Burchak to‘pi va yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish. To‘p darvozabon
yoki himoyachiga tegib maydondan chiqib ketsa burchakdan to‘pni tepib o‘yin
kiritiladi. Burchak to‘pi tepganda to‘p darvozaga kirsa gol hisoblanadi.
Yon chiziqdan to‘pni tashlab o‘yinga kiritish maydon o‘yinchilari qo‘lda
o‘ynaydigan yagona usul bo‘lib, to‘p raqib jamoa o‘yinchisi oyog‘idan maydonni tark
etganda qo‘llaniladi. To‘pni tashlash vaqtida maydon ichiga kirish, oyoqni ko‘tarish
yoki sakrash man etiladi. SHunday holat ro‘y bersa to‘p, raqib jamoaga beriladi.
To‘pni tashlagandan so‘ng to‘pni tashlagan o‘yinchi to‘pni sherigi yoki raqibdan
qaytgandan so‘ng o‘ynashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |