Boshlang‘ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishda o`yinlarning ahamiyati.
Harakatli o`yinlarning axloqiy imkoniyatlari. Boshlang‘ ich sinf o`quvchilari
shaxsini shakllantirishning amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinf o`quvchilari shaxsini
Ishni boshlashdan oldin fan o‗qituvchisi yoki kurs ishi yuzasidan tayinlangan
~ 22 ~
mavzu yuzasidan aniq ish rejasi ishlab chiqish;
mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishish va zaruriy materiallarni to‗plash;
tegishli tartibda nazariy asosini yoritishi;
amaliy manbalardan olingan ma‘lumotlarni tahlil etishi;
kurs ishini aniq tushunarli so‗zlardan foydalangan holda yozishi;
Kurs ishini rasmiylashtirish va ro‗yxatdan o‗tkazish.
Kurs ishi A-4 formatli qog‗ozning bir tomoniga yoziladi. Qog‗ozning chap
tomonidan 30 mm, o‗ng tomonidan 20 mm. va pastdan 25 mm. bo‗sh joy qoldirib
1,5 interval orasida yoziladi.
Kurs ishini bosh varag‗idan boshlab, barcha sahifalar arab raqami bilan tartib
raqam qo‗yiladi.
Kurs ishininig barcha tarkibiy qismlari ya‘ni kirish, birinchi, ikkinchi,
uchinchi masalalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati yangi sahifadan
boshlanadi.
Jadvallarning yuqori qismi o‗ng burchagiga tartib raqami qo‗yilib, so‗ng nomi
yoziladi. Oxirgi qismiga olingan manba ko‗rsatib qo‗yilishi shart.
Rasm, chizma va turli diagrammalar nomi pastki qismiga yoziladi va
belgilangan tartibda nomerlanadi.
Har qanday jadval, rasm, chizma va diagrammalarga sharh berilishi shart.
Eslatma: Masalani yakuni jadval, rasm, chizma va diagrammalar bilan
tugallanmaydi.
Kurs ishida ilova materiallari keltirilishi mumkin, majburiy va shart emas.
Adabiyotlar ro‗yxati quyidagi tartibga keltirilishi shart:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.
O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari.
3.
O‗zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining qarorlari.
4.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, nutqlari, asarlari.
~ 23 ~
Shundan so‗ng tegishli adabiyotlar muallif familiyasi bosh harfi bo‗yicha
alifbo tartibda yoziladi, so‗ngra maktab ma‘lumotlari, ommaviy axborot vositalari
va internet ma‘lumotlari yoziladi.
Kurs ishi mazmuniga ko‗ra alohida tanlangan aniq bir mavzuni nazariy
asosini yoritadi, mavzu aniq korxona (tashkilot) misolida o‗rganadi, uning
kelgusidagi istiqbollarini ifoda etadi.
Kurs
ishini
nazariy
asosini
yoritishda
O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident qaror va farmonlari
va boshqa me‘yoriy hujjatlarga asoslanishi, tanlangan mavzu bo‗yicha ilmiy
izlanishlar olib borgan pedagog olimlarning mehnatlaridan foydalanishi kerak.
Amaliy ahamiyatini boyitishda maktablarning ish tajribalariga tayangan
ma‘lumotlariga tayanishi zarur.
Mamlakatimizda olib borilayotgan strategik maqsadlar doirasidan kelib
chiqqan holda, kelgusida tarbiyaviy ishlar samaradorligini yuksaltirishni
ta‘minlovchi aniq tavsiyalarni ko‗rsatib berishi zarur.
Kurs ishining bosh varag‗i ilovada keltirilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: