Amaliy kvalimetriya-texnika, ishlab chiqarish, inson mehnati faoliyati, turli loyiha va jarayonlarning sifatini baholashni ishlab chiqadigan soha sanaladi.
Amaliy kvalimetriyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘lanib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya va hakoza tarmoqlari mavjud.
Bozor iqtisodiyoti davrida mahsulot (buyum, xizmatlar, jarayonlar)ning raqobatbardoshligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
U yoki bu buyum, xizmatlar, jarayonlarga ehtiyoj bo‘lishi uchun muayyan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirish, maqsadga muvofiq bo‘lish, belgilangan vazifalarni bekamu-ko‘st bajarish kabi qiymatga ega bo‘lishi lozim2. Ishlab chiqarish mahsulotlari va jarayonlarda mazkur belgilarning bo‘lishi ular sifatining miqdoriy baholash imkonini beradi3.
Xalqaro tajribalar buyum, xizmatlar, jarayonlarning yuqori sifatli bo‘lishiga erishish uchun ularning sifatini aniqlaydigan ilmiy, texnik va tashkiliy mezonlar ishlab chiqilishi lozimligini ko‘rsatdi.
Muayyan ob’ekt yoki jarayon borishi, xizmatlar, jarayonlar sifati etalon sifatida qabul qilingan modelning mezonlari bo‘yicha o‘lchash va olingan natijalarni taqqoslash orqali baholash amalga oshiriladi.
Garry G. Azgaldov.Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste. The ABC of Qualimetry. Toolkit for measuring theimmeasurable Ridero 2015. pp 14.
Garry G. Azgaldov.Alexander V. Kostin Alvaro E. Padilla Omiste. The ABC of Qualimetry. Toolkit for measuring
theimmeasurable Ridero 2015. pp 17
Xulosa qilib aytganda kvalimetriya buyum, xizmatlar, jarayonlarning sifatini baholash masalalarini o‘rganadi.
Bu jarayonda kvalimetriyaning asosiy metodlari: tahlil, sintez, qiyoslash va taqqoslash sanaladi.
Etalon sifatida qabul qilingan modelning sifat ko‘rsatkichlari asosida baholanayotgan ob’ektning xususiyatlari hisobga olingan holda uning sifati aniqlanadi.
Kvalimetriyaning amaliy tarmog‘i bo‘lgan pedagogik kvalimetriyada kadrlarni tayyorlashda malaka talablari etalon sifatida qabul qilingan bo‘lib, pedagogik kadrlarning kasb malakasi va pedagogik mahorati sifati taqqoslash orqali aniqlanadi.
Raqobatbardosh pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonida mazkur jarayonni maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarishni rejalashtirish, o‘quv jarayonini modernizastiyalash, mazkur jarayonni metodik va texnik jihatdan ta’minlashni talab etadi.
Pedagogik kvalimetriya yillar davomida to‘plangan tajribalar, dalillar asosida vujudga kelgan va shakllangan ilmiy-nazariy fan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovastiya va unga bog‘liq holda o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yaxlit o‘rganadi.4
Pedagogik kvalimetriya ko‘p qirrali pedagogik jarayon va unga bog‘liq holda o‘qituvchining pedagogik faoliyatini o‘rganib, pedagogika fanlari sohalari ichida eng muhim o‘rin tutadigan, lekin kam o‘rganilgan soha sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, pedagogik kvalimetriya pedagogik jarayon va o‘qituvchining pedagogik faoliyatining sifatini belgilaydi.
Pedagogik kvalimetriyaning metodologik muammolari shu kunga qadar ilmiy tadqiqotchilarning diqqatidan chetda qolgan va bu sohadagi muammolar o‘z echimini kutmoqda.
Adabiyotlar tahlili, pedagogik kvalimetriyaning metodologik asoslari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ta’lim muasssasalari oldiga qo‘yiladigan davlat va ijtimoiy buyurtmalarga bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli, uning metodologik asoslari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining mantiqiy birligi qonuniyati asosida rivojlanganligini ko‘rsatdi.
Pedagogik kvalimetriyaning tadqiqot ob’ekti davlat va ijtimoiy buyurtmalar zimmasiga yuklangan ta’lim muassasasining mazkur buyurtmalarni bajarish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etilishi va boshqarilishi, o‘qituvchi pedagogik
4 Pedagogichesiy slovar. M:, 2008. 159-bet.
faoliyatining maqsadga muvofiq tashkil etilishi sifatini nazorat qilish va baholash sanaladi.
Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixini shartli ravishda uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Antik davr va O‘rta asrlarda rivojlanishi, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davri.
XVI-asr va XIX-asrning oxirigacha bo‘lgan davr, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lgan davr.
Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri, ya’ni ilmiy asoslangan, metodologik asoslari aniqlangan, nazariy, maxsus va amaliy tarmoqlariga ega ilmiy o‘lchov paramertlariga ega davri.
Pedagogik kvalimetriya rivojlanishining mazkur davrlarga ajratilishida jamiyat, din va fan rivojining ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, diniy ta’lim, diniy-dunyoviy ta’lim, dunyoviy ta’lim paradigmalari asosida ta’lim-tarbiyaning tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Har bir ta’lim paradigmasi ilmiy-nazariy bilish, ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, ularga mos holda talabalarning o‘quv-bilish faoliyatidan erishiladigan natijalarni baholash me’yorlariga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |