O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“Gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu:_____________________________________________________
Bajardi: __ kurs ___ guruh “____________________” yo`nalishi talabasi
___________________________________________
Tekshirdi: _____________________
Reyting ball: ____
Andijon 2021
Mavzu: Bozor iqtisodiyoti: mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi
Reja:
Kirish
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari
2. Bozor iqtisodiyotining doimiy muammolari va ularning xal qilinish yo`llari
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar iste`moli va ularning aylanishi
4. Bozor va uning vazifalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Mustaqil O`zbekiston bozor iqtisodiyoti tomon shahdam qadam qo`ymoqda. O`tkazilayotgan bozor islohotlari iqtisodiy taraqqiyotda yangi davr ochadi. Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti – kelajakdagi demokratik, huquqiy va adolatli jamiyat uchun poydevor bo`lib xizmat qiladi. Islohotlar insonlar ongi va ruhiyatida ham o`zgarish yasamoqda. Ular orasida yangicha fikrlash, bozor iqtisodiyotini idrok etish va uning talablari ishlash va yashashga intilish qaror topmoqda. Boqimandalik ruhiyati o`rnini ishchanlik ruhiyati egallamoqda. Bularning hammasi iqtisodiy bilimlarga qiziqishni kuchaytirmoqda. Biz yoshlarni malakali mutaxassis sohibi sifatida iqtisodiyotning qonun-qoidalari va sir-asrorlarini bilishga o`rgatishdir. ‘’Iqtisodiyot nazariyasi’’ fani fundamental fan bo`-lib, iqtisodiy hayotning mohiyati, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish qonunlari va ulardan foydalanish yo`llarini o`rgatadi.
Bu kurs ishida biz bozor iqtisodiyotiga kirib kelayotganimizni, bu sharoitda yashashimiz, faoliyat ko`rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo`lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, tushunchalarini, ularning bizning sharoitda qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganini batafsilroq yoritishga harakat qildim. Ya`ni iqtisodiy jarayonlarni yuzaki, ko`rinib turgan tomonlari emas balki ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog`lanishlar-ga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida e`tibor berishga harakat qildim.
Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik masalalardan biri, bu shak shubhasiz, odamlarning bitmas tuganmas ehtiyojlarini qondirishdir.
Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli hildagi insonlarning iste`moli uchun kerak bo`ladigan mahsulotlarni tayyorlashga bo`lgan talab ortib bormoqda. Shu jumladan bizning davlatimiz O`zbekistonda ham bu borada ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda dunyo aholisi soni 7 yarim millardan oshgan va bu ko`rsatkich kundan-kunga oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |