O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Pedagogik kvalimetriya metodlari va ularning turlari, ulardan foydalanish istiqbollari va muammolari



Download 1,78 Mb.
bet33/106
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#287448
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
KL-Pedagogik-kvalimetriya — копия

Pedagogik kvalimetriya metodlari va ularning turlari, ulardan foydalanish istiqbollari va muammolari.


Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya yutuqlaridan juda keng miqyosda foydalanish istiqbollari mavjud. Jumladan, pedagogik faoliyatda talabalarning ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan talablar asosida bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetenstiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning ehtiyojlari va o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash va olingan natijalarga muvofiq ularga nisbatan individual yondoshuvni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;

Pedagogik kvalimetriya jarayonini qo‘llashda quyidagi mantiqiy yondoshuvlar mavjud:



  1. Pedagogik kvalimetrik jarayonni deduktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etish;

  2. Pedagogik kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etish;

Pedagogik kvalimetrik jarayonni deduktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga oliy ta’lim muassasalarini attestastiyadan o‘tkazish,




  1. Garry G. Azgaldov.Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste. The ABC of Qualimetry. Toolkit for measuring theimmeasurable Ridero 2015.pp 136

akkreditastiyalash, oliy ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash jarayonlarini misol qilib olish mumkin.

Mazkur jarayonda ekspertiza metodi vositasida oliy ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, o‘quv kurslarining didaktik va metodik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi tahlil qilinib, ekspertizadan o‘tkaziladi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar ekspertizadan o‘tgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayon kuzatiladi va tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlash maqsadida talabalardan muayyan masalalarni qamrab olgan so‘rovnoma o‘tkaziladi. So‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar tayyorlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv kurslari bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida fanlardan tuzilgan test o‘tkaziladi va olingan natijalar tahlil etilib, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning samaradorligi aniqlanadi.

Muayyan o‘quv fanlari bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkaziladi va natijalar tahlil etiladi.

Yuqorida qayd etilgan barcha jarayonlardan olingan natijalar matematik- statistik metod vositasida tahlil qilinadi va ma’lumotlar umumlashtirilib, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning samaradorligi haqida umumiy xulosa tayyorlanadi.

Pedagogik kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishi sirasiga pedagog kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash jarayoni kiradi.

Bu jarayonda professor-o‘qituvchilarni attestastiyadan o‘tkazish maqsadida ularning pedagogik faoliyati tahlil etiladi. Tanlovdan tanlovgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, ilmiy, ilmiy- metodik sohada olib borilgan izlanishlari, chop etilgan ilmiy ishlari, mas’ul bo‘lgan o‘quv kursi bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-metodik majmuaning maqsadga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi.

Mazkur o‘qituvchining pedagogik faoliyatining samaradorligini aniqlash maqsadida namunaviy mashg‘ulotlar mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tahlil etiladi va samaradorligi haqida xulosa chiqariladi.

Muayyan o‘quv kursi bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish ham kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga misol bo‘ladi.



Pedagogik kvalimetriya metodlaridan foydalanish muammolari quyidagilardan iborat.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini tadqiq etishning metodologik va dasturiy ta’minotini yaratish;

  • Pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida talabalarning ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan talablar asosida bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetenstiyalarni egallaganlik darajasini diagnostika qilish sohasida fundamental tadqiqotlar o‘tkazish;

  • Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llash;

  • Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan kurslar bo‘yicha nazorat-o‘lchov materiallarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

  • Talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonida My test dasturi vositasida fanlar bo‘yicha nostandart adaptiv test topshiriqlarini tuzish va amaliyotga joriy etish.

    1. Download 1,78 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish