O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat


 Karolinglar davri feodalizmining qaror topishi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#274026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
karolinglar sulolasi davrida fransiyada ijtimoiy munosabatlar

1.2. Karolinglar davri feodalizmining qaror topishi. 

VII asrning oxiri — VIII asrning boshlarida Frank davlati butunlay parchalanib 

ketdi.  Pipin  Geristalskiyning  g‘alaba  qozongan  bo‘lishiga  qaramay,  Neystriya  va 

Burgundiya  magnatlari  hali  ham  o‘zlarini  markaziy  xokimiyatga  u  qadar  qaram 

emas,  deb  his  qilar  edilar.  Akvitaniya  qirollikdan  tamoman  ajraldi.  Avstraziya 

gersogi  Akvitaniyaning  hokimiyatini  tan  olmadi.  Reynning  narigi  tomonidagi 

qabilalar—allemanlar,  frizlar,  sakslar  va  bavarlar  ham  ajralib  chiqdi.  Janubi-

g‘arbda arablar xavf tug‘dira boshladilar, hatto VIII asrning 20-30-yillarida butun 

Frank davlati arablar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olinish xavfi ostida qoldi. 

Lekin  yangi  sulola  ana  shunday  og‘ir  bir  sharoitda  qirollikning  harbiy  kuchlarini 

qaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sulola 

vakillari  keyinchalik  sulolaning  eng  mashhur  qiroli  Buyuk  Karl  nomi  bilan 

Karolinglar sulolasi deb atala boshlandi. 

Karolinglar 

hukmronligi 

davrida 


(751-987-yillar) 

Yevropada 

feodal  

munosabatlar  rasmiy  tus  oldi.  Karl  Martel  mayordom  (eshik  o`g`aboshi) 

hukmronligi davrida o`tkazilgan harbiy  va siyosiy  islohotlar feodalizmni hukumat 

tomonidan  qo`llab  quvvatlanishini  ta`minladi.  Karl  Martel  (715-741-yillar) 

mayordom  arablar  bilan  bo`lgan  (732-y)  janglarda  otliq  qo`shindan  foydalangani 

uning  muvaffaqqiyatini  ta`minladi.

16

  Ammo  endi  bu  qo`shinni  qaram  dehqonlar 



tarkibidan tuzishni imkoni yo`q edi. Shuningdek, bu islohot keyinchalik Yevropada 

vujudga  kelgan  feodal  iyerarxiyasini  quyi  vakillari  bo`lgan  ritsarlar  tabaqasini 

shakllanishini ta`minladi. Karl Martel islohotlarida Ritsarlar (ritsar nemischa ritter 

-  suvoriy,  otliq)    ni  ta`minlash  maqsadida  ularga  ma`lum  miqdorda  qirol  yer 

fondidan  va  cherkov  yerlari  hisobidan  yer  ajratilishi  belgilangan.  Bu  davrdagi 

                                                             

15

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.63. 



16

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.47. 




 

16 


 

harbiy  benifitsiylar  hisoblanib  keyin  qo`shinning  asosiy    otliq  qo`shinlar  tashkil 

etgan. Harbiy ishning islohot qilinishi munosabati bilan Karl  Martell yer sohasida 

alohida  siyosat  yurgizdi.  Yaxshi  qurollangan  va  moddiy  jihatdan  yaxshi 

ta`minlangan  otliq  askarlar  zarur  bo`lganligi  sababli,  Karl  Martell  davlat  fondiga 

qarashli  yerlardan  (bu  fond  yangi  istilolar  va  isyon  ko`targan  zodagonlarning 

yerlarini  musodara  qilish  natijasida  kengayib  ketgan  edi)  harbiy  benefitsiylar  deb 

atalgan  yer  uchastkalari  berishni  keng  suratda  qo`lladi.  Bu  benefitsiylar  harbiy 

xizmatni  o`tash  sharti  bilan  umrbod  foydalanish  uchun  beriladigan  o`rtacha  va 

mayda  pomestelar  edi.  Shu  bilan  keyinroq  borib  paydo  bo`lgan  mayda  pomesteli 

ritsarlarning  vujudga  kelishi  uchun  asos  solindi,  bu  ritsarlar  tashkil  topayotgan 

feodallar  guruhining  juda  ko`pchiligini  tashkil  etgan  quyi  tabaqasi  edi.  Bu 

pomestelardagi  erksiz  dehqonlar  esa  mehnat  qilib,  o`z  xo`jayinlarini  — 

“urushuvchi odamlar”ni — ritsarlarni boqishga majbur edilar. 

Harbiy xizmat o`tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlardan uchastkalar berish 

bilangina  cheklanmasdan,  Karl  Martell  shu  maqsad  uchun  cherkov  yerlaridan 

qisman  foydalandi.  U  o`ziga  qarshi  ko`tarilgan  qo`zg`olonlarda  dunyoviy 

zodagonlar  bilan  birlikda  qatnashgan  yepiskop  va  abbatlarning  pomestelarini 

musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ruhoniy yer egalari ko`p edi. 

Ruhoniylardan  musodara  qilib  olingan  yerlar  ham  benefitsiylarga  aylantirildi. 

G`arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta o`tkazilgan katta sekulyarizatsiya 

edi,  ya`ni  cherkov  mulkini  tortib  olib,  dunyoviy  kishilar  qo`liga  topshirish  edi. 

Lekin  Karl  Martell  tomonidan  qilingan  sekulyarizatsiya  to`la  sekulirizatsiya  emas 

edi. Bu sekulyarizatsiya cherkov yerlarining faqat bir qismiga nisbatan qo`llanilgan 

edi.

17

 Keyinchalik Karl Martellning o`g`li Pipin Pakana musodara qilingan yerlarni 



cherkovga  qaytarib  berishga  majbur  bo`ldi,  lekin  shu  shart  bilan  qaytarib  berdiki, 

bu yerlar haqiqatda foydalanuvchilar, ya`ni ritsarlar qo`lida bo`lib, ritsarlar buning 

                                                             

17

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.64. 




 

17 


 

evaziga  hosilning  o`ndan  bir  qismini  cherkovga  alohida,  qo`shimcha  ravishda 

to`lab turishi kerak edi.

18

 



Pipin III Pakana davrida (741-768-yy) karolinglar sulolasi rasman (751-987-yy) 

hukmronlik  qila  boshlaydi.  Pipin  otasi  yuritgan  cherkov  yerlarini  musodara  qilish 

siyosatidan voz kechishga qaror qildi. Pipin III Pakana cherkov bilan yaqinlashish 

siyosati  yuritdi.  Bunga  sabab  Meroving  qirollarini  taxtdan  tushurib  o`zi  qirol 

bo`lishi  uchun  papalar  yordami  kerakligida  edi.  Va  nihoyat  o`zining  maqsadiga 

erishdi.  751-yilda  Suasson  shahrida  frank  zodagonlari  yig`ilishida  Pipin  frank 

qiroli  deb  e`lon  qilindi.

19

  Oradan  ko`p  vaqt  o`tmay,  g`arbiy  Germaniyadagi  frank 



missionerlarining  ishiga  boshchilik  qilib  turgan  Mayns  arxiyepiskopi  Bonifatsiy 

papaning  buyrug`iga  muvofiq  Pipinni  qirol  deb  tanish  marosimini  o`tkazdi. 

Shunday  qilib,  yangi  sulola  cherkovdan  o`ziga  kerakli  sanksiya(ruxsat)  olishga 

muyassar bo`ldi. 

Pipin  hukmronligi  davridagi  istilochilik  yurishlari  va  bu  yurishlarning  cherkov 

tomonidan qo`llab – quvvatlanishi feodalizmni yanada kuchayishini ta`minladi.   

Karolinglar  sulolasi  davrida  cherkov  va  yirik  yer  egalarining  dehqonlarga  zulm 

o`tkazishi  kuchaya  bordi.  VIII  asr  oxiri  va  IX  asr  boshlarida  Frank  davlatida  yer 

egaligi  munosabatlarda  yuz  bergan  inqilob  to`liq  feodal  mulkchilikning 

hukmronligini  ta`minlagan  edi.  Dehqon  yerlarni    cherkov  va  katta  yer  egalari 

tomonidan  qo`lga  olinishi  bilan  birgalikda  qo`shimcha  iqtisodiy  majburlash  

choralarining  joriy etilishi dehqonlarni battar ezar, ularni feodallarga qaram bo`lib 

qolishlariga olib kelardi. 

Katta  yer  egalari  tomonidan  yerlarni  o`zlashtirish  ayniqsa  IX  asr  boshlarida  

avjiga  olgan  edi.

20

  Karolinglar  o`zga    mamlakatlarni  bosib  olish  siyosatidan  kelib 



chiqib, ozod dehqonlardan harbiy  majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, bu bilan 

birga  cherkov  va  davlat  soliqlari,  katta  sud  jarimalari    dehqon  xo`jaliklarni 

xonavayron bo`lishiga olib kelardi. Cherkov siyosati dehqonlarni qaram bo`lishiga 

                                                             

18

 Haydarali Muhammedov. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. II qism. Toshkent, 2005. –B.20. 



19

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.49. 

20

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.68. 




 

18 


 

va ularning yerdan ayrilishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Yerlarni o`zlashtirish 

yo`lida  cherkov  ruhoniylari  dehqonlarni  nafaqat    kuch  ishlatish  va  zo`rlash  yo`li 

bilan,  balki    odamlarning  diniy  his  tuyg`ularidan  foydalanishgan.  Sen-jermen 

monastirining  IX  asrdagi  poliptigida  temirchilik,  to`quvchilik  va  boshqa 

hunarmandchilik  yo`li  bilan  ishlab  chiqarilgan  buyumlarni  monastirga  berishi 

majburiy  deyiladi.  Cherkov  ruhoniylari  xudoga  ishonuvchi  dehqonlarga  ularning 

gunohlarini  kechirish  va  narigi  dunyoda  ularni  kutayotgan  huzur-halovat  evaziga 

ulardan  cherkov  foydasiga  tortiq  bermoqlikni  talab    qilardi.  Cherkov  boyliklarni 

ko`paytirish  yo`lida  ham  aldash  ham  zo`ravonlik  choralarini  ishlatgan.  Bu  yo`lda 

cherkov ruhoniylari o`z foydasiga olingan yerlarning  hujjatlarini qalbakilashtirish 

yo`lidan ham foydalanardilar.

21

 

Eng  katta  yer  egalari  monastirlar  edi.  Parij  monastirlaridan  biri–avliyo  German 



monastirining  IX  asrda  100  mingdan  ortiq  qaram  dehqoni  bor  edi.  Shuningdek, 

dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarni shu shaklda bo`lar edilarki, 

cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok to`lab turishi yoki 

barshchina  o`tash  sharti  bilan  umrbod  foydalanishga  beradi,  bu  yer  uchastkasi 

prekariy  deb  atalardi.  VIII-IX  asrlarda  prekariy  feodal  munosobatlarni 

mustahkamlovchi  vositaga  aylandi.  Prekariy  iltimosiga  ko`ra  berilgan  yer 

ma`nosini  anglatadi.  Prekariy  katta  yer  egasi  tomonidan  kambag`al  dehqonga 

vaqtinchalik  foydalanishga  berilardi  (ba`zan  bir  necha  yil  davomida,  ba`zan 

umrbod  foydalanishga).    Ushbu  yerdan  foydalanish  evaziga  odatda  kambag`al 

dehqonlar  yer  egasiga  soliqlar  to`lashi  yoki  uning  foydasiga  qo`l  mehnatni  talab 

qiladigan obrok, barshchina majburiyatlarini  bajarishlari kerak edi.

22

 



Prekarining  bir  necha  xillari  mavjud  bo`lgan:  ba`zan  yer  vaqtinchalik  yeri 

bo`lmagan  dehqonlarga  berilar  edi.  Bunday  yerlar  “predikariyadata”  deyilgan. 

Ba`zan  kichik  yer  egasi  o`zining  yerini  katta  yer  egalarining  zug`umi  ostida 

cherkovga hadya qilardi keyin shu  yerni muayyan  vazifalarni bajarish sharti bilan 

                                                             

21

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.69. 



22

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.47. 




 

19 


 

umrbodga  qaytib  olardi.  Bunday  yerlar  esa  “prekariyaoblata”  deyilgan.

23

  Bu 


shartnomaga  asosan  ma`lum  vaqt  «prekarist»  yerdan  foydalanish  huquqidan 

maxrum  bo`lardi.    Ba`zan prekaristga  qaytib  nafaqat  o`z  yer  maydonini  shu  bilan 

birga  qo`shimcha  yer  maydoni  berilardi.  Prekariyning  bunday  ko`rinishi 

“rag`batlantiruvchi prekariy” deb atalardi va ulardan  cherkov  foydalanar edi. Bu 

usulni  cherkov  ruhoniylari  kichik  yer  foydalanuvchilarni  yerlarini  o`z    yerlariga 

qo`shib  o`zlarining  yer  maydonlarini  ko`paytirish  maqsadida  ishlatardi. 

Qo`shimcha  yerlar  ishlatilmagan  yerlarni  tashkil  qilardi  va  ularda  dehqon 

mehnatiga  muhtoj  edi.        Dehqon  yerdan  tirikchilik  qilgani  uchun  unga  tobora 

bog`lanib  qolib  oqibatda,  hattoki  o`z  shaxsiy  erkinligidan  ham  voz  kechishga 

to`g`ri  kelardi.  Prekarchilar  bir  nechta  xilga  bo`linar  edi:  katta  prekarchilar 

cherkovdan muayyan vazifalar evaziga yerlarni olgan bo`lsa-yu bajarolmasa,  katta 

miqdorda to`lovlarni yer egalariga to`lardilar va ba`zida ularning qullariga aylanar 

edilar. 

Ilk  o`rta  asrlarda  G`arbiy  Yevropada  va  karolinglar  sulolasi  hukmronligi 

yillarida  tuzilgan  prekariy  shartnomalarining  ancha  qismi  bizgacha  yetib  kelgan. 

Bunga misol qilib Sen-Gallen monastrining 838-yilgi yorlig`ini

24

 keltirish mumkin. 



Yorliqda  shunday  deyilgan:  “Muqaddas  Galla  monastrining  shavqatli  abbati 

Bernvik.  Bizning  birodarlarimiz  va  bizning  Puaton  fogtining  roziligi  bilan 

Volvinga,  biz,  hadya  sifatida  keltirgan  joyni  prekariy  sifatida  qaytarib  berishga 

qaror  qildik,  nomlari  keltirilgan  joylar  (yetti  nom  Veynfelden  va  boshqalar)  bu 

joylarda  nimaiki  bo`lsa;  uylar,  qurilishlar,  ko`llar,  o`rmonlar,  jonli  va  jonsiz 

hamma  narsalar,  ishlangan  va  ishlanmagan  yerlar,  uning  hadya  yorlig`ida  nimaiki 

bo`lsa hammasini,  ya`ni mulklarini  shunday shart bilan olsinki har  yili  chinsh  – 2 

denariy to`lasin. Uning qonuniy merosxo`ri ham agar xudodan uni olish imkoniga 

ega bo`lsa, xuddi shunday qilsin.” 

Shuningdek,  R.  Qurbongaliyeva  tomonidan  1980-yilda  chop  etilgan  “O`rta 

asrlar tarixi” o`quv-metodik qo`llanmasida VIII asrga oid Burj formulasi prekariy 

                                                             

23

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.69. 



24

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.53. 




 

20 


 

yorlig`idan  namuna  keltirilgan:  “Hurmatli  xo`jayin.  Ma`lumki,  bizga  qarashli  bu 

yerni  bizning  otamiz  egallab,  sizga  prekariy  yorlig`ini  yozgan,  buni  biz  ham 

takrorlaymiz,  qo`limiz  bilan  tasdiqlaymiz  va  itoatkorona  so`raymiz,  sizning 

diyonatingiz  shu  yerni  bizga  egallash  uchun  rozilik  bersa.  Bu  yerni  egallashimiz 

esa,  sizga  ham,  sizning  merosxo`rlaringizga  ham  hech  qanday  zarar  keltirmaydi, 

biz bu prekariy yorlig`ini sizga topshirib, va`da beramizki, agar qachondir bir vaqt, 

bu  yorliqdagi  shartga  xilof  ravishda,  sizning  tomondan  aytilgan  hamma 

xizmatlaringizni 

bajara 


olmasak, 

yoki 


sizning 

nomingizdan, 

boshqaruvchilaringizning  buyruqlarini,  yoki  bizning  egallab  turgan  yer  sizning 

mulkingiz  emas  desak,  u  holda  vijdonsiz  bosqinchilar  kabi  qonunning  hamma 

qattiq talablari bo`yicha sizga jarima to`lashga majbur bo`lamiz va siz hech qanday 

sudga  murojaat  qilmay,  bizni  u  joydan  haydab  chiqarishda  to`liq  huquqqa  ega 

bo`lasiz.” 

Birinchi  prekariyda  dehqondan  avval  o`zining  yerini  olib,  so`ng  esa  qaytarib 

berib,  undan  yerdan  va  shu  yerda  joylashgan  barcha  jonli  va  jonsiz  narsalardan 

foydalangani  uchun    chinsh–2  denariy  miqdorda  prekariy  egasiga  soliq  to`lashi 

lozimligi aytilgan. 

Keltirilgan  ikkinchi  prekariyda  esa  bundan  oldin  bu  yerdan  foydalangan 

dehqonning  o`g`li  ham  otasidan  keyin  shu  yerdan  foydalanish  uchun  prekariy 

egasidan  ruxsat  so`rayapti.  Agarda  xo`jayin  buyruqlarini  bajarmasa  xo`jayinga 

jarima to`lashga va bu yerdan ketishga roziligi ko`rsatilgan.  

 

Shunday  qilib,  prekarium  erkin  shartnoma    hisoblansa  ham,  aslida  ular 



to`g`ridan-to`g`ri  zo`ravonlik  orqali  kambag`al  dehqonlarni  og`ir  iqtisodiy 

vaziyatga  tushurish  vositasi  edi  va  ularni  o`zlari  egalik  qilgan  yerlarni  katta  yer 

egalariga  berishga  majbur  qilardi.  Bu  usul  erkin  dehqondan  qaram  dehqonga 

aylangan  oraliq ijtimoiy qatlam vujudga kelishiga olib keldi. 

Karolinglar  sulolasiga  bag`ishlangan  tarixiy  adabiyotlarda  sulola  hukmronligi 

davrida  mamlakatda  feodal  tarqoqlik  avj  olganligini  mualliflar  qayd  qilgan. 

Hujjatlarning 

ayrimlarida 

qaram 

frank 


dehqonlarning 

kommendatsiya 




 

21 


 

qaramligidagi 

dehqonlar 

deb 


atalgan 

turi 


borligini 

ham 


izohlangan. 

Kommendatsiya  muayyan  shartlar  bilan  “homiy”  foydasiga  turli  xizmatlarni 

bajarish  va  o`z  yerini  “homiy”ga  berib,  shartli  ushlab  turuvchi  shaklida  uni 

qaytarib  olish, dehqonlarning feodallar  “homiy”ligi ostiga  o`tish formalaridan biri 

bo`lib,  bu  tartib  VII-IX  asrlardan  boshlab  Yevropada  keng  yoyilgan  edi. 

Kommendatsiya qaramligidagi dehqonlar borgan sayin shaxsiy erkinligini yo`qota 

bordi.

25

  Dehqonlarning  asoratga  solishning  bu  usuli  ham  feodal  munosabatlarning 



qaror topishiga imkon beradi.  

VIII-IX  asrlarda  dehqonlar  bilan  birga  prekariy  munosobatlari  qatoriga  kichik 

“votchinliklar”  ham  qo`shilar  edi,  bular  kambag`al  dehqonlar  mehnatidan 

foydalanardilar.  

 Karolinglar  sulolasi  hukmronligi  davrida  votchina-senorialchilik  bir  davlatni 

eslatadi.  Shu  tarzda  mulk  hajmiga  feodal  iyerarxiya  yoki  vassallik  tuzish 

shakllandi.  Qancha  katta  yer  egalari  qo`lida  unga  qaram  bo`lgan  prekariy  bo`lsa 

shuncha  katta  hokimiyatga  ular  ega  bo`lardi.    Qirol  hokimiyati  bu  holatni  faqat 

kuzatib  borardi  va  katta  yer  egalari  siyosiy  hokimiyatga  ega  bo`lishiga  to`sqinlik 

qila  olmas  edi,  shu  sababli  ularni  maxsus  mukofotlar  berib,  ularni  o`z  ta`sir 

doirasida  tutib  turardi.  Mukofotlar  Merovinglar  davrida  paydo  bo`lgan,  lekin 

ularning  keng  tarqalganligi  Karolinglar  davriga  ta`alluqlidir.  Aslida  bularning 

mohiyati  shundan  iborat  ediki  katta  yer  egalariga  qirol  tomonidan  beriladigan 

imtiyozlar  ularning  yerlarida  davlat  amaldorlari  tomonidan  o`tkazilayotgan  har 

qanday  fiskal  va  politsiya  nazoratini  ta`qiqlovchi  kuchga  ega  hujjat  edi  .  Bu 

amaliyotlar  o`tkazish  huquqi  yer  egasiga  topshirilar  edi.  Bunaqa  mukofot 

immunitet deb atalar edi. Immunitet yer egasini siyosiy huquq bilan ta`minlar edi. 

Odatda  katta  yer  egalariga  beriladigan  immunitet  huquqlari  quyidagicha  edi:  u 

o`ziga  mansub  hududda  sud  hokimiyatiga  ega  bo`lar  edi;  hududidan  avval  qirol 

                                                             

25

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.33. 




 

22 


 

foydasiga  kelgan    hamma  tushumlarga  egalik  qilish;  harbiy  tuzumlariga  ega 

bo`lish.

26

  



Immunitetga  ega  bo`lgan  shaxs  o`zining  yerida  qaramga    va  ozod  shaxslarning 

fuqarolar da`volarini  va sodir bo`lgan kichik jinoyatlarni ko`rishga haqli  edi. Oliy 

jinoyat  sudi  odatda  graf  qo`lida  qolar  edi,  lekin  ba`zi  paytlarda  immunitetga  ega 

bo`lgan  shaxsga  ham  o`tar  edi.  Burjuaziya  tarixshunosligida  immunitet  qirollik 

mukofoti  sifatida    sof  yuridik  ifodasi  tarqalgan,  va  uning  egasi  markaziy 

hokimiyatning joylardagi agenti sifatida ko`rsatilgan. Shunday qilib, immun tizimi 

go`yoki qatlamlar orasida tinchlikni va tartibni saqlashga yordam beruvchi ustuvor 

tizim,  xo`jalik  ishlari  va  dehqonlarni  ekspluatatsiyasi  bilan  bog`liq  bo`lmagan 

tashkilot sifatida tasvirlangan.

27

 



Bu  tizimga  ega  bo`lgan  feodallar  sud-ma`muriy  va  fiskal  vakolatlarini 

su`istemol  qilib  odamlarni  zo`rlashda  ularni  qaram  ahvolga  solish  maqsadida 

ishlatganlar.  Immunitet  g`ayri  iqtisodiy  yo`l  bilan  majbur  qilishda  va  dehqonlarni 

krepostnoylashtirishda  o`ziga  xos  muhim  vosita    bo`lib  xizmat  qilgan.  Quyida 

Buyuk Karlning immunitet to`g`risidagi kapitulyariyasidan misol keltirilgan: 

Immunitet.Buyuk Karlning kapitulyariyasidan 803-yil.

28

 

3-bob.  Agar  kimki,  immunitet  huquqiga  qanday  bo`lmasin  zarar  keltirsa,  600 



solid hajmda jarima to`lashi shart. Agar kimki, immunitet huquqiga ega bo`lmagan 

hududda  o`g`rilik  qilsa  yoki  odam  o`ldirsa,  yoki  boshqa  biror  jinoyat  qilsa,  lekin 

immunitet huquqiga  ega bo`lgan hududda  yashirinsa, graf, yepiskopdan, abbatdan 

va  ularning  o`rinbosarlaridan  unga  jinoyatchini  topshirishni  talab  qilsin.  Agar  u 

jinoyatchini topshirishni istamasa unga qarshilik ko`rsatsa, birinchi marta 15 solid 

jarimi  to`lashga  hukm  qilinadi.  Agar  ikkinchi  marta  chaqirtirganda  ham 

topshirishni  istamasa,  30  solid  to`lashga  majbur  etiladi.Agar  uchinchi  chaqirishda 

ham  topshirishni  istamasa  unda  immunitet  huquqiga  ega  bo`lgan  hududda  uni 

saqlab  turgan  va  topshirishni  istamagan  shaxs  jinoyatchining  keltirilgan  barcha 

                                                             

26

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.70. 



27

 Удальцова З.В. История крестянства Европы. Т.,1-3. М., “Наука”. 1985. –С.34. 

28

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.56. 




 

23 


 

zararini  to`lashi  lozim.  Bunday  holda  grafning  o`zi  immunitet  hududida  istagan 

joyda  jinoyatchini  ta`qib  qilish  huquqiga  ega.  Agar  grafga  birinchi  marta  talab 

qilishdayoq, jinoyatchining immunitet hududida bo`lganligi lekin qochib ketganligi 

haqida  javob  berilsa,  immunitet    uning  qochishiga  yordam  bermadim  deb,  qasam 

ichsa unga bu ishda boshqa tanbeh bermaslik kerak. Agarda grafning kirib kelishi 

bilan immunitet hududida birortasi unga qarshilik ko`rsatishga jazm qilsa, olomon 

to`plansa,  graf  bu  haqda  qirolga  xabar  qilishi  lozim…  va  bu  yerda  immunitet 

huquqini  buzgan  kishiga  ham  olomon  to`plab  grafga  qarshilik  ko`rsatgan  kishiga 

ham 600 soliddan jarima to`lash belgilanadi.  

Immun tizimi feodallarning markaziy hokimiyatdan mustaqil siyosiy erkinligiga 

yo`l ochib berdi, va bu holat Karoling imperiyasi parchalanishiga olib keldi.

29

 

Bu  davrda  harbiy  benifitsiylar  (xayr,  saxovat)  tizimi  ham  avj  olib  bordi. 



Benifitsiy yer in`om qilish bo`lib, VIII asrning birinchi yarmida franklar davlatida 

keng  tarqalgan.  Benifitsiy  shaklida  beriladigan  yer  uchastkasi  undagi  qaram 

dehqonlar bilan birga muayyan xizmatni, ko`pincha harbiy xizmatni bajarish sharti 

bilan oluvchining umrbod foydalanishiga o`tar edi. In`om etuvchi yoki benifitsariy 

o`z  majburiyatini  bajarmagan  yoki  xo`jalikni  o`z  holiga  tashlab  qo`ygan  taqdirda 

benifitsiy mulkdorga yoki uning vorisiga qaytarilishi kerak bo`lar edi  va benifitsiy 

munosabatlarini  tiklash  uchun  qayta  in`om  etish  kerak  edi.  Nafaqat  qirol 

hokimiyati,  balki  cherkov,  shuningdek,  yirik  magnatlar  ham  yerlarni  benifitsiy 

tariqasida  taqsimlaganlarini  ko`rishimiz  mumkin.  Benifitsiy  tizimi  feodallar 

sinfining shakllanishiga, dehqonlar ommasining asoratga tushib qolishiga, vassallik 

munosabatlari  va  feodal  iyerarxiyasining  rivojlanishiga  imkon  bergan.  887-yilga 

kelib  Kersin  kapitulyariysi  yer  benifitsiylarining  nasldan-naslga  meros  bo`lib 

qolishini qonunlashtirdi. 

Benifitsiy  tartibi  Buyuk  Karl  davrida  juda  kuchaydi.  Bu  davrga  kelib  erkin 

dehqonlarning  zaiflashuvi  va  tushkunlikka  uchrashi  natijasida  dehqonlar  harbiy 

xizmatni  o`tashga  tobora  kamroq  chaqirildi.  Benifitsariylarning  ko`pchiligi  katta 

                                                             

29

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.71. 




 

24 


 

yer egalari–magnatlarga qaram edilar. Magnatlar urushga odatda sodiq kishilardan 

butun-butun otryadlar olib kelar edilar.

30

 



Ayni  zamonda  vassallik  ham  keng  joriy  etilib  bordi.  Nisbatan  yirik  bo`lmagan 

mulk egasi yirik yer egasidan o`zining  qaram bo`lganligiga majburan iqror bo`lib, 

uning  “vassal”iga aylangan. Homiylik qilgan katta  yer  egasi esa, uning “senyori” 

bo`lgan. Agar avval bunday vassallik tartibi butunlay iqtisodiy sharoit bilan bog`liq 

bo`lib, xususiy huquq akti bo`lgan bo`lsa, zamon o`tishi bilan  IX asrning ikkinchi 

yarmidanoq  vassallik  zaruriy  bo`lgan.  847-yilda  Buyuk  Karl  nabirasi  Karl 

Yaltiroqbosh  o`zining  Mersen  qarorida  har  bitta  erkin  fuqaro  o`ziga  senor 

tanlashini  buyurgan.

31

  IX  asrda  qirol  amaldori  huzurida  turgan  kishilarning  kim 



ekanligini  aniqlash  kerak  bo`lsa  odatda,  undan  uning  nomi  nima  va  senyori  kim 

deb  so`raganlar.  Shunday  qilib,  vassal  tizimi  davlatning  asosiy  qonuniy  ijtimoiy 

munosobatlar formasi deb tan olindi, va uning rivojlanishi hukmron feodal qatlami 

paydo bo`lishiga, markaziy hokimiyatning zaifalashishiga va feodallarning xususiy 

hokimiyatini kuchaytirishiga olib keldi. 

IX  asr  boshlarida  yerga  feodal  mulkchiligini  tasdiqlash  va  ro`yxatdan 

o`tkazishda  frank  davlatining  xo`jalik  tarmog`ida  jiddiy  o`zgarishlar  ro`y  berdi. 

Buni  mulk  munosabatlarining  inqilobidan  oldin  davlat  xo`jalik  tarmog`ida  asosan 

erkin dehqon jamoasi–marka hukmronlik qilgan bo`lsa, VIII asr oxirlari va IX asr 

boshlarida  feodal  votchina  va  uning  tasarrufia  bo`lgan  qaram  jamoa  uning  o`rnini 

egallay boshlaganligida ko`rishimiz mumkin. 

 Feodal yer egaligi nihoyat karolinglar davrida tashkil topdi, lekin u bir xil emas 

edi. Katta  yer egalari goh oqsuyaklar goh cherkov ruhoniylari hajmi va sifati turli 

xil  bo`lgan  yerlarga  ega  bo`lganlar.  Ularning  mulklari  orasida  xilma  xil  hajmdagi 

maydonlarda  joylashgan  o`zining  ichiga  butun  qishloqlarni  qamrab  olgan    katta 

votchinalar  ham  bo`lgan.  Ushbu  turdagi  votchinalar  asosan  Frank  davlatining 

shimoliy  hududlarida  Reyn  va  Luara  daryolari  oralag`ida  joylashgan  edi.  Lekin 

                                                             

30

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.57. 



31

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.71. 




 

25 


 

ba`zi    joylarda  asosan  janubiy  hududlarda  votchinalar  bir  qancha  kichik  qishloq 

hududlarida ekin katta qishloqning bir qismidan iborat  bo`lar edi.

32

  



Feodal  votchinasida  yer  odatda  feodal      xo`jaligiga  mansub  yer-domen  (lotin 

tilidan  dominus-xo`jayin)  va  qaram  dehqonlar  tomonidan  ishlatiladigan  yerlardan 

iborat  ekanligini  ko`rishimiz  mumkin.  Dominus  yerlari  tarkibiga–uy  va  hovli 

ba`zan hunarmandlar uylari, poliz, uzumzorlar kirar edi. Xo`jayin hovlisida odatda 

tegirmon  va  cherkov  mavjud  edi  va  xo`jayin  mulkiga  mansub  bo`lar  edi. 

Xo`jayinning  haydaladigan  yerlar,  o`tloqlar  va  uzumzorlari  qaram  dehqonlarning 

yerlari  bilan  tutashgan  holda  joylashgan  edi.  Ilgari  erkin  jamoaga–markaga 

qarashli o`rmon va yaylovlar keyinchalik feodal mulkiga aylandi. Feodal va qaram 

dehqonlarning  yerlari  tutashganligi  sababli  dehqonlar  votchina(senior  yerlari)da 

ekin  ekishlari,  hosil  olingandan  so`ng  chorvalarni  o`tloqlarda    boqishlari  zarur 

edi.

33

  



Dehqonlarga  mansub  yerlar  parchalarga  bo`linib  berilar  edi  va  ular  Frank 

davlatining g`arbida “mansa” deb, sharqiy qismida “gufalar” deb atalar edi.

34

  Har 


bir  shunday  mansda  1,5  ming  nafardan  (Sen-Bretan  abbatligi)  12,8  ming 

(Muqaddas  Vandriya)  nafargacha  qaram  dehqon  istiqomat  qilar  edi.  Har  bir 

shunday  parchaga  uy,  hovli,  poliz,  bog`,  uzumzor  va  hovliga  va    boshqa 

dehqonlarning parchalariga tutashgan dala ekinzorlar kirardi.  Shunday qilib  erkin 

dehqonlar  jamoalari,  jamoa  yerlaridan  foydalanish  tartiblari  feodal  munosabatlar 

shakllanishi  bilan  butunlay  yo`qolmadi.  Biroq  ilgari  mavjud  bo`lgan  erkin 

dehqonlar  jamoasi  qaram  dehqonlar  jamoasiga,  va  ilgari  bo`lgan  erkin  qishloq 

yig`ini  endi  qaram  dehqonlar  xo`jayin  tomonidan  tayinlangan  oqsoqol  raisligida 

o`tadigan  yig`inga  aylandi.  Qaram  dehqonlar  yerlarda  muayyan  maqsadlarga 

muvofiq, faqat xo`jayin foydasiga to`lanadigan to`lovlar uchun ishlar edilar.   

 Dehqonlar ishlaydigan votchina yerlarida odatda erkin yerlar saqlanib qolingan 

edi, bular orasiga prekariylar, cherkov ruhoniylari, vassallar yerlari kirar edi. 

                                                             

32

 История Франции, т.1 М.,1972. –С.25



 

33

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.72. 



34

 Салимов Т.Ў. Жаҳон тарихи (Европа мамлакатлари V-XV асрларда). Тошкент “Университет”,2014. –Б.44. 




 

26 


 

Karoling davridagi feodal votchinada natural xo`jalik munosabatlari hukmronlik 

qilar  edi.  Bu  munosabatlar    umumiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  past  darajasi, 

qishloq xo`jaligi  va hunarmandchilik o`rtasidagi bo`linishning  yo`qligini  anglatar 

edi. 

Karolinglar  davridagi  feodal  votchinasida  hunarmandchilik  mehnati  qishloq 



xo`jaligi  bilan  bog`liq  edi,  va  u  feodalni  asosiy  mehnat  vositalari  bilan  ta`minlab 

kelardi.  Kiyim-kechak,  poyafzal  va  boshqa  kerakli  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish 

qaram  dehqonlar  va  hovli  hunarmandlar  zimmasiga  yuklatilar  edi.  Votchinada 

ishlab chiqarilgan mahsulotlarning barchasi feodal xo`jaligini kerakli jihozlar bilan 

ta`minlashga  ishlatilar  edi,  istisno  hollarda  kam  miqdorda  mahsulotlar 

votchinaning  boshqa  ehtiyojlarini  qoplar  edi.  Karolinglar  davrida  bozorlar 

yarmarkalar va pul aylanishi mavjud bo`lgan, lekin ular votchina xo`jalik hayotida 

katta  ahamiyatga  ega  bo`lmagan.  Faqat  ortib  qolgan  mahsulotlargina  sotilar  edi, 

buning  hisobidan  jun  va  votchinada  ishlab  chiqarishning  iloji  bo`lmagan,  boshqa 

davlatlardan  olib  kelinadigan  mahsulotlar:  tuz,  vino,  qurol-aslahalar  sotilar  edi. 

Karolinglar imperiyasida alohida hududlar bilan doimiy savdo-sotiq munosabatlari 

mavjud bo`lmagan. Tashqi savdo faqat davlatning oliy tabaqa qatlamlari ehtiyojini 

qoplar edi, va umumiy iqtisodiy ahvolga uncha ta`siri sezilmasdi. 

Feodal pomestesidagi xo`jalik ishlari to`liq holda qaram dehqonlarning mehnati 

bilan bajarilardi. Dehqonlar o`zining kelib chiqishi bo`yicha uchta asosiy  guruhga 

bo`lingan  edi: kolonlar,  litlar,  va servlar.  Karoling davlatida qaram dehqonlarning 

aksariyati  kolonlardan  iborat  bo`lgan.  Ular  o`zlarining  ozodligini  saqlashgan 

bo`lishsada   o`zlarining  xo`jayinlariga  qaram    bo`lganlar,  o`zlariga  meros  sifatida 

berilgan  yerlarni  tashlab  ketishga  jur`at  qilmaganlar,  va  bu  yerlardan  olinayotgan 

daromadga    to`laligicha  egalik  qilolmaganlar.  Yerdan  ketgan  har  bir  kolon  ta`qib 

etilgan,  jazolangan.  Bu  davrda  kolonlarning  aksariyati  erkin  dehqonlarning 

avlodlaridan  tashkil  topgan  edi.  Vaqt  o`tishi  bilan  ular    o`z  shaxsiy  erkinliklarini 




 

27 


 

yo`qotib  borgan,  litlar  va  yerga  berkitilgan  qullar  bilan  qo`shilib,  krepostnoy 

dehqonlarga aylanardilar.

35

 



Votchinada  yashagan  qullar  (servlar)  ikki  guruxga  bo`linar  edi:  yersiz  qaram 

qullar,  va  yerlarda  yashaydigan  qullar.  Birinchi  guruxga    xo`jayin  mulki  sifatida 

qaralar edi, xo`jayining hovli ishlarini bajarib yurar edilar, va ularni sotish va sotib 

olish  mumkin  edi.  Ikkinchi  tabaqa  qullari  yerga  biriktirilardi  va  o`zlarning 

maqomiga  yarasha  qaram  dehqon  qatlamlariga  kirar  edi.  Ular  xo`jayindan  to`liq 

qaram  vaziyatda  bo`lganlari  bilan  kolonlardan  ajralib  turar  edilar.  Servlarning 

aksariyati  qadimgi  Rim  va  meroving  davrlarida  yashagan  qullar  va  kolonlar 

avlodlari hisoblanadi.

36

 

Kolonlar va servlar qatlami orasida lit qatlami bo`lgan, va ular katta feodal erki 



cherkov ruhoniylar himoyasida bo`lib irsiy foydalanishga  berilgan yerlarda yashar 

edilar. 


 Servlar    xo`jayin  yerlarida  haftaning  uch  kunida  og`ir  ishlarni  qilishga  majbur 

edilar. Kolonlar ham xo`jayin yerlarida mehnat qilishga (barshina) haftada soatbay 

ishlarini olib borib xo`jayin muayyan yerlarini ishlov berib undan hosil terib berish 

ishlariga tortilar edilar. 

IX  asr  boshlaridan  kolonlarning  xo`jayin  foydasiga  ishlab  beradigan 

majburiyatlari tobora oshayotganligi kuzatiladi. Hamma qaram dehqonlar xo`jayin 

foydasiga  soliq  to`lovlarini  (obrok)  to`lashga,  bundan  tashqari  natural  ko`rinishda 

bo`lgan hosil mahsulotlarni va hunarmandchilik mahsulotlarini xo`jayinga berishga 

majbur  edilar.  Ba`zan  obrok  naqd  pul  bilan  olinardi,  bir  boshdan  olinadigan 

to`lovlarni  xo`jayinga  shaxsan  qaram  bo`lgan  dehqonlar  to`lardi.  Shu  bilan  birga, 

naqd  pulda  oshiriladigan  to`lovlar  keng  tus  olmagan  edi.  Dehqonlarni  yerdan 

mahrum  etish  ularni  xo`jayinga  qaram  qilib  qo`yish  ularning  g`azabini 

qo`zg`atishga  sabab  bo`ladi    va  bunga  qarshilik  turli  shakllarga  ega  bo`lar  edi. 

Ulardan  biri  dehqonlarning  biriktirilgan  yerlardan  ommaviy  qochish  holatlari 

kuzatilardi. Ochiq dehqon qo`zg`olonlari va to`ntarishlari yo`q emas edi. 821-yilda 

                                                             

35

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.58. 



36

 Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977. – С.73. 




 

28 


 

qirol  Lyudovik    Xudojo`y  tomonidan  chiqarilgan  qarorda  dehqonlar  tomonidan 

Flandriyada tuzilgan maxfiy tashkilotlar haqida aytib o`tilgan.

37

 



Dehqonlarning  ommaviy  chiqishlarini  848-  va  866-yillarda  Maynst  yepiskop 

yerlarida,  841-842-yillarda  Saksoniya  yerlarida  ko`rishimiz  mumkin.  Ushbu 

dehqon  qo`zg`olonlari  sakson  va  frank  feodallariga  qarshi  bo`lib  ularning  shiori 

eski  feodal  tizimidan  oldingi  zamonlarga  qaytish  bo`lgan.  Natijada  dehqonlar  o`z 

maqsadlariga  erishdilar  va  xo`jayinlarni  quvib  eski  qonunlar  bo`yicha  hayotni 

boshlashgan.  Bu  qo`zg`olon  “Stelling”  deb  atalgan  va  uning  tom  ma`nosi 

«Qadimiy  qonun  bolalari»  ni  anglatgan.  Isyon  feodallar  tomonidan  katta 

qiyinchilik 

bilan 

bostirilgan. 



Dehqon 

qo`zg`olonlari 

yaxshi 

tashkillashtirilmaganligi ularning  parchalanganligi sababli mag`lub bo`lardi. Biroq 

shunga  qaramasdan  ular  feodallarni  majburiy  to`lovlarni  chegaralashtirishga 

majbur  qilardi.  Bu  chegaralashtirish  dehqonlarning  hayotini  muayyan  vaqtga 

osonlashtirardi va bu qaxri q`attiq sinf kurashishi natijasi bo`ldi. 

Karolinglar  davridagi  feodal  pomesteni  o`rganishda  Buyuk  Karlning 

“Pomestyelar  to`g`risidagi  kapitulyariy”si,  “Abbat  Irminon  poliptigi”  deb  atalgan 

hujjat va “Qirol va cherkov yerlari” ro`yxatining namunalari katta ahamiyatga ega. 

Shu  manbalarga  qarab,  biz  ilk  o`rta  asrlardagi  feodal  pomestesining  manzarasini 

ko`z oldimizga keltira olamiz. 

“Pomestelar  to`g`risidagi  kapitulyariy”  qator  olimlarning  fikricha  Buyuk  Karl 

tomonidan IX asrning boshlarida nashr etilgan. Lekin shunday fikrlar ham borki, u 

Buyuk  Karlning  o`g`li  Akvitaniya  qiroli  Lyudovik  Xudojo`y  tomonidan  tuzilgan 

deyiladi.  Pomestelar  haqidagi  kapitulyariyda  pomestelar  qirolga  qarashli  bo`lib, 

xo`jaligi  ham  to`liq  holda  qirollar  manfaatini  qondirish  uchun  qaratilganligi 

ifodalanadi.

38

 

Shu  davrga  xos  manbalardan  yana  biri  “Sen-Jermen  poliptigi”  dir.  Sen-Jermen 



poliptigi Parij yaqinidagi hozir esa Parijning o`z ichida bo`lgan Sen-Jermen de Pri 

abbatligidagi yer mulklari ro`yxati bo`lib, abbat Irminon tomonidan tuzilgan. Sen-

                                                             

37

Сказкина.С.Д. История средних веков. Т.1. М., “Высшая школа”, 1977.–С.74. 



38

 Семёнов.В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Т., «Ўқитувчи», 1973. -Б.58. 




 

29 


 

Jermen  poliptigining  ahamiyati  shundaki,  u  cherkov  pomestelari  haqida  va  o`sha 

vaqtdagi  krepostnoy  dehqonlarning  tuzulishi  haqida  to`liq  ma`lumot  beradi. 

Poliptig to`liq  ravishda  saqlanmagan, bizgacha alohida  mulklarning 25 ta ro`yxati 

yetib  kelgan.  Bu  manbaga  tayangan  holda,  biz  dehqonlarning  chek  yerlari 

(manslari)  va  ularning  egalari  tomonidan  xo`jayinga  to`langan  soliqlar  haqida 

ma’lumot  olamiz.  Manslar  rasmiy  holda:  erkin,  lit  va  qullar  mansiga  bo`lingan. 

Ularning har biridan (“erkinidan”) ham alohida soliqlar undirilgan. Hujjatdan yana 

shuni ham aniqlash mumkinki “erkin” dehqon, qulning mansini, kolon va qul esa, 

erkin  dehqon  mansini  ushlab  turishi  mumkin,  lekin  ushlab  turgan  manslarida 

qanday soliq turlarini to`lash lozim bo`lsa shuni to`lashlari zarur edi.

39

 



Karolinglar  davridan  “Qirol  va  cherkov  yerlari  ro`yxatini  namunalari”  ham 

bizning  davrimizgacha  saqlangan  bo`lib,  bunda  –  yirik  feodal  pomestelarning 

ro`yxatini  tuzib  chiqish  haqida  ko`rsatma  berilgan.  “Pomestelar  haqidagi 

kapitulyariy”,  “Qirol  va  cherkov  yerlari  ro`yxati  namunalari”  feodal  pomeste 

xo`jaligining  asosini  va  pomestedagi  boshqarish  tartibini  o`rganish  imkoniyatini 

beradi  va  Frank  davlati  hududida  “Sali  haqiqati”  davridan  buyon  iqtisodiy  va 

ijtimoiy taraqqiyotda qanday siljishlar bo`lganligini ko`rsatadi. 

 Shunday  qilib,  G`arbiy  Rim  imperiyasida  feodal  munosabatlarining  ilk 

kurtaklari  namoyon  bo`la  boshlagan  edi.  Bu  davrda  qullarga  ozgina  erkinlik 

berilgan  bo`lsada,  ularning  hayotida  jiddiy  o`zgarishlar  bo`lmadi.  Faqatgina 

atalishida  farq  bor  edi  xolos.  Xristian  dini  esa  davlat  dini  bo`lganidan  so`ng 

o`zining  faqirlarni  himoya  qilish  g`oyalaridan  voz  kechdi  va  u  ham  boy 

zodagonlarning  yonini  ola  boshladi.  G`arbiy  Rim  imperiyasining  kuchsizligidan 

foydalangan varvar qabilalari o`zlarining davlatlariga ham asos soldilar (bu haqda 

yuqorida  aytilgan).  Varvarlarning  ijtimoiy  tuzumida  katta  o`zgarishlarga  sababchi 

bo`lgan  omillardan  yana  biri  bu  G`arbiy  Rim  imperiyasining  qulashi  bo`ldi. 

G`arbiy Rim imperiyasining qulashi Yevropa xaritasida o`zgarishlar ro`y berishiga 

olib  keldi.  Varvar  qabilalaridan  bo`lgan  Merovinglar  sulolasi  asoschisi  Xlodvig 

                                                             

39

 Қурбангалиева.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., “Ўқитувчи”,1980. –Б.61. 




 

30 


 

boshchiligida  franklar  o`zlarining  davlatlarini  barpo  etdilar.  Bular  davrida 

xristianlik  keng  yoyildi,  feodal  munosabatlar    rivojlandi.  Bu  suloladan  so`ng 

hukmronlik  qilgan  Karolinglar  sulolasi  vakillari  davrida  feodal  munosabatlar 

shakllanish  davrining  eng  yuqori  pog`onasiga  ko`tarildi.  Bu  sulola  davriga  kelib 

yer  egaligining  turli  ko`rinishlari  vujudga  keldi.  Bunga  harbiy  benifitsiyni  misol 

qilib  aytishimiz  mumkin.  Yangi  tabaqalar  vujudga  keldi.  Bunga  esa  ritsarlikni 

misol  qilish  mumkin.  Yer  egalari  feodallarga  turli  imtiyozlar  berildi 

(immunitetning  berilishi).  Lekin,  bunday  imtiyozlarning  berilishi  bora-bora  bu 

davlatning parchalanishiga va yangi davlatlarning vujudga kelishiga olib keldi. 

Ilk  o`rta  asrlar  (V-XI)  G`arbiy  Yevropa  jamiyati  ijyimoiy  munosabatlarini 

o`ziga xos xususiyatlari: 

––Feodal tuzumni tashkil qilishi; 

––Feodal pomestelar vujudga kelishi; 

––Feodal tabaqalar va feodal iyerarxiyasini tashkil topishi; 

––Yevropada asosiy harbiy kuch bo`lgan katolik cherkovini yoyilishi. 

Feodalizm  o`zidanoldingi  quldorlik  tuzumiga  nisbatan  progressive  xarakterga 

ega  bo`ldi.  Feodal  ishlab  chiqarish  usulining  negizini  o`sha  davrdagi  ishlab 

chiqarishning  asosiy  vositasi  bo`lgan  yerga  feodalizm  egalik  qilishi  tashkil  etadi. 

Bu davrda jamiyat hukmron tabaqa feodallar hisoblangan. Jamiyatni asosiy  ishlab 

chiqaruvchi  kuchi  dehqonlar  hisoblanib,  feodalga  qarashli  yerda  istiqomat  qilgan. 

Dehqonni feodal mudom ekspluatatsiya qilgan. Dehqon feodalga barshchina natura 

(mahsulot),  pul  shaklida  obrok  to`lagan.  O`rta  asr  dehqoni  ishlab  chiqarishdan 

ma’lum darajada manfaatdorligi bilan qullardan farq qilardi. O`zidan  oldin  o`tgan 

quldorlik  tizimiga  qaraganda  feodalizm  iqtisodiy  tizimining  asosiy  afzalligi  ham 

shundadir;  shu  vaziyat  tufayli  yangi  feodalizm  jamiyatida  (quldorlik  jamiyatiga 

nisbatan)  ishlab  chiqarish  kuchlarini  yanada  keng  miqyosda  va  yana  tezroq 

rivojlantirish  mumkin  bo`ladi,  bu  feodal  jamiyat  zaminida  kapitalistik  tuzum 

elementlari rivojlanib bordi. 



 

31 


 

Rim  imperiyasi  inqirozidan  so`ng  g`arbiy  Yevropadagi  dastlabki  yirik 

markazlashgan  imperiyaga  franklar  asos  soldi.  Karolinglar  sulolasi  hukmronligi 

davrida katta yer egaligini o`sishi, mayda erkin dehqon xo`jaligini yuritish avj oldi. 

Buyuk  Karl  (768-814-yy)  hukmronligi  yillarida  feodal  tuzum  (prekariy,  patronat, 

kommendatsiya,  immunitet,  benifitsiy)  qaror  topayotganligi  kapitulyariylarda 

yorqin  o`z  ifodasini  topgan.  Buyuk  Karlning  “Pomestelar  to`g`risidagi 

kapitulyariy”  sida  pomestelarda  yetishtirilayotgan  mahsulotlarning  qirol  oilasi  va 

qirol saroyi ahllari ehtiyojlarini qoplashga sarflanganligi bir necha marta ta’kidlab 

o`tilgan.  Franklar  jamiyatining  feodallashuv  jarayoni  siyosiy  tuzumga  ham  ta’sir 

qilgan. 

O`zining harbiy qudratiga qaramasdan sulolaning asosiy vakili Buyuk Karl ham 

yerdor  zamindorlarga  qaram  edi.  Feodallashuv  imperiya  siyosiy  tarqoqlik  va 

pirovardida, siyosiy jihatdan mayda qismlarga bolinib ketishiga olib keldi. 




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish