II BOB. Qiymat qonuni
Jamiyat azolarining istemol talablarini va ijtimoiy ishlab chiqarish zarur bolgan ishlab chiqarish istemolini qondiradigan mahsulotlar va korsatiladigan xizmatlar malum bir qiymatga ega boladi. Ularning qiymati mehnat bilan ifodalanadi.
Mehnat sarflari jonli va buyumlashgan mehnatga bolinadi. Jonli mehnat inson mehnati va uning tadbirkorlik mohirligidir. Inson qanchalik ishlab chiqarishni mohirlik bilan olib borsa, u ishlab chiqarayotgan mahsulot tovar shunchalik kam harajatli boladi. Ishchi kuchining qiymati ishchining va uning oila azolarining tirikchilik nematlarining yigindisidan iborat boladi.
Ishchi kuchi maxsus tovar, uning mehnat qilish qobiliyatlarini undan ajratib olish mumkin emas. Shuning uchun ham ishchi kuchi tovar hisoblanadi. Ishchining qiymati uning mehnat qilish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga bogliq. Bu omillarni osishi ishchi kuchi qiymatini pasayib borishiga olib keladi, chunki unga talab pasayadi.
Ishchi kuchi qiymatiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, uning madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari, ish kuchining bilim olish darajalari, kaspiy mahoratlari ishchi kuchini sugurta qilish darajalari ham tasir etadi.
Buyumlashgan mehnat ishlab chiqarish qurollarida va xom ashyolarda ifodalanadi. Albatta, ularning qiymati qanchalik arzon bolsa yoki mehnat unumdorligi yuqori bolsa, buyumlashgan mehnat sarfi shunchalik kam bolishi va tovar qiymati arzon bolishi mumkin. Demak, tovar qiymati olchovi mezoni mehnat ekan.
Qiymat bu tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat sarfidir. Tovar ishlab chiqarishda sarf etilgan mehnat zaruriy mehnatga va qoshimcha mehnatga bolinadi. Sababi ishchining ish vaqti ham zaruriy va qoshimcha ish vaqtiga bolinadi. Zaruriy ish vaqtida inson oz mehnati bilan ozining qiymatini, yani zaruriy mehnatiga teng bolgan qiymatni yaratadi. Bu qiymat ish kuchi qiymatini ifoda etadi.
Qoshimcha ish vaqtida esa qoshimcha mehnat sarfi bilan qoshimcha mahsulot ishlab chiqaradi. Bu mahsulot qoshimcha qiymat, sof foyda tariqasida ish beruvchi tomonidan ozlashtiriladi. Ammo tovar qiymati yakka tartibda sarf qilingan mehnat miqdori bilan emas, balki bir turdagi tovarlarning miqdorini ishlab chiqarish uchun sarf etilgan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan olchanadi.
Ijtimoiy zaruriy mehnat bilan tovar qiymatining belgilanishi ishlab chiqarish jarayonining osishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham ijtimoiy zaruriy mehnat ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan olchanadi.
Lekin har bir ishlab chiqaruvchining malum bir tovar miqdorini ishlab chiqarishga sarf etgan mehnati yakka tartibdagi sarf etilgan zaruriy ish vaqtini tashkil etadi. Faqatgina ijtimoiy zaruriy ish vaqti tovar qiymatini belgilaydi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti jamiyat ehtiyojini qondirish uchun kerak bolgan vaqtdir. Shu sababli bu vaqtni anglatuvchi qiymatini bozor tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |