Odatda iste`molchi hatti-harakati quyidagilar bilan izohlanadi:
Foydali, oqilona hatti-harakat, ya`ni o`z daromadidan ko`radigan naflilikni oshirish. Iste`molchining tovar afzalligini ajratishda o`rtacha tipdagi iste`mol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan aniq-ravshan fikrga ega bo`ladi deb hisoblashimiz mumkin.
Odamlarning moddiy ne`matlarga bo`lgan cheksiz ehtiyojlari va ularni ishlab chiqarish uchun cheklangan resurslarning pozitsiyasi zamonaviy iqtisodiy nazariyada eng asosiy hisoblanadi. Biroq, bu barcha turdagi iqtisodiy foydalar uchun ehtiyojlarni qondirish mumkin emasligini anglatmaydi.
Rivojlanagan mamlakatlarda odamlarning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlari to`liq qondiriladi. Bu aholining real samarali talabining o`sishida, aholi jon boshiga o`rtacha oziq-ovqat istemolining ko`payishida namoyon bo`ladi. Shuni ta`kidlash kerakki, alohida mamlakatlarda talab hajmi haqiqiy iste`mol hajmi bilan mos kelmasligi va ehtiyojlarning bajarilishi to`g`risida tasavvur bermasligi mumkin.
Rejalashtirilgan (sotsialistik) iqtisodiyotda iste`mol hajmi tovarlar ye-tishmovchiligi sababli hajmdan sezilarli darajada past bo`lgan. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida iste`mol hajmi doimo talab hajmiga to`g`ri keladi, chunki samarali talab to`liq qondiriladi. Biroq, na rejali, na bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning ehtiyojlarini qondirish darajasi talabni qondirish darajasi bilan baholanishi mumkin emas. Rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida talab qondirilmadi, biroq jon boshiga iste`mol hajmi va bir qator sotsialistik mamlakatlarda ehtiyojlarni qondirish darajasi nisbatan yuqori bo`lgan. Va, aksincha zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida barcha oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab to`liq qondiriladi, ammo iste`mol hajmi vas hu sabali ehtiyojlarni qondirish darajasi ancha past.
Erkin narxlanish tufayli, ta`rifi bo`yicha defitsitsiz bo`lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bu boshqa masala. Mahsulotlar cheklangan miqdordagi ta`minot sharoitida ham talabning o`sishi defitsitni keltirib chiqarmaydi – bu narxning ko`tarilishi bilan darhol kesiladi va tovarlar hali ham ‘’mo`l – ko`l’’.
Iste`molchi hulqi chegaraviy foydalilik va farqsizlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi.
Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste`mol qilishning bir birlikka o`sishida tovar umumiy foydaliligining o`sishi tushiniladi. Shu bilan bir qatorda iste`mol qilinayotgan Tovar miqdori o`sib borishi bilan, har bir qo`shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi kamayib boradi.
Tovarlarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurslarni sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma`lum narxga ega bo`ladi. Daromadi cheklangan haridor cheklangan miqdorda tovar harid qiladi. Shuning uchun muqobil mahsulotlar orasidan o`z ehtiyojlarini maqbul tarzda qondiradigan tovarlarni tanlab olish zarur bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |