IV.BOB. XORAZM VOHASI TANGACHAQANOTLILARNING TUR TARKIBI
-
Xorazm vohasi odimchi kapalaklari(Lepidoptera,) turkumining turlarining taksonomik sharhi
Katta olam:Eucaryota =Eukariotlar yoki yadroga ega organizmlar
Olam : Animalia, Zoobiota = Hayvonot
Kenja olam :Eumetazoa = Haqiqiy ko’p xujayrali organizmlar
Bo’lim: Bilateria = Ikki tomonlama simmetriyali
Kenja bo’lim:Protostomia = Birlamchi og’izlilar
Ust tip: Polymera = Ko’p segmentlilar
Tip: Arthropoda – Bo’g’imoyoqlilar
Kenja tip: Tracheata –Traxeyalilar
Sinf: Insecta– Hasharotlar
Turkum: Lepidoptera – Tangachaqanotlilar
Hasharotlar 2 mln dan ortiq turlarni o’ziga birlashtirgan hayvonlar bo’lib, yer yuzining barcha xududlari bo’ylab keng tarqalgan. Bular orasida tangachaqanotlilar turkumiga (Lepidoptera, Insecta) mansub hasharotlar tur sonining ko’pligi bilan ajralib turadi. Bulardan Xorazm vohasida bir qancha oilalar mavjud. Jumladan odimchilar (Geometridae) – tangachaqanotlilar turkumining eng katta oilalaridan biri bo’lib, yer yuzida ularning 15 mingga yaqin turi aniqlangan. MDH hududida odimchi kapalaklarining 1,5 ming turi tarqalgan. Bu oilaga mansub kapalaklarning tanasi ixcham, xartumchalari taraqqiy etgan, qanotlari keng, ingichka, kapalak tinch turganida yassilanib yotadi, qanot sathida ko’pincha bir necha qator ko’ndalang yo’llari bor, ilgakchasi taraqqiy etgan, orqa qanotlarida hammasi bo’lib 7-8 uzunasiga joylashgan tomirlari bor. Bu tomirlardan kostal tomiri yaxshi rivojlangan. Qurtlarining kattaligi har-xil turlarida turlicha bo’lib, 10 mm dan 80 mm gacha uzunlikda bo’ladi. Qorin oyoqlari 2 juft bo’lib, 6 va 10-qorin bo’g’imlarida rivojlangan. Faqat ayrim turlarida 5-qorin bo’g’imida ham 1 juft oyog’i bo’ladi. Tanasining ustki tomoni yalang’och, siyrak holda joylashgan qilchalar mavjud, ammo murakkab shakldagi bo’rtma va bo’rtiqchalari ko’p bo’ladi. Qurtlarining harakatlanishi o’ziga xos bo’lib “odim tashlab” o’rmalaydi, natijada boshqa kapalak qurtlariga nisbatan tezroq yuradi. SHu sababli ularga odimchi kapalaklari deb berilgan. Bularda harakatsiz holat-kriptizm taraqqiy etgan. Po’stloqda harakatsiz turgan kapalakni sezish qiyin, qurtlari esa ko’pincha shox-shabbaga faqat orqa oyoqlari bilan o’rnashib, biroz og’ib tik tura oladi, shunga ko’ra uning tashqi ko’rinishi xuddi quruq cho’pga o’xshab ketadi. Odimchi kapalaklari asosan kun botish davrida, ba’zan tungi vaqtlarda uchishadi. Faqat ayrim turlarigina kunduz kuni uchib yurishadi. Ko’pchilik turlari daraxt va butalarda yashaydi. SHu tufayli ularda daraxtlarda yashashga moslashgan belgilar juda ko’plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |