O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti “Pedagogika” fakulteti



Download 1,9 Mb.
bet2/2
Sana17.10.2019
Hajmi1,9 Mb.
#23680
1   2

U 1904 yilda Toshkentda dunyoga keldi va 1974 yilda vafot etgan. Yoshligidan san’atga qiziqib, Toshkentdagi badiiy muzey qoshidagi to’garakka (studiya) qatnab, dastlabki saboqlarni uning rahbari rassom I.Repinning shogirdi N.Rozanovdan oldi. To’garakka qatnab yurgan yillaridayoq u ko’plab kompozistiyalar ishladi.

Uning ana shunday ishlaridan biri 1927 yilda yaratilgan "Toshkentboev portreti" edi. Studiyada tasviriy san’atdan olgan bilimlaridan ko’ngli to’lmagan O’.Tansiqboev Rossiyaning Penza shahridagi badiiy-pedagogika bilim yurtiga o’qishga kiradi.

U erda I.Repinning shogirdlari I.Goryushkin-Sorokopudov va N.Petrovdan san’at sirlarini o’rgandi. Ayniqsa, uni Penza muzeyidagi ko’plab Rossiyaning mashhur rasssomlarining tasviriy san’at asarlari katta taasurot qoldirdi. Ularni o’rganish va nusxalar ko’chirish O’.Tansiqboev uchun katta maktab vazifasini o’tadi.

Tansiqboevning mustaqil ijodi O’zbekistonda milliy san’atni tiklash davriga to’g’ri keladi. U o’z ijodining dastlabki yillarida anchagina asarlar yaratgan bo’lsa-da, biroq uning asosiy ishlari 1940 yillardan so’ng boshlandi.U ikkinchi jahon urushi bo’lgan joylarga O’zbekiston delegastiyasi tarkibida borib, u erlardan katta taassurotlar bilan qaytdi. Natijada "Ozod etilgan erlarda", "Mal’unning yo’li", "Partizan ayol", "Havo jangi" kabi bir qator asarlar yaratdi. 1943 yilda unga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan _san’at arbobi unvoni berildi.

Urushdan keyingi yillarda O’.Tansiqboev katta o’lchovdagi asarlar yarata boshladi. Bunday asarlar qatoriga "Sholichilik kolxozida hosilni yig’ib olish", "Bahor", " Paxtani sug’orish ", "Jonajon o’lka", "Issiqko’l oqshomi", "Tog’da" kabilarni kiritish mumkin.

Ijodini portretlar yaratishdan boshlagan U. Tansiqboev asosan 30-yillarda rassom sifatida shakllandi, o’z asarlarini xalqqa yaqin va tushunarli bo’lishi uchun tinmay mehnat qildi. Bu vaqtda «O’zbek portreti», «Oltin kuz», «Karvon», «Hosil» kabi portret, manzara asarlarini yaratdi. «Ozod bo’lgan sharq ayollari», «16-yil qo’zg’aloni» asarlari rassomning monumental rassomlik sari dadil qadam tashlaganini ko’rsatdi.

1940 yili yaratilgan «Alisher Navoiy» portreti uning ijodida alohida o’rin tutadi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida «Vahshiyning yo’li», «Ozod qilingan yerlarda», «Partizan ayol» asarlarini yaratish bilan birga jonajon o’lka manzaralarini gavdalantiruvchi «Qoplonbekda kuz», «Tungi sug’orish», 15 polotnodan iborat «Urush yillarida» kabi kartina turkumlarini ham yaratdi. Keyinchalik rassom ijodida manzara yetakchi o’rinni egalladi. «Peshin. Ovqat payti», «G’o’za sug’orish», «O’zbekistonda bahor» kartinalari shular jumlasidandir. Uning «Taxiyatosh» «Qayroqqum GESi tonggi», «Yangi yerda», «Tog’da kuz», «O’zbekistonda mart», «Kattaqo’rg’on suv ombori» «Bo’stonliqda bahor» «Tog’dagi yaylov» kabi asarlari ham tasviriy san’atning yangi yutug’i sifatida kutib olingan bo’Isa, «Chorvoq qurilishida», «Mirzacho’l

kanali» va boshqa bir qator kartinalari uni mohir rassom, tabiat kuychisi sifatida elga tanitdi. O’rol Tansiqboev asosan, liroepik rassom edi. Uning har bir asarida jonajon o’lkaga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Ana shu muhabbat bilan O’zbekiston manzarasining ulug’vor tasvirini chizdi. U jamoat arbobi sifatida ham qator ishlarini amalga oshirdi. 1959-60 yillarda O’zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi lavozimida ishlab, yosh ijodkor musavvirlarga yaqindan yordam berdi. Taniqli rassom O’rol Tansiqboev 1974 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Undan boy va rang-barang meros qoldi. Uning asarlari mamlakatning yirik muzeylari — Tretyakov galereyasi, Shark madaniyati Davlat muzeyi, Olma-ota, Samarqand, Nukus va boshqa shaharlardagi rasmlar galereyasi hamda muzeylaridan munosib o’rin egallagan.

Rassom ijodining gullagan davrlarida yaratgan asarlaridan biri "O’zbekistonda mart" deb ataladi. 93- rasm. Uning bu asarida bahorgi quyosh taftidan bahra ola boshlagan maysazorlar, daryoga olib boruvchi so’qmoq, daryo qirg’og’ining baland-pastliklari, qiyg’och gullagan daraxtlar, o’zaniga sig’may oqayotgan daryo, daryoning narigi tomonidagi tepaliklar, qori erib tugamagan tog’lar, quyosh nuriga hamoxang tusga kirgan bulutlar kishiga zavq bag’ishlaydi.

O’.Tansiqboev o’zining urushdan keyingi ijodida, Respublikada qurilayotgai kanallar, suv omborlari, elektrostanstiyalar, neft qidiruv ishlari bilan hamohang tabiat manzaralarini tasvirlashga harakat qiladi. Natijada u "Tog’da bahor", "qayroqum GESi tongi", "Angren vodiysi" kabi bir qator asarlar yaratdi.

Rassomga shuhrat keltirgan asarlardan biri "qayroqum GESi tongi" deb ataladi. 94-rasm. Bu asarda, yuqoridan turib kuzatilgan elektrostanstiya va suv ombori lirik ohangda tasvirlangan bo’lib, undagi qurilishlar tabiat bilan hamoxang uyg’unlashib ketgan.

Suvrat markazidagi erta tongda zangori tusga kirgan elektrostanstiya betoni cheti ko’rinmas ulkan dengizni mahkam tutib turgandek tuyuladi.

Asarni kuzatgan odam sahroga jon bag’ishlovchi mo’’jizakor manzaraning sehrli olamiga kirib qoladi. Unda olislarga bo’y cho’zgan musaffo dengiz qa’riga ko’milgan shodlik va nafosatga boy tong yorishib kelayotganligini qalbdan xis etadi. Bu suvratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir. Chunki, dengiz, osmon va erlarning bepoyonligi koloritning jozibadorligi, mayinligi kishini o’ziga tortadi. Manzarada suv, cho’l, tog’ va fazoning yirik hamda umumlashgan holda berilganligi sababli u nihoyatda salobatli ko’rinadi.

O’.Tansiqboev ijodiga xos bo’lgan asarlardan yana biri "Tog’dagi qishloq oqshom" dir. 95-rasm. Asar vertikal holdagi kompozistiyadan iborat,unda Respublikamizning tog’lik go’zal qishloqlaridan biridagi kechki payt tasvirlangan. Asarda uzoqlarda yaslanib yotgan moviy tog’lar, chiroqlarini endigina yoqan xonadonlar, qishloq yonidagi oqib o’tgan soy, kishilar va bolalar tasviri ko’zga tashlanadi. Bu odam shakllari manzaraga hamoxang tarzda hayot bag’ishlaydi.

Suratdan ko’rinib turibdiki, kech kirib oqshom og’usida quyosh botgan va tog’ cho’qqilari-yu, qoyali toshlarni tun o’z qa’riga tortmoqda. Tepaliklardan tushib kelayotgan qo’ylarning marashi, soyning shuvillashi, chigirtkalarning chiyillashi eshitilayotgandek tuyuladi. Kechki yog’du bag’rida, uning zavqini tortayotgan bolalar tasviri, u er, bu erlarda ko’zga tashlanadi. Kech kirib, serviqor tog’lar orqasiga quyosh berkingan, uning o’rniga oy chiqmoqda.

O’.Tansiqboevning diqatga sazovor asarlaridan yana biri 1955 yilda yaratilgan “Sirdaryo“ nomli asari Moskvadagi Tretyakov galereyasida saqlanadi.

1960 yillarda rassom “Tog’ yo’li”, “Angren-qo’qon yo’li”, “Angren daryosi”, “Tog’da”, “Xumson oqshomi”, “Chorvoq qurilishida”, kabi asarlar yaratdi. Umrining oxirlarida yaratgan “Kuz tongi”, “Mening qo’shig’im”, “Chordaryo suv omborida” kabi asarlar rassom ijodining cho’qqilari bo’lib qoldi.

Uning asarlariga xos harakterli xususiyatlar Ona - Vatanga muhabbat, uni ulug’lashdir. Rassom asarlarida tabiatni keng qamrovli va osmono’par tog’lar, ilon izi kabi uzoqlarga ketgan yo’llar, moviy osmon, osmon bilan tutashib ketadigan go’zal hayotiy manzaralar tasvirlanadi. Ayrim hollarda, yorqin rangdagi odam tasvirlari ham ifodalanadi.

O’.Tansiqboev katta hayot yo’lini bosib o’tdi. U 1934 yillardayoq Moskva va Finlyandiyadagi o’tkazilgan tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasida o’z acarlari bilan qatnashdi. O’.Tansiqboev 1958 yilda Bryussedaga xalqaro ko’rgazmasida "qayroqum GESi" asari bilan qatnashib, xalqaro kumush medal bilan taqdirlandi.

Vatanimiz san’atini rivojlantirishdagi xizmatlarini taqdirlab, rassom xukumatimizning bir qator orden va medallari bilan mukofotlangan. U O’zbekiston halq rassomi, Rossiya badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi edi.

Rassomning bir qator asarlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi, Sharq xalqlari sanat muzeyi, qozog’iston, qirg’iziston, Tojikiston, Moldaviya, Latviya, O’zbekiston san’ati muzeylaridan o’rin olgan.

O’.Tansiqboev manzara janrida ijod qilib, birinchilar qatori o’chmas iz qoddirgan musavvirlardan edi. U o’z asarlarida O’zbekistonning go’zalligini, uning jozibasini kuyladi. O’.Tansiqboevning asarlari bizni Vatanga muhabbat, go’zallikdan zavqlanishga chorlaydi.

Ijodiy faoliyati

«O’zbek portreti», «Oltin kuz», «Karvon», «Hosil»

«Ozod bo’lgan sharq ayollari»

«16-yil qo’zg’aloni»

«Alisher Navoiy»

«Vahshiyning yo’li»

«Ozod qilingan yerlarda»

«Partizan ayol»

«Qoplonbekda kuz»

«Tungi sug’orish»

«Urush yillarida»

«Peshin. Ovqat payti», «G’o’za sug’orish», «O’zbekistonda bahor»

«Taxiyatosh» «Qayroqqum GESi tonggi», «Yangi yerda»

«Tog’da kuz», «O’zbekistonda mart», «Kattaqo’rg’on suv ombori» «Bo’stonliqda bahor» «Tog’dagi yaylov»

«Chorvoq qurilishida», «MirzachoT kanali»

«Tog’da kuz»,








3. Tasviriy san’atning janrlari

Tasviriy san’atda manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy animal ,afsonaviy, marina, nyu, interer janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, odam rasmini ishlansa “Portret” tabiat va shahar ko’rinishlari tasvirlansa “Manzara”, hayot va mehnat jarayonlari tasvirlansa “Turmush” janriga xos bo’ladi. Shuningdek, tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janrga, xayvonlarni tasvirlash, animal janr deb yuritiladi. Afsonaviy, marina, natyurmort nyu janrlari ham bo’ladi. “animal” janri lotincha “anima” so’zidan kelib chiqan bo’lib xayvon ma’nosini anglatadi. “Batal” janri esa franstuzcha “batay” so’zidan kelib chiqan bo’lib jang,”NYu” janri franstuzcha bo’lib yalang’och ma’nosini bildiradi. Ayrim asarlar ikki va undan ortiq janrlarga mansub bo’ladi. Masalan, portret va nyu marina va manzara v. b.

Har bir janr o’z o’rnida yana bir qancha janrlarga bo’linishi mumkin. Masalan tabiat manzarasi janri, shahar manzarasi janri, industrial manzara janri, dengiz manzarasi (marina) janri yoki portret janrini tantanavorlik, ishqiy, guruhli janrlarga bo’lish mumkin.

Vaqt o’tishi bilan janrlar tabaqalashib, mustaqil tus oladilar. Masalan, manzara janiridan marina, tarixiy janrdagi batal janri ajralib chiqanlar.



Manzara janri. Tasviriy san’atda tabiat, shahar, industrial, interer ko’rinishlarini tasvirlanishi manzara janrga taaluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiat manzarasini haqiqiy ko’rinishini tasvirlasa, boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo’ladi. Ba’zan bu ikki hol bir asarda bo’lishligi ham mumkin. Manzara janrini paydo bo’lishi juda uzoqlarga borib taqaladi. Manzara tasvirlarining keng tarqalishini qadimgi Sharq va Krit orollari misolida ko’rish mumkin.

Masalan, eramizdan avvalgi asr Beni-Xasandagi qabr tasvirida yovvoyi mushik ovi tasvirlangan. Bu janr esa mustaqil ravishda Xitoyda 6 asrda paydo bo’lgan. Evropa san’atida esa O’yg’onish davrida ilmiy asosda ya’ni chiziqli va xavo (rang) perespektivasi asosida shakllangan.

Manzara janrini ikki xili mavjud. Birinchisi mustaqil turi bo’lib, unda faqat manzara aks ettiriladi. Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi. Masalan, portretni orqa tomonida tabiat yoki shahar manzarasi tasvirlanishi mumkin.

Manzara janrida samarali ijod qilga rassomlardan I.Levitan, I.Shishkin, O’.Tansiqboev, I.K.Ayvazovskiy, N.Karaxan kabilarni ko’rsatish mumkin.

Manzara janrining ko’rinishlaridan biri bu interer hisoblanadi. U binolarning ichki qism ko’rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi Misr, Xitoy rassomchiligida uchraydi. Ular o’z ishlarida aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan perespektiva qonunlari asosida intererni tasvirlay olganlar.

Bu janrda ijod qilib Jotto, A.Verrokko, Leonardo do Vinchi, Rembrantlar shuxrat qozonganlar.

Manzara janirining ikkinchi bir ko’rinishi bu marina janridir. Unda asosan dengiz ko’rinishlari va undagi xodisalar tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I.Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo’lgan. U o’zining umrini faqat dengiz ko’rinishlarini tasvirlashga bag’ishladi. Uning “To’qqizinchi val”, “Chesmen jangi”, “qora dengiz”, “To’lqinlar orasida” kabi asarlari jaxon tasviriy san’atida munosib o’rinni egalladi.

Marina janridagi asarlar boshqa janrdagi asarlar bilan birgalikda ham ifodalanadi. Masalan, portret, manzara, tarixiy, turmush v.b.

Manzara janri ko’proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo’llaniladi. Xaykaltaroshlikda manzara asosan uning relef turida ishlatiladi. Xaykaltaroshlikda manzara ko’rinishlari asosiy emas, to’ldiruvchi, qo’shimcha ahamiyat kasb etadi.

Xulosa


Ma’naviy tarbiyada tasviriy san’atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. Tushunib etish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson yuragiga diliga yo’l topadi. Aqlini taajjubga soladi.

Badiiy didning o’sishi, ma’naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy ko’tarinkilik, shaxsning ma’naviy-ma’rifiy bilimini, hayotda tutgan o’rnini belgilab beradi.

San’at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish – insonning fikriy doirasiga didiga bog’liq.

Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam o’zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o’z manfati yo’lida foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi.

Hozirgi kunda ham inson dunyoni chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to’g’ri talqin qila olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza zarurdir.

Hayotdagi kamchiliklar, ziddiyatlarni bartaraf etishda, zamonaviy sharoitni hisobga olgan holda, O’quvchilarda aniq axloqiy tarbiya kriteriyalarini, ishlab chiqish va ularni jalb etish qoidalarini takomillashtirish kerak.

Estetik va badiiy fanlararo aloqalarning hayotiy murakkabligi hamda hayotiy yashash yo’lini fikrlab ko’ra bila oladigan o’quvchilarni tarbiyalash, amaliy ish jarayonida bilim berishni qayta qurish tubdan ko’rib chiqishni talab etadi.


  • Axloqiy madaniyatni yuqori darajada shakllantirish uchun ijodiy tasavvurni takomillashtirish lozim bo’ladi. Ijodiy kengqamrovli tasavvur qila olish qobiliyatiga ega bolalarga tasviriy san’at alifbosiga to’g’ri yo’naltirishni yo’lga qo’yish kerak.

  • Tasviriy san’at inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning his qilish, san’at ob’ektidan hissiy lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirishda – san’atning yo’naltiruvchi asosiy kuchini ko’ramiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘ yxati

1. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1999 yil.

2. Barkamol avlod orzusi. T. 1999 yil.

3. Umumiy o`rta ta`limning Davlat ta`limi standarti va o`quv dasturi. Maxsus 6 - son. Tasviriy san`at. (86 - 167 bet).

4. R.Xasanov. Maktabda tasviriy san`atni o`qitish metodikasi. T. 2005 yil.

5. R.Hasanov. S.Beysenov. O`qituvchilarni tasviriy san`atdan bilim va malakalarini o`zlashtirishni nazorati. T. 2008 yil.

6. B.Oripov Tasviriy san`atni o`qitish metodikasi. N. 2007 yil.

7. B.Oripov. Tasviriy san`at ta`limida didaktika. N. 2008 yil

8. Abdullayev S.S. “Qadimgi O’rta Osiyo va O’zbekistonda Tasviriy san’at” Toshkеnt 2014 yil

Elektron manbalar.

1.www.google.uz

2.www.gov.uz

3.Ziyonet.uz




Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish