy fan. Frantsiyada politologiya siyosiy fan sifatida XIX asrning oxirlaridan shakllana boshlagan. Bu shakllanish konstitutsion huquqning siyosiylashtirilishi, unga siyosiy masalalarning asta-sekin kirib borishi, konstitutsion huquqning sotsiologiya bilan yaqinlashishi va bog’lanishi asosidagi ijobiy yo’nalishning rivojlana boshlashi, hamda ayrim tadqiqotchilarning konstitutsion huquq doirasidan chiqishi, siyosiy fanlarning qaror topib borishi jarayonlarida o’z ifodasini topgan. Bunda rus huquqshunosi, prof. M.Ya. Ostrogorskiyning «Demokratiya va siyosiy partiyalarning tashkil topishi» nomli asarining 1903 yilda Frantsiyada chop etilishi o’ziga xos jiddiy turtki bo’lgan. SHundan keyin, A. Zigfrid, M. SHevalь, M. Prelo va A. Sulьelarning qonunchilik, ijro va ijtimoiy hokimiyatning dolzarb muammolariga bag’ishlangan asarlari chop etiladi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin, xususan, 60-70 yillarda Frantsiyalik R. Aron, M. Dyuverje asarlarida siyosiy masalalar keng tahlil etila boshlandi, siyosiy fanlar Frantsiyaga xos xususiyatlar bilan boyitadi. Bu siyosiy institutlar va munosabatlar, saylov tizimi va saylovlar, ijtimoiy boshqaruv va siyosat kabi sohalarda yaqqol ko’rinadi. Masalan, M.Oriu institutlar nazariyasini siyosiy fikr tarixida birinchilardan bo’lib ilgari surdi. Uning fikricha, institut - bu aniq ijtimoiy muhitda amalga oshiriladigan muayyan g’oyadir. Bu g’oyani amalga oshirish uchun turli sotsial guruhlarning siyosiy organlari va huquqlarini ifodalagan hokimiyatdan keng foydalanadilar. G’oyani amalga oshirishdan manfaatdor bo’lgan turli sotsial guruh a’zolari o’rtasida o’zaro munosabat bo’lib, ular hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi va muayyan tartib-qoidalar bilan tartibga solib turiladi, deb hisoblaydi. M. Prelo esa, institutlar siyosiy fanlarning eng ishonchli tayanch bo’lagi hisoblanadi, deb qaragan. M. Dyuverje institut, insonlar o’rtasidagi munosabatning o’ziga xos modelidir, degan xulosani beradi.
Frantsuz politologlarining e’tiborini jalb etgan keyingi muammo saylov tizimi va saylovlar hisoblanadi. CHunki institutlar u yoki bu darajada saylov tizimiga va uning o’zi ko’p jihatdan siyosiy institutlar tuzilishiga moslashgan bo’ladi. SHuningdek, ijtimoiy boshqaruv va uning siyosiy tahliliga ham e’tibor qaratiladi. hozirgi Frantsiyada davlat boshqaruvining kuchayishi bilan birga ijtimoiy o’z-o’zini boshqaruvning kuchayishi kuzatilmoqda.
Raymon Aron (1905-1983 yy.) Frantsiya siyosiy hayotida alohida o’ringa ega. Uning «Inson tiranlarga qarshi» (1946 y.), «Buyuk parchalanish» (1948 y.), «Demokratiya XX asr sinovida», «Tinchlik va millatlar o’rtasida urush» (1962 y.), «Demokratiya va totalitarizm» (1965 y.), «Siyosiy tadqiqotlar» (1973 y.) v. b. asarlarida falsafa, siyosiy nazariya va siyosiy fanlar o’rtasidagi munosabat, insonlar guruhlarining siyosiy va nosiyosiy ko’rinishlari, siyosiy hokimiyat va uning jamiyatda taqsimlanishi, yetakchining shaxsiy mosligi, shuningdek, xalqaro siyosiy nazariyalar tahlil etilgan.
M. Dyuverje (1917 y.) o’zining: «Siyosiy fanlar metodlari» (1959 y), «Siyosiy rejimlar» (1961 y), «Diktatura to’g’risida» (1961 y), «Siyosatga kirish» (1964 y), «Xalqsiz demokratiya» (1967 y), «Respublika monarxiyasi» (1974 y) va boshqa asarlarida siyosat bilan bog’liq bo’lgan muammolarning nazariy - uslubiy jihatlarini, politologiyaning predmetini, demokratiyaning ko’rinishlarini, siyosiy partiyalar faoliyatini atroflicha tahlil etgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar garchi to’la bo’lmasa ham, xorijiy davlatlarda siyosiy fanlarning o’z o’rniga ega ekanligini, hamda jamiyat siyosiy hayotida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega xulosalar bilan rivojlanib borayotganligini ko’rsatadi.
Turli mamlakat xalqlarining siyosatga turli xil yondoshishi tabiiy. SHarqda, xususan respublikamizda siyosatning mohiyatidan kelib chiqib, uni inson manfaatlariga yo’naltirilgan holda siyosat, siyosiy hokimiyat va siyosiy tizimga mavhum tarzda emas, balki unga tizimiy yondoshish mavjudligi bilan ajralib turadi.
Politologiya fani O’zbekistonda bugungi kunda ko’proq siyosat falsafasi tahlilida ko’rinadi. Bu ko’p jihatdan xalqimizning mentaliteti bilan ham bog’liq. Bizda siyosatga falsafiy yondoshib, siyosiy masalalarni hal etishga harakat qilish tarixiy - madaniy, axloqiy negizlarga ega bo’lsa, Amerikada bixeoviorizm, ya’ni siyosatni xulq-atvor bilan bog’liq holda tahlil etilgan siyosiy qarashlar tarkib topganligini, Germaniyada siyosatning nazariy masalalarini o’rganish, Frantsiyada siyosat sotsiologiyasi va boshqa ayrim davlatlar misolida ham uning aniq o’ziga xos jihatlari mavjudligini ko’ramiz.
O’zbekistonda ham siyosatga falsafiy-axloqiy, diniy, fuqarolik va ijtimoiy kontseptsiyalar asosida yondoshuvlar bilan birga ularning negizida fozil shahar hokimi, komil inson g’oyasi va manfaatlari, insonning madaniy - ma’rifiy rivoji, ma’naviyati, jamoa va shaxs manfaatlari siyosiy hokimiyat o’rtasidagi munosabatda uyg’unlashib, hokimiyatga, hokimiyat boshlig’iga katta hurmat bilan qarash an’anasi mavjud bo’lganligi bilan ajralib turadi.



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish