O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/228
Sana01.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#284627
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   228
Bog'liq
ifodali oqish

 
NASRIY ASARLARNI BADIIY O’QISh 
Nasriy asarlarni badiiy o’qishga tayyorlash boshqa turdagi matnlar badiiyo’qishga nisbatan 
kam  e'tibor  beriladi.  Maktab  hayotida  nasriy  asarlarni  sinfda  o’qish  boshlang’ich  sinflarda  olib 
boriladi.  To’g’ri,  bu  sinflarda  oddiy  o’qish,  nfodali  o’qish,  sharhli  o’qish  amalga  oshirilmasa-da, 
hali o’quvchilarda badiiy o’qish ko’nikmasi hosil bo’lmaydi. 
Boshlang’ich  sinflarda  o’qituvchi  badiiy  o’qish  namunasini  darsda  ko’rsata  olishi,  ayrim 
talantli  o’quvchilarning  o’qishdagi  muvaffaqiyatini  ibrat  qilib  ko’rsatish  orqali  o’quvchilarning 
badiiy o’qishga bo’lgan rag’batini kuchaytiradi. 
Yuqori sinflarda esa matn ustida ishlash darslarida, badiiy o’qish darslarida nasriy asarlarni 
ham o’qishga e'tibor berish zarur. Adabiy kechalarda, turli yig’ilishlarda nasriy asar matnlari badiiy 
o’qishga tayyorlanganda g’oyaviy-badiiy yuksak asarlar matnlari tanlanishi zarur. 
Oliy o’quv  yurtlarida ham nasriy asarlarni bo’lajak muallim badiiy o’qish darajasida o’qiy 
olishga  erishishi  zarur.  Oliy  o’quv  yurtida  talaba  nasriy  matnni  qanday  tayyorlashga  misol 
                                                           
1
 Hamza. Saylanma, II jild, Toshkеnt, G’G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979 29-30 bеtlar 


 
99 
ko’raylik.  Boshqa  turlarda  bo’lgani  singari  talaba  o’ziga  yoqqan,  qalbiga  ta'sir  qilgan  matndan 
parchani daftariga ko’chirib yozadi. 
Masalan, O’.Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asaridagi quyidagi parchani olaylik. 
«Bahor/ devorlarning oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. / Bahor / ariqlarning ko’ngay 
sohillaridan  boshlanmaydi.  /  Bahor  /  qabristondan  boshlanadi.  To’ng’ich  chuchmomalar  /  eng 
avval,  /  sukutga  cho’mgan  qabriston  ustida  /  ma'yus  qo’ng’irog’ini  chaladi.    Bag’ri  qon 
qizg’aldoqlar  /  Birinchi  bo’lib  mana  shu  yerda  ochiladi.  Kim  bilsin/  Tabiat  marhumlar  ruhiga 
yilda bir marta ko’rsatadigan marhamati /, ehtimol / shudir. Cho’g’dek lovullagan qizg’aldoqlar, / 
saf  tortgan  gulsafsarlar  orasida  marmar  toshlar  ko’rinadi  /  Oqmarmar,  /  ko’k  marmar,  /  qora 
marmar...  //  «Onajon  /,  sizni  toabad  unutmaymiz»  /,  «Onajon  /  qildingiz  bizga  jon  fido/E  voh, 
taqdir sizdan ayladi judo» / «Onajon, / xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi...» //  
Bu  so’zlarning  har  bitta  harfiga  /  qanchadan-qancha  /  ko’z  yoshi  tomganini  bilaman  / 
Ehtimol  /  bular  inson  bolasining  hayotda  aytgan  eng  rost  so’zlaridir.  /  Faqat...  /  Har  gal  ularni 
o’qiganda  /  bir  narsani  o’ylayman.  /  Mana  shu  so’zlarni  yurak-yurakdan  iztirob  bilan  aytgan 
farzand / onasi hayotligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan? / Xotiningga qimmatbaho po’stin olib 
berayotganida / onasiga bir kiyimlik ko’ylak qo’shib olish / yodidan chiqmadimikan? / O’z uyini 
chet el mebeli bilan to’ldirib qo’yganida / onasiga aqalli bo’yradekkina gilamcha / sovg’a qilishni 
unutmadimikan? 
Mabodo/tabiat  marhumlarga  qayta  jon  ato  qilsayu/  onalar  tirilib  qolsaG`hayot  paytida 
mehr berganmi?/ bermaganmi / - baribir / farzandini maqtab gapirgan bo’lardi...// 
Qabr  ustida  qo’ng’iroq  chalgan  chuchmomalar,  /  lovullab  yongan  lolaqizg’aldoqlar  / 
onalarning 
farzandini 
yupatish 
uchun 
/takdim 
etgan 
che- 
chaklari bo’lsa ajab emas»...// 
Matnni  yodlashdan  oldin  fonetik urg’u,  mantiqiy  urg’u,  pauzalar  o’rnini  belgilab  olinadi. 
Yuqoridagi belgilangan talablar asosida matn yod olinadi. Matnni o’qishda ovoz o’rtacha beriladi. 
Mantiqiy  urg’u  olgan  so’zlarda  ovozni  tebrantirish  matn  mazmunidagi  mungni  yanada 
bo’rttirishga imkon beradi. Ayniqsa, qabr toshlariga yozilgan matnlarni o’qishda intonatsiya katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Matnga  e'tibor  berilsa,  ikkinchi  abzatsda  fikrlar  to’qnashadigan  o’rinlar  bor.  «Xotini  — 
onasi»,  «o’z  uy  —  ona  uyi»  kabi.  Ana  shu  abzats  o’qilayotganda,  o’rtadagi  pauzagacha  ovoz 
balandroq,  temp  esa  tezroq  beriladi.  Pauzadan  so’ng  esa  ovoz  ham,  temp  ham  sekinlanib,  ovoz 
tebranishiga alohida ahamiyat beriladi. 
Ovoz balandroq, tem tezroq.  
 
 
Ovoz ham, temp ham pastlaydi.  
Xotiniga qimmatbaho po’stin     Pauza        Onasiga bir kiyimlik ko’ylak 
olib berayotganida 
 
 
 
qo’shib olish yodidan chiqmadimikan? 
Matnni  o’qishda  yuz,  ko’zda  ma'yus  ifoda  beriladi.  Yuqoridagi  kabi  qiyosiy  fikrlar 
berilayotganda yuz-ko’zda alam, iztirob ifodasi beriladi. 
Kulliyotimizda  o’tkazilgan  adabiy  kechalarda  A.Qodiriyning  «O’tgan  kunlar»  romanidagi 
Qumush maktublari, Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi Gulnor o’g’irlangan kechadagi Yo’lchi 
holati  tasviri,  P.Qodirovning  «Bobur»  romanidagi  shoirning  o’limi  tasviri  kabi  matnlar  katta 
muvaffaqiyat bilan o’qilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
100 
 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish