O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


OILAVIY BIZNES – TADBIRKORLIKNING TURI SIFATIDA



Download 378,55 Kb.
bet24/41
Sana18.01.2017
Hajmi378,55 Kb.
#561
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
1.2.OILAVIY BIZNES – TADBIRKORLIKNING TURI SIFATIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yilning 26 aprelida “Oilaviy tadbirkorlik to’grisida”gi qonunni imzoladi.

Mazkur qonun 2012 yilning 16 martida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yilning 23 martida Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Ushbu qonunning asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida oilaviy tadbirkorlikni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida rivojlantirish uchun zarur qonunchilik bazasini yaratish, oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va yangi ish joylarini tashkil etishdan iborat. Qonun 7 ta bob 35 ta moddadan iborat. Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o’z ishtirokchilarining ixtitoriyligiga asoslanadi.Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy huquqiy shakli oilaviy korxonadir.
Oilaviy korxona unung ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan xar birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’ektidir.

Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.Oilaviy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy huquqiy shakllaridan biridir. Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin.Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’lishi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.Oilaviy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan o’ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi. Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin.

Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik sub’yeklari hodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o’rtacha yillik sonidan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo’lmasligi kerak.

Oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug’ishgan hamda o’gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog’a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin.

Qonunga ko’ra, davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shig’ullanishi ta’qiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin emas.

Bir oilaviy korxonaishtirokchisi bir vaqtning o’zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo’lishi mumkin emas. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshlig’I ish ko’radi. Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshlig’I bo’lishi mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida o’z nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.

Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o’zga shaxsga o’tkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi.Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.Oilaviy korxona ishtiokchilari Oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o’zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi. Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlaridabelgilangan eng kam ish haqining o’n baravari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.

Oilaviy korxona faoliyatining ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lganda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekviziya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan holler bundan mustasno.

Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin.Oilaviy korxona bitimlar tuzishda erkindir. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshorishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan maxsulotning assortimentini tanlashda, maxsulit narxini hamda uni realizatsiya qilish yo’nalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.

Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagina soliq to’lovini to’laydi. Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq solinmaydi. Oilaviy korxona mehnat haqi fondida nijtimoiy fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar to’laydi. Oilaviy korxona o’zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Bunday buyumlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Oilaviy korxonaga kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tadbiq etiladi.

Oilaviy korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati u davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, bundan byudjet mablag’laridan hamda resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq tekshirishlar mustasno.



Download 378,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish