O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,78 Mb.
bet60/106
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#287448
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
KL-Pedagogik-kvalimetriya — копия

BILIMLARNING TURLARI






Bilimlarning

turlari

Mazmuni va mohiyati

Test topshirig‘ining

qiyinlik darajasi

1.

Nom va ismlar haqidagi bilimlar

O‘quv kursi mazmunidagi buyuk shaxslarning ismlari, manba, joylar predmet va jismlarning

aniq nomlari



Reproduktiv daraja

2.

Nom va ismlarning mazmuni haqidagi bilimlar

O‘quv kursi mazmunidagi buyuk shaxslarning ismlari, manba, joylar predmet va jismlarning aniq nomlarining

ma’nosini anglash



Reproduktiv daraja

3.

Faktik bilimlar

Faktik bilimlar o‘quv kursi mazmunidagi nazariyani boyitish va to‘ldirish maqsadida

beriladi.



Reproduktiv daraja

4.

Ta’riflar

Ta’riflarni yodlash emas, balki uning mazmun-mohiyatini anglash, nazariy tayyorgarlik darajasini

aniqlash uchun zarur



Produktiv daraja

5.

Taqqoslash va

qiyoslashga doir bilimlar



O‘quv kursi mazmuniga binoan, ob’ektlarni taqqoslash, o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, umumlashtirish orqali optimal variantni

tanlash


Produktiv daraja Qisman-izlanishli

6.

Bir-birini inkor etish va ziddiyatli bilimlar

O‘quv kursi mazmunidagi muayyan g‘oya va gipotezalarning inkor etilishi, ziddiyatlarni bartaraf etib, umumiy xulosa yasash imkonini

beradi


Produktiv daraja Qisman-izlanishli Kreativ daraja

7.

Assostiativ bilimlar

Muammoli vaziyatlarni hal etish orqali ijodiy fikr yuritish, ijodiy faoliyat tajribalarini

egallash


Qisman-izlanishli Kreativ daraja

8.

Klassifikastiyaga

doir bilimlar



Mazkur bilimlar

umumlashgan, tizimli



Produktiv daraja

Qisman-izlanishli









bilimlarni egallash imkonini beradi. Tizimli bilimlar o‘quv kursining asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini to‘g‘ri talqin qilish imkonini

beradi.


Kreativ daraja

9.

Sabab-oqibat munosabatlari haqi- dagi bilimlar

Talabalar tomonidan voqea va hodisalarning kelib chiqish

sabablari,oqibatlari

haqida fikr yuritish imkonini beradi.


Produktiv daraja Qisman-izlanishli Kreativ daraja

10.

Jarayon, algoritmik bilimlar

Ko‘nikma va malakalarni

aniqlash imkonini beradi.



Produktiv daraja Qisman-izlanishli

11.

Texnologik bilimlar

Ishlab chiqarish, pedago- gik jarayonlarni texno- logiyalashtirishga oid bilimlar va algoritm- larni aniqlash imkoni-

ni beradi.



Produktiv daraja Qisman-izlanishli Kreativ daraja

12.

Ehtimollikka asoslangan bilimlar

O‘quv kursi mazmunidagi gipoteza va nazariyalar- ni isbotlash orqali ijodiy fikr yuritish, ijodiy faoliyat tajri-

balarini egallash



Produktiv daraja Qisman-izlanishli Kreativ daraja

13.

Abstrakt bilimlar

Ideallashtirilgan yoki muayyan darajada qabul qilingan tushunchalar va ob’ektlar haqidagi

bilimlar


Produktiv daraja Qisman-izlanishli Kreativ daraja

14.

Metodologik bilimlar

Bilimlarni o‘zlashti- rish jarayoni, faoliyatni samarali tashkil etish, atrof-muhit va ijti-

moiy sharoitni o‘zgarti-



Reproduktiv Produktiv

Qisman-izlanishli Kreativ daraja







rish metodlari haqidagi

bilimlar






Testologiya fani atamalarining izohlari

Test topshirig‘i-o‘quv kursini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan o‘quv maqsadlari asosida muayyan ko‘rinishda shakllantirilgan, talabalar uchun bir xil sharoitda o‘tkaziladigan, amaliyotga joriy etish natijasini sifat va miqdor jihatdan tahlil va tavsif qilish imkonini beradigan, sinaluvchining o‘quv kursini o‘zlashtirganlik darajasi to‘g‘risida aniq xulosa chiqarish imkonini beradigan didaktik vosita.

Adaptiv test-talabalarning o‘quv kurslari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kompyuterda o‘tkazishga mo‘ljallangan test topshiriqlari bo‘lib, ularga tavofutlab yondoshish imkonini beradi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘quv kursi materiallari bo‘yicha qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan test topshiriqlari bankini yaratishi, uni kompyuter xotirasiga joylashtirishi lozim. Test topshiriqlari sinovi jarayonida testlar ekranda ketma-ket namoyon bo‘lib, dastlab reproduktiv, produktiv, talabalarning tayyorgarlik darajasiga muvofiq (standart talablari nazarda tutilmoqda), qiyinchilik darajasi qisman-izlanish va kreativ bo‘lgan topshiriqlar beriladi. Ushbu test topshirig‘i talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda ma’lum aniqlikdagi natijani beradi.

Test topshirig‘ining alternativ shakllari-o‘quv kursi bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida turli (ochiq, yopiq) shaklda, qiyinchilik darajasi ortib boruvchi test topshiriqlari variantlari hisoblanadi. Agar alternativ shakllari validligi yuqori bo‘lsa, test sinovidan olingan natijalar test topshiriqlarining qaysi variantidan foydalanishga bog‘liq bo‘lmaydi. O‘qituvchi test topshiriqlarining variantlarini shakllantirishda ularning miqdor va mazmun jihatdan teng qiymatli bo‘lishiga e’tibor qaratishi zarur.

Test topshiriqlarini aprobastiyadan o‘tkazish-o‘quv kursi bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida tuzilgan test topshiriqlari amaliyotga qo‘llashdan oldin muayyan guruhlarda aprobastiyadan o‘tkazish, ularni amaliyotda qo‘llash uchun zaruriy shart sanaladi. Aprobastiya olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilinishi, talabalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan tipik kamchiliklarning oldini olish chora- tadbirlarini belgilash, maboda test topshiriqlarining javoblarida xatoliklar bo‘lsa, ularni bartaraf etish imkoniyatini beradi.

O‘quv kursi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish- o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan kurs bo‘yicha boblar va mavzular bo‘yicha avval savollar to‘plami va ularning javoblari, keyin savol va javoblarni bob va mavzular bo‘yicha raqamlab chiqishi, ushbu raqamlar asosida test topshirig‘i va ularning pasportini shakllantirishi lozim. Ushbu materiallar majmuasi ma’lumotlar bazasini tashkil etib va o‘quv kursi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmuaning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. O‘qituvchi ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan test topshiriqlarini saralab, ularni joriy, oraliq va yakuniy nazoratda foydalanish maqsadida guruhlaydi.

O‘quv kursi bo‘yicha test topshiriqlari banki-bitta o‘quv kursi bo‘yicha turli mualliflar tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlari o‘quv maqsadlarga muvofiq, umumiy tartibga solingan, aprobastiyadan o‘tkazilgan, qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan test topshiriqlari majmuasi bo‘lib, talabalarning tayyorgarlik darajasini ob’ektiv nazorat qilish va aniqlash imkonini beradigan didaktik vosita.

Test topshirig‘ining validligi-ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv maqsadlari asosida tuzilgan test topshirig‘i shu maqsadni haqqoniy aniqlay olishi, testni amaliyotga joriy etish orqali olingan natijalarning ishonchliligini belgilovchi tavsif, ya’ni test topshirig‘i mazmuni va shakli jihatdan testni o‘tkazish maqsadlari va sinalayotgan o‘quv materiali mazmuniga muvofiq kelishi tushuniladi. Shuni qayd etish kerakki, talabalar tomonidan test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarilishi, ularning muayyan o‘quv materialini talab darajasida o‘zlashtirganlik ehtimoli yuqori ekanligidan dalolat berishi lozim. Test topshirig‘ining validligi yuqori bo‘lsa, test sinovidan olingan natijalar asosli va ularni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Test topshirig‘ining konstruktiv validligi-ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini o‘lchaydigan, aniqlaydigan xususiyatlarning realligi va nazariy jihatdan tushunilishi mumkin bo‘lgan ishonchlilik ko‘rsatkichi.

Testologiyaning rivojlanish tarixi-respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalish ekanligi qayd etilib, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini orttirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri, oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘yilishi sanaladi. Dastlab jahonning rivojlangan mamlakatlarining bu sohadagi ilg‘or tajribalari o‘rganildi va 1992-93 o‘quv yilida mamlakatimizning 19 ta oliy ta’lim muassasalariga qabul tajriba sifatida test sinovlari asosida qabul qilindi. Mazkur jarayonning samaradorligi yuqori bo‘lganligini e’tirof etgan

holda 1993/94 o‘quv yilida ushbu tajriba barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi.

1996-1997 o‘quv yilidan boshlab ko‘p variantli test topshiriqlari joriy etildi va ushbu jarayonning samaradorligiga erishildi.

Testologiyaning rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi munosib hissa qo‘shgan.

Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni individual tarzda, ya’ni har bir abiturient uchun alohida test kitobchalarining tavsiya etilishi, olingan natijalarning sifat va miqdor jihatdan tahlil etilishi, asosli xulosalar chiqarilishi, har bir o‘quv fani bo‘yicha qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularning aniqlanishi, uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatini yaratdi.

Testologiyaning prinstiplari va metodlari hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.

Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: testlar tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, validlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test topshiriqlarini tuzish metodikasi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.

Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:



  • Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;

  • Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;

  • Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi.

  • Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o‘tkazishga zamin tayyorlashi kabilar zamin yaratgan.

Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o‘tkazish, olingan natijalar va baholashning ob’ektivligi tahlil qilinishi lozim.

Shuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida berilishi lozim.

Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni talabalarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondoshuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligi va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan innovastion texnologiyalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha talabalarning shu kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish