O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat


 Karolinglar davri ijtimoiy ziddiyatlarning ortishi, sulola inqirozi davri



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#274026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
karolinglar sulolasi davrida fransiyada ijtimoiy munosabatlar

 

2.2. Karolinglar davri ijtimoiy ziddiyatlarning ortishi, sulola inqirozi davri

Karl  Buyuk  va  uning  vorislari  zamonida  feodallashuv  protsessining  juda 

tezlashib ketayotganligi imperiyaning parchalanib ketishida juda katta  ahamiyatga 

ega  bo‘ldi.  Biroq  Karl  Buyuk  imperiyasi  “qabila  va  xalqlarning  quramasidan 

iborat” bo‘lishi bilan bir vaqtda, feodallashayotgan jamiyat ham edi. Merovinglar 

zamonida  bo‘lgan  hodisa,  ya’ni  katta  yer  egaligining  o‘sishi,  uning  mayda  erkin 

dehqon xo‘jaligini yutishi Karolinglar zamonida davom etdi va zo‘r berib avj oldi. 

Prekar  munosabatlarining  (ko‘proq  cherkov  yerlarida)  rivoj  olishi,  patronat-

kommendatsiyalarning  (ko‘proq  dunyoviy  yerlarda)  keng  yoyilishi,  erkinlarning 



 

44 


 

qaramlikka tushish hollarining ko‘payayotganligi—bularning hammasi Karl Buyuk 

podsholigi zamonida odat tusiga kirganligi imperator qonunida (kapitulyariyalarda) 

o‘zining  yorqin  ifodasini  topdi.  Karl  magnatlar  va  boshqa  “nufuzli  odamlar” 

tomonidan  dehqon  yerlarining  tortib  olinishini  cheklashga  ancha  urindi,  biroq 

yerdor  zodagonlar  uning  farmoyishlariga  qarshilik  ko‘rsatganlari  uchun  bu 

farmoyishlar  amalda  bajarilmay  qolaverar  edi.  Franklar  jamiyatining  feodallashuv 

jarayoni, tabiiy, siyosiy tuzumga ham ta’sir etdi.

61

 

Fransiya davlati tashkil topgan vaqtda nomigagina yagona davlat bo`lib, aslida u 



ko`pgina  (aniqrog`i  o`n  mingga  yaqin)  xilma-xil  senorliklarning  yig`indisidan 

iborat  edi.  Bularning  ba`zilari  qirol  hokimiyatini  rasman  tan  olgan,  lekin  amalda 

deyarli  mustaqil  edi.  Boshqa  senorlar  esa  faqat  qirolga  sodiqlik  haqida  qasamyod 

qilar,  biroq  hatto  rasman  bo`lsada  unga  bo`ysunmagandi.  Ular  qirolga 

bo`ysunishni-vassal bo`lishni tahqirlanish, deb hisoblardilar. 

Bu vaqtda Fransiyada milliy birlik ham, yagona til ham bo`lmagan edi. Fransuz 

millati  ancha  keyinroq  -  XVI  asrda  gallar,  britlar,  rimliklar,  franklar  va  boshqa 

xalqlarning avlodlaridan shakllangandi. 

IX-X  asrlarda  feodal  munosabatlar  rivojlanib,  hamma  yerda  hukmron  bo`lib 

qoldi.  Feodallar  tomonidan  yerlarning  to`liq  egallab  olinishi  natijasida  erkin 

dehqonlar  yer  egaligi  tugatildi.  Natural  xo`jalik  hukmronlik  qilib,  feodal 

senorliklar  parokandaligi  davom  etadi  va  yangi-yangi  pomestelar  vujudga  kelib, 

mamlakatning yagonaligiga putur yetadi.

62

 



Feodallar  o`zlari  egallagan  yerlar  -  senoriylarning  hajmiga  qarab  turli 

tabaqalarga ajralgan. Katta senoriy egalari: gersoglar, graflar, yirik monastirlarning 

abbatlari,  yepiskoplar  dastlab  o`zlarini  qirol  bilan  teng  perlar  deb  yuritganlar. 

Ularning  vassallari:  baronlar,  vikontlar,  vitsegraflar  ikkinchi  guruh  yer  egalari 

hisoblangan.  Uchinchi  guruhdagi  yer  egalarini  ritsarlar  tashkil  etgandi.  Ana  shu 

uchta  toifa  feodallar  o`rtasida  syuzerenitet-vassalitet  munosabatlari  mavjud  edi. 

Buni  oliy  hukmronlik-qaramlik  munosabatlari  desa  bo`ladi.  Bunday  munosabatlar 

                                                             

61

 Тейс Л. Наследие каролингов IX-XI века. М., 1993. –С.67. 



62

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.57. 




 

45 


 

faqat  Fransiyada  o`zining  to`liq  shakliga  ega  bo`ldi.  Syuzerenitet-vassalitet 

munosabatlari maxsus shartnoma asosida rasmiylashtirilardi. Bunda vassal senorga 

sodiqlik  haqida  qasam  ichib,  uning  oldida  tiz  cho`kadi.  Bu  ommaj  deb  atalardi. 

Senor  esa  vassalga  yer  (feod)  berib,  shu  bilan  birga  ramziy  tayoqcha  yoki  o`z 

qo`lqopini yoki nayzasini ham uzatardi. Bu investitura deb atalardi.

63

 

Karolinglar  davrida  vassal  munosabatlarining  kuchayganligi  haqida  Gilermoz  



quyidagicha  yozadi:  “vassal  unvoni  mavqei  o`sa  boshladi  va  unga  nafaqat  oddiy 

kambag`al  balkim  yer  mulkdorlari  ham  ega  bo`lishga  intilishar  edi”.  O`zining 

kapitulyariysida  Karl  vassalning  vassalikdan  chiqish  sabablarni  quyidagicha 

izohlab  bergan:  «Bironta  vassal  o`zining  senorini  tark  etishga  haqli  emasdir, 

quyidagi  vassallar  bundan  mustasno,  agar  senor  vassalni  o`ldirmoqchi  yoki  uning 

oila  a`zolarini  obro`siga    putur  yetkazsa  yoki  uning  yerini  tortib  olsa».    Bundan 

tashqari  vassal  o`z  benefitsiydan  maxrum  bo`lish  holatlari  ham  ko`rsatib  o`tilgan 

«Agar bizning vassalimiz jang paytida  yordamga boshqa vassalni chaqirsa va bu 

vassal yordamga oshiqmasa u benefitsiydan mahrum bo`ladi». 

VIII  asrning  oxiridan–IX  asrning  boshida  vassal  munosabalari  nafaqat  harbiy 

sohada balkim frank davlatining siyosiy tuzilishida ham namoyon bo`ldi.

64

 



Vassallik  shartnomalari  tomonlarning  majburiyatlarini  aniq  o`rnatib  qo`ygandi. 

Senor  vassalga  feodni  berish  bilan  birga  vassalni  va  unga  berilgan  yerni  himoya 

qilishi  lozim  edi.  Vassal  esa  avvalo  senorga  harbiy  xizmat  o`tab  berish 

majburiyatiga  ega  edi.  Vassal,  shuningdek,  feodallarning  sud  va  boshqa 

yig`inlarida senorning raisligida ishtirok  etishi  lozim  edi. Vassal  yuqoridagilardan 

tashqari,  senorni  asirlikdan  sotib  olish,  senorning  salib  yurishlarini  moliyaviy 

ta`minlash, senorning katta o`g`liga ritsarlik unvoni berilayotganda, katta qizi erga 

tegayotganda  sovg`a-salomlar  bilan  kelish  kabilarga  ham  majbur  edi.  Vassallik 

shartnomalari  dastlab  tomonlarning  hayotligi  davrida  tuziladigan  shartnomalar 

hisoblanib,  personal  xarakterga  ega  edi.  Keyin  esa  u  bilan  bog`liq  majburiyatlar 

                                                             

63

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б..64. 



64

 Тейс Л. Наследие каролингов IX-XI века. М., 1993. –С.43.

 



 

46 


 

meros  tariqasida  o`tadigan  bo`ldi.  XI  asrga  kelib  feod,  ya`ni  nasliy  urug`chilik 

pomestesi asosiy feodal mulkchilik shakli sifatida o`rnatildi. 

Agar  vassal  senorga  sodiqlik  to`g`risidagi  qasamini  buzsa  va  o`z  zimmasidagi 

majburiyatlarini bajarmasa, feodni qaytarishi lozim edi. Lekin senorlar va vassallar 

o`rtasidagi nizolarni hal  etishning  yuridik  mexanizmi juda samarasiz bo`ldi. Yirik 

feodallar  mustaqil  harbiy  kuchlarga  ega  bo`lib,  senorlarga  itoat  etmay,  senor  sudi 

qarorlariga  bo`ysunishni  istamay  qo`ygandi.  Bu  feodallar  o`rtasidagi  ko`p  sonli 

tartibsizliklar va urushlarni keltirib chiqaradi. 

X  asrda  jamiyatning  feodallashish  jarayoni  kuchayib,  vassallarning  vassallari 

paydo  bo`ladi.  Yuqorida  aytilganidek,  eng  quyi  zvenodagi  vassallar  -  ritsarlar 

(mayda feodallar) edi. Ritsarlar dastlab ayrim hukmdorlarni xizmatida  bo`lishgan. 

Keyinchalik ritsar atamasi otliq-jangchi aslzodani anglata boshlagan. 

Kelgusida  ritsarlikka  mansublik  unvoni  jangdagi    jasorati  va  boshqa  harbiy 

xizmatlari uchun berilgan, murakkab marosimlar orqali ritsarlikka qabul qilingan.

65

 



Fransiyada  “meni  vassallarimni  vassali,  meni  vassalim  emas”  degan  odat  amal 

qilgan,  bu  esa  vassalni  bevosita  o`zini  senoriga  sodiqligini  anglatgan.  Senor 

urushni  boshlayotib,  o`zining  bevosita  vassallarini  yordamiga  umid  qilgan,  ammo 

ular  o`zlariga  sodiq  ritsarlari    kuzatuvida  kelishlari  lozim  bo`lgan.  Qirolni 

vakolatlari, boshqa har qanday feodalning  vakolatidan kengroq bo`lgan, u o`zining 

domen yerlari va ritsarlariga tayanib  mamlakatni boshqargan, boshqa hollarda esa 

yirik  vassallarni  fikri  bilan    hisoblashishga  majbur  bo`lgan,  chunki  ular  yuqori 

ruhoniylar bilan bir qatorda qirol kengashini tashkil etishgan.  

Asosiy  feodallar  ommasi  qirolga  bo`ysunmay,  o`z  senorlari  -  gersoglar  va 

graflarga  bo`ysunardi.  Yuqorida  aytilganidek  "Vassalimning  vassali  mening 

vassalim emas" degan tamoyil mavjud edi. 

 Keyinchalik  shaharlar  o`sib,  qirolning  ahamiyati  kuchayadi.  Qirollar 

mamlakatda  barcha  feodallardan  sodiqlik  haqida  qasam  olishga  va  vassal 

qaramlikdagi  egaliklarini  tan  oldirishga  erishadilar.  Bu  jarayon  vassallarning 

                                                             

65

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.65. 




 

47 


 

vassallari (arer-vassallar)ning bevosita qirol vassallariga aylanishiga olib keladi va 

bu immediatizatsiya degan nom oladi. 

XII  asrda  feodal  egaliklarga  bo`linish  jarayoni  amalda  tugaydi.  Feodal 

pomestelar  tamoman  urug`chilik  xarakteriga  ega  bo`ladi.  Feodallar  sinfiga  yangi 

shaxslarning  kirib  kelishi  cheklanib,  faqat  qirol  bo`ysunmagan  feodallar  bilan 

urushlar natijasida qo`lga kiritilgan yer uchastkalarini taqsimlab turadi.

66

 



Feodallashuv  imperiyani  siyosiy  tarqoqlikka  va,  pirovardida,  siyosiy  jihatdan 

mayda  qismlarga  bo‘linib  ketishiga  olib  keldi.  O‘zining  harbiy  qudratiga  va  eng 

katta  istilochilik  shuxratiga  qaramay,  Karl  Buyukning  o‘zi  ham  yerdor 

zodagonlarga  qaram  edi.

67

  Bu  narsa  hammadan  burun  magnatlar  syezdlari 



ahamiyatining ortishida ko‘rindi. Bu syezdlar imperator tomonidan odatda har yili 

kuzda  chaqirilar  edi.  Unda  eng  muhim  kapitulyariyalarning  hammasi  muhokama 

qilinar edi. Zodagonlarning haqiqiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu kuzgi 

syezdlariga  qarama-qarshi  o‘laroq,  may  dalalari  deb  atalmish  eski  harbiy 

yig‘ilishlar  —  askarlarning  yig‘ilishlari  (bu  yig‘ilishlar  qadimgi  german  xalq 

yig`ilishlarining qoldig‘i  edi) karolinglar zamonida  oddiy bir harbiy ko‘rik bo‘lib 

qoldi.  Bu  ko‘rikda  endi  imperator  tomonidan  tasdiqlangan  farmonlar  ma’lumot 

uchungina e’lon qilinar edi. 

Karl Buyuk zamonidayoq idora qilish apparatining aniq feodallashganligiga shu 

narsani  misol  qilib  ko‘rsatish  mumkinki,  graflar  o‘z  mansabini  va  bu  mansab 

uchun  olgan  yerlarini  avloddan-avlodga  meros  bo‘lib  qoladigan  mulkka 

aylantirishga harakat qildilar. Karl Buyuk o‘zining graflar tayinlash huquqini juda 

katta mashaqqat bilan arang saqlab qoldi. 

Karl Buyuk davlati o‘zining tarkibi jihatidan ham xilma-xil urug‘larning beqaror 

siyosiy  birlashmasidan  iborat  edi.  Frank  imperiyasi  omadi  yurishgan  bir  istilochi 

tomonidan  shoshib-pishib,  ko‘p  qabila  va  xalqlardan  iborat  tuzilgan  alohida  bir 

tarzdagi  harbiy  monarxiya  bo‘lib,  unda  na  umumiy  iqtisodiy  baza,  na  umumiy 

milliy  til,  na  umumiy  madaniyat  yo‘q  edi.  Karl  Buyuk  imperiyasiga  kirgan 

                                                             

66

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.59. 



67

 Левандовский А. Карл Великий: Через империю к Европе. М., 1987. –С.72. 




 

48 


 

qabilalarning  har  biri  o‘zining  odatdagi  qonun-qoidalariga  amal  qilib  kelganini 

ko‘rsatib o‘tish kifoya qiladi.

68

 



Ayrim  qabilalar  Karl  Buyuk  podsholigi  vaqtidayoq  xalq  bo‘lib  birlasha 

boshlagan edilar. Sali  va Ripuar franklari  galliya-rim aholisi bilan aralashib ketib, 

shimoliy  roman  xalqini  (keyinchalik  bulardan  fransuz  xalqi  tashkil  topdi) 

vestgotlar,  burgundlar  janubiy  galliya-rimliklar  bilan  qo‘shilib  janubiy  roman 

xalqini  (bular  keyinchalik  provansal  xalqi  deb  atala  boshladilar)  barpo  etdilar. 

Italiyada  langobardlar  bilan  italyan-rimliklardan  bo‘lg‘usi  italyan  xalqi  tashkil 

topdi. Germaniyada Reynning narigi tomonidagi qabilalar bir etnik gruppa bo‘lib, 

keyinchalik  ulardan  german  (yoki  nemis)  xalqi  vujudga  keldi.  Xalqlarning  tashkil 

topishi  mahalliy  aloqalarni  kuchaytirdi,  bu  hol  ham  amalga  imperiyaning  juda 

mayda va bir xil davlatlarga parchalanib ketishiga olib keldi. 

Karl  Buyuk  zamonidayoq  idora  qilish  apparatining  aniq  feodallashganligini 

graflarning  o`z  mansabini  va  bu  mansab  uchun  olgan  yerlarini  avloddan-avlodga 

meros  bo`lib  qoladigan  mulkka  aylantirishga  harakat  qilganliklarida  ko`rish 

mumkin.  Karl  Buyuk  o`zining  graflar  tayinlash  huquqini  juda  katta  mashaqqat 

bilan arang saqlab qoldi. 

Karl  Buyuk  o`lgandan  keyin  uning  imperiyasi  uzoq  umr  ko`rmadi.  Bu ilk  o`rta 

asr  harbiy-feodal  monarxiyasi  bo`lib,  unda  chinakam  markazlashuv  uchun  yetarli 

darajada  iqtisodiy  baza  yo`q  edi.  Karl  Buyuk  zamonida  krepostnik  pomestelar 

egasi bo`lib uzil-kesil qaror topgan va  Karl  Buyuk olib borgan urushlar natijasida 

juda ko`p yangi yerlarga ega bo`lgan feodallarning o`zi mustahkam markazlashgan 

hokimiyatdan bezor edi. 

Karl  Buyukning  o`g`li  imperator  Lyudovik  Xudojo`y  zamonida  (814-840  yy) 

bo`linib  ketish  yo`lidagi  intilishlar  zo`r  berib  namoyon  bo`ldi.  U  lapashang  bir 

qirol  bo`lib,  ruhoniylarga  (uning  Xudojo`y  degan  laqabi  ham  shuni  ko`rsatadi)  va 

dunyoviy  zodagonlarga  butunlay  qaram  edi.  Haqiqatda  uning  butun  qirollik  davri 

uzluksiz  g`alayonlar  davri  bo`ldi.  Zodagonlar  Lyudovikka  qarshi  bosh  ko`tarib, 

                                                             

68

 Кардини Ф. Истоки средневекового. М., 1987. –Б. 46.



 


 

49 


 

uning  o`z  o`g`illari  —  Lotar  Lyudovikni  (yoki  Lyudovik  Nemisni),  o`z  otasiga 

qarshi  gij-gijlatdilar.  Lyudovik  Xudojo`yning  uchinchi  o`g`li  Karl  (u  keyincha 

Yaltiroqbosh deb nom oldi) hamisha otasining yonini oldi.

69

 

Lyudovik Xudojo`y  o`lgandan keyin uning o`g`illari bir  – biri bilan  yana urush 



boshladi.  Imperator  unvonini  olgan  katta  akasiga  —  Lotarga  qarshi  endi  ikkala 

ukasi  —  Lyudovik  Nemis  bilan  Karl  Yaltiroqbosh  bosh  ko`tardi.  Fontenua  shahri 

yonida  bo`lgan  jangda  (841-yil)  Lotar  ikkala  ukasining  birlashgan  qo`shinlari 

tomonidan  tor-mor  qilindi.  Bir  yildan  keyin,  842-yilda  Lyudovik  bilan  Karl 

Strasburg shahri yonida bitim tuzib, Lotar ustidan to`la g`alaba qozonguncha unga 

qarshi kurashni davom ettirishga ahd qilishdi.

70

 

Nihoyat,  843-yilda    uch  aka-uka  murosaga  keldi  va  Verden  shahrida  bitim 



imzolashdi.  Verden  sulhiga  ko`ra,  Lyudovik  Nemisga  Reynning  sharqdagi  va 

Alpning  shimolidagi  hududlar,  ya`ni  Sharqiy  Frank  qirolligi,  Karl  Yaltiroqboshga 

esa  Shelde,  Maas,  Sona  va  Rona  daryolaridan  g`arbdagi  yerlar,  ya`ni  G`arbiy 

Frank  qirolligi  va  nihoyat,  Lotarga  esa  Sharqiy  va  G`arbiy  qirolliklar  oralig`idagi 

yerlar  tegdi.  Shu  tariqa,  Verdenda  bo`lgan  taqsimot  Yevropada  keyinchalik 

vujudga  kelgan  uchta  katta  davlat  -  Fransiya,  Germaniya  va  Italiyaning  tashkil 

topishini umumiy bir tarzda belgilab berdi.

71

 



G`arbiy  Frank  qirolligining,  o`sha  paytda  Fransiya  deb  atalgan  bu  hududning 

birinchi  qiroli,  Lyudovikning  kichik  o`g`li  Karl  Yaltiroqbosh  bo`ldi.  (877-yilda 

vafot etgan). 

 Bu  yerdagi  aholining  asosiy  ommasi  endi  tashkil  topayotgan  fransuz  xalqidan 

iborat  bo`lib,  u  alohida  bir  shimoliy  roman  tilida,  ilk  fransuz  tilida  gapirishar  edi. 

Bu  davlatning  poytaxti  Parij  bo`lib,  u  Luara  daryosi  yaqinidagi  Sena  daryosi 

bo`yida  joylashgan.  "G`arbiy  franklar  qirolligi"da  yoki,  oddiy  qilib  aytganda, 

Fransiyada  (uni  X-XI  asrlarda  Fransiya  deb  atay  boshlaydilar)  Korolinglar  X 

asrning oxirigacha hokimiyatni o`z qo`llarida saqlab keldi. So`nggi qirol Lyudovik 

                                                             

69

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.60. 



70

Ўша асар. -Б.60. 

71

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent,2005. –B.56. 




 

50 


 

V Yalqovning vafotidan so`ng (987-yil) Gugo Kapet Fransiya qiroli etib saylanadi. 

Shundan boshlab bu davlatni yangi sulola boshqara boshlaydi. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish