O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


ILMIY-TADQIQOT MARKAZNI TASHKIL ETISH MAQSADI



Download 156 Kb.
bet2/5
Sana20.02.2022
Hajmi156 Kb.
#460904
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Markaz Nizomi

ILMIY-TADQIQOT MARKAZNI TASHKIL ETISH MAQSADI




    1. Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi sohasida mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, uning asosida mamlakat, jumladan Buxoro viloyati xizmatlar sohasini modernizatsiyalash orqali mutanosib hamda barqaror rivojlantirishning moslashuvchan modeli, mexanizmlari va prognozlarini ishlab chiqish;

    2. Buxoro viloyati Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi sohasini rivojlantirishning o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10 yil) ko‘p variantli prognozlarini shakllantirish, mazkur prognozlar doirasida uzoq muddatli iqtisodiy mutanosiblikni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning o’sish sur’atlarini belgilash;

    3. Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi sohasida potensial risklarni bartaraf etish ishlarni tartibga solishning samarali mexanizmini joriy etish, Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi rivoji bo’yicha tendensiyalarni tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

    4. O‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish jarayonlarini tadqiq etish hamda prognoz qilish, Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash orqali aholining oqilona bandligini ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

    5. Tahliliy ma’ruzalar va prognozlar tayyorlash, Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi da tadqiqotlar natijalari va prognozlarni, o’rta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha yondashuvlar va uning mexanizmlarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy maqolalarda, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni, manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda keng muhokama qilishdan iborat.



III. MARKAZNING VAZIFALARI VA AMALIY FAOLIYATI


Markazi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

    1. Respublika Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

    2. Sohaga oid yetakchi tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;

    3. Tarmoq korxonalari muammolari bazasini shakllantirish;

    4. Markaz ilmiy-tadqiqot faoliyatini tarmoq korxonalari muammolari yechimiga yo’naltirish;

    5. Fundamental, amaliy, innovatsion, tijoratlashtirish hamda startap loyihalarni ishlab chiqish hamda tanlovlarga taqdim etish;

    6. Tayyorlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish hamda ularni nashr etishga tavsiya etish, tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga qo‘llashda ishtirok etish.

    7. Yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining dissertatsion tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-metodik konsultatsiyalarni amalga oshirish.

    8. Tаrjimashunoslik va til ta’limi ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori(DSc) dissertatsiyalari va ularning avtoreferatlarini, monografiyalarni, ilmiy maqolalarni tahrirlash hamda taqrizlash.

    9. Sohaga oid darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatma, bir tilli va ko’p tilli lug’atlarni tahrirlash hamda taqrizlash.

    10. Sohaga oid bir tilli va ko’p tilli lug’atlarni yaratish bo’yicha ilmiy-uslubiy maslahatlar berish, tahrirlash hamda taqrizlash.

    11. Buxoro viloyatida mutanosib hamda barqaror Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limi rivojlanishining moslashuvchan mexanizmlari va prognozlarini ishlab chiqish;

    12. Buxoro viloyati Tаrjimashunoslik, gid hamrohligi va til ta’limining o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10 yil) ko‘p variantli rivojlanish prognozlarini shakllantirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning o‘sish sur’atlarini belgilash;

    13. Elektron o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish.

    14. Xorijiy hamkorlar ishtirokida zamonaviy o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik adabiyotlar, ishlanmalar)ni yaratishda ishtirok etish.

    15. Xorijiy ta’lim muassasalari hamkorligida bakalavr hamda magistratura talabalari ishtirokida xalqaro tanlovlar hamda olimpiadalar tashkil etish.

    16. Markaz orqali mablag’ topish faoliyatini yo’lga qo’yishdan iborat.




Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish