MUSTAQIL TA’LIM MAZMUNI
Tinglovchi mustaqil ishni muayyan modullar xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanib bajaradi:
Mutaxassislik fani bo‘yicha mashg‘ulotlar mazmuniga bog‘liq holda reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy test topshiriqlarini tayyorlash.
Mutaxassislik bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmalarini loyihalash va mavzu mazmuniga mos holda ijodiy topshiriqlar ishlab chiqish.
Mustaqil ish mazmuni va shakli yo‘nalish tarkibidagi modullar xususiyatlarini hisobga olgan holda kengaytirilishi va o‘zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |