O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh BOSh ILMIY - METODIK MARKAZI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TARMOQ MARKAZI
Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun
“PEDAGOGIK KVALIMETRIYa”
moduli bo‘yicha
O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A
Toshkent - 2016
1
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
|
Nizomiy nomli TDPU, p.f.d., dost. J.Tolipova,
katta o‘qituvchi A.B.To‘raev
|
Taqrizchi: Geydelberg pedagogika universiteti (Germaniya), professor. Hans-Werner Huneke.
O‘quv-uslubiy majmua TDPU Kengashining 2016 yil 29 avgustdagi 1/3.8- sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
IShChI DASTUR 4
MODULNI O‘QITIShDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI 10
NAZARIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 23
AMALIY MAShG‘ULOT MATERIALLARI 81
KEYSLAR BANKI 141
MUSTAQIL TA’LIM MAZMUNI 145
GLASSARIY 149
ADABIYoTLAR RO‘YXATI 152
IShChI DASTUR Kirish
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini mazmunan yangilash, axborotlar globallashgan bir davrda mazkur ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizastiyalash, mazkur jarayonga innovastion texnologiyalarni qo‘llashga oid metodik bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizastiyalash, maqsadga muvofiq tashkil etishga zamin tayyorlaydigan o‘quv-metodik majmua, elektron darsliklar, nostandart adaptiv testlar banki, o‘quv kurslari bo‘yicha silabus yaratish orqali talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va yangilash, ularni davlat talablari va jahon ta’lim standartlari darajasiga ko‘tarish islohotlar davrining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni e’tiborga olgan holda professor-o‘qituvchilar ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga bog‘liq innovastion ta’lim texnologiyalarini tanlash, mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalash, ularda belgilangan o‘quv maqsadlarni amalda qo‘llay olishi, talabalarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlariga asosan talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil eta olishi lozim.
Pedagogik kvalimetriya fanlar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan innovastion texnologiyalarga asoslangan mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalashga o‘rgatish dasturning asosiy maqsadini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |