O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim V



Download 102,99 Kb.
bet5/5
Sana01.01.2022
Hajmi102,99 Kb.
#293594
1   2   3   4   5
-umumiy o‘rta fanlarining o‘rganishning mazmuni;

-tayanch va fanga oid kompetensiyalar;

-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari;

-tayanch o‘quv reja;

-o‘quv dasturlari joy oldi.

Ushbu dasturda tayanch kompetensiya sifatida kommunikativ kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda ona tilidan muloqot vositasi sifatida foydalana olishni, muloqot jarayonida muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlik layoqatlarini shakllantirish, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalan olish, ularning xafvsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatini shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatlarini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish, milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish kabi turlari berilgan.

Fanga oid kompentensiyalar sifatida esa nutqiy kompetensiya - tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish, lingvistik kompetensiya - fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatik va uslubiyatga doir kompetensiyalarni shakllantirish berilgan.

Aytish joziki, shaxsga yo‘naltirilgan asosiy prinsiplardan biri o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish, ya’ni ularni egallagan bilimlaridan kundalik hayotda duch kelinadigan amaliy hamda nazariy masalalarni yechishda shuningdek, tanish yoki nonatish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashdir.

Ushbu qaror qabul qilingandan so‘ng ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida, kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish yo‘llari, interfaol texnologiyalarga asoslangan bir qancha ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar, til ta’limiga bag‘ishlangan gazeta, jurnallar va ilmiy to‘plamlarda maqolalar e’lon qilinishni boshladi.

Jumladan, “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha maqsadli o‘quv kursi” turkumiga kiruvchi “O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli ma’ruzada ona tili ta’limi jarayoniga kompetentlik tushunchasining kiritilishning sababi quyidagicha izohlangan: “Ona tili ta’limiga kompetentlik tushunchasining kiritilishiga sabab shu kunga qadar o‘qitish amaliyotida uchraydigan nazariy bilim bilan undan amaliyotda foydalanish o‘rtasidagi uzilish, ya’ni o‘quvchi nazariy bilimga ega bo‘lgan holda, undan muammoli vaziyatlarda foydalanishga qiynalish holatlarini bartaraf qiladi. Demak, ana’anaviy ta’limda ustuvor bo‘lgan bilish paradigmasi o‘rniga bilimlardan muammoli vaziyatlarda o‘rinli foydalanish paradigmasi ustuvor paradigamaga aylanadi”34.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan “Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua”35da umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun kompetensiyalarning fanga kiritilishidan asosiy maqsad, kompetensiyaning mazmun mohiyati, tayanch va fanga oid kompetensiyalar haqida, shuningdek, qanday kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar deb olish kerakligi, tayanch kompetensiyalarni qachon, qanday shakllantirish kerakligi, ishni nimadan boshlash lozimligi haqidagi metodik tavsiyalar berib o‘tilgan.

Shuningdek, Z. Djurabayevaning “Kompetensiyaviy ta’limda matn yaratish mumolari”, M. Abdullayevaning “Yoyiq va atov gaplarni o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv”, K. Mavlonova va M. Abduqodirovaning “Ona tili darslarida nutqiy va lingvistik layoqatlarini shakllantirish” kabi ilmiy maqolalarida ham ta’lim tizimiga, o‘qitish jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning ahamiyati, usullari va e’tiborli jihatlari haqida so‘z yuritilgan.


  1. O‘zbek tili o‘qitish jarayonida innovatsiya

Jamiyatning rivojlanishi, zamonaviy iqtisodiyotning shakllanishi, jamiyat ma’naviy-axloqiy asoslarining tiklanishi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oldiga bilimdon, intellektual va ijodiy qobiliyatlari rivojlangan, hayotda o‘z o‘rnini topadigan, o‘z faoliyati bilan o‘zi va jamiyatga foyda keltiradigan, teran va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirish vazifasini qo‘ymoqda. Mazkur vazifalar ta’lim muassasalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish natijasida amalga oshirilmoqda.

Hurmatli birinchi Prezidentimiz I. Karimov aytganlaridek, “O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy ta’lim bersin. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiylarning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Bundan esa o‘z-o‘zidan bugungi kun o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak degan savol tug‘iladi. Har bir inson borki, o‘z ishining natijasini ko‘rishi, boshlagan ishlarining yo‘lda qolib ketmasligini, ekkan daraxtlari mevalaridan odamlar bahramand bo‘layotganligini his etish baxtiga musharraf bo‘lishini istaydi.

An’anaviy o‘qitish usullari uzoq yillar mobaynida millat ravnaqiga munosib xizmat qildi va mutaxassislar tomonidan ushbu usul klassik pedagogika sifatida e’tirof etilmoqda. Pedagogika fanlari doktori, professor J. G‘. Yo‘ldoshev: “Umuman, har qanday pedagogik jarayon ham pedagogik tizim asosida kechadi. Ta’limdagi sifat va samaradorlikni oshirish faqat ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, takomillashtirish, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, o‘qituvchi-pedagoglarni innovatsion faoliyatda ishlashda o‘quvchilarning faolligini va mas’uliyatini oshirish bilan bog‘lanib qolaveradi”,-deb ta’kidlaydi. Demak, innovatsion faoliyat yuritish davr talabidir.

Innovatsion texnologiyalar ta’lim sohasiga XIX asr boshida ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish g‘oyasi asosida kirib kelgan. Bunda o‘quvchining o‘z xohish-istagiga qarab, qiziqishlarini qondirish, har bir bolani hurmat qilish, o‘quvchi shaxsi ta’lim-tarbiya jarayonining markazida bo‘lishi masalalariga e’tibor qaratiladi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligini

oshirishga qiziqish va e’tibor kuchayib bormoqda. Innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish o‘quvchilarni mavzuga oid ma’lumotlami o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganishlariga qaratilgan. Innovatsiya - yangilik kiritish demakdir. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar o‘qituvchida o‘qish metodlariga yangilik kiritish, o‘quvchida esa uni qabul qilishida yangilik kiritish. Buni amalga oshirish uchun esa interfaol usullardan foydalaniladi.

Innovatsion pedagogika bir qator ilmiy nazariyalar tizimi bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishi tarbiyachilarning o‘quv-tarbiya jarayonining faol, ongli, teng huquqli, o‘z ichki imkoniyatlariga suyangan ishtirokchisi bo‘lishini ta’minlashga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Innovatsion pedagogikaning amaliy yo‘nalishi pedagoglarning innovatsion faoliyatiga asoslanadi.

Innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat yuritishda muayyan talab va tizimga rioya qilish eng muhim ahamiyat kasb etuvchi omil sanaladi. Ommaviy va individual tarzda muntazam shaklda tajriba-sinovdan o‘tmagan, yuqori samaradorlikni ta’minlamaydigan innovatsiyalardan foydalanish ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashda quyidagi bosqichlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:




Ta'lim muassasasida innovatsiyaning samaradorlik darajasi, universalligini vaqt sinovidan o'tkazish va takomillashtirish

Yaratilgan innovatsion usul, texnologiya, tavsiyaning mukammal ishlanmasini yaratish

V. J

Innovatsion faoliyatni ommalashtirish

Dars ishlanmalari, metodik tavsiaylar yaratish



Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash - o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro hamkorlikdagi harakatini, ulardan yuqori faollikni, o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni anglashda ijodiy yondashuvni talab etadi. Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonning innovatsion faoliyat asosida yo‘lga qo‘yilishi quyidagi singari ta’limiy muammolarni bartaraf etishga olib keladi:

-o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi;

-o‘quv materiallari hajmi-qamrovining oshishi;

-ta’lim jarayonini tabaqalashtirish;

-ta’lim sifati va samaradorligini oshishi;

-vaqtdan unumli foydalanish;

-o‘quvchi bilimini baholashning xolisligi va ochiqligi.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini inobatga olgan holda, bugungi kunda yangi pedagogik texnologiylar, interfaol usullarga bag‘ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qancha o‘qitish usullari haqida fikr bildiriladi.

Xususan, N. Ahmedovaning “O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasida

ona tili darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar, kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi, ona tili

ta’limida didaktik o‘yinlarning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu qo‘llanmada o‘qitish jarayonida

interfaol metodlardan qanday foydalanish, qanday metodlardan foydalanish va ularning ta’limning samaradorlikdagi

o‘rni haqida fikr yuritiladi. O‘qituvchilar uchun ushbu innovatsion metodlarni qo‘llagan holda tashkil etilgan dars

34

ishlanmalaridan namunalar taqdim etiladi.



Shu bilan bir qatorda, I. P. Po‘latov va S. Odilovlarning “O‘zbek tili ta’limidagi zamonaviy texnologiyalar”, “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili darslarida innovatsion o‘yinlar” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmalari ham innovatsion texnologiyalar bilan tanishish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llashni maqsad qilgan o‘qituvchilar uchun ayni muddaodir.

R. J. Ishmuhammedovning “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari”36 nomli monografiyasida ham samaradorlikni oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida aytib o‘tilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmada o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, treninglar va ochiq munozaralar o‘tkazish, yakka, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilish hamda o‘quvchilar va tinglovchilarni pedagogik jarayonga tayyorlash masalalari yuzasidan tavsiyalar, dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tkazilgan darslardan namunalar, ularni o‘tkazish metodikasi, bunday darslarni kuzatish hamda uni tahlil qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘z ifodasini topgan. Shuning bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil qilinadigan turli ritual, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.



  1. Jamoliddinova, O. To‘xtasinova, Z. Abdullayevalarning “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlarning metodik xususiyatlari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasida ham o‘yin va uning turlari, o‘yinlarni tashkil qilish texnologiyasi, o‘yinlardan foydalanib darslarni tashkil qilish uslubiyoti haqida ma’lumotlar berilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan “Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua”37da hozirgi kundagi ona tili va adabiyot fanining o‘qitilishiga qo‘yilayotgan talab haqida gap ketadi, ushbu o‘quv-uslubiy majmuada ona tili o‘qitishning bugungi kundagi zamonaviy texnologiya va usullarning quyidagi turlari haqida gap ketadi:

rexnologiyalar

Jsullar

'Bumerang”

'Aqliy hujum”

TSMU”

'Guruhlarda ishlash”

'Venn” diagrammasi

'Rolli o‘yin”

'Baliq skeleti”

'Ishbilarmonlik o‘yini”

'Yelpig‘ich”

'Refleksiya”

'Zanjif’

Taqdimot”

'Zinama-zina”

'Galereya”

'6x6x6”

T-jadvali”

Ushbu o‘quv qo‘llanmalaridan tashqari, innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan metodist olimlar, ilmiy izlanuvchilarning bir qancha maqolalari matbuot orqali e’lon qilib borilmoqda. Xususan, D. Abdurazzaqovaning “Umumta’lim fanlari metodikasi” jurnalining “Zamonviy ta’lim

kutubxonasi” ruknida yoritilgan “Kichik guruhlarni tashkil etish qoidalari”38 nomli maqolasi kichik guruhlarni tashkil qilishda, uning o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlash usullari va ushbu jarayonda nimalarga diqqatni qaratish zarurligi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Professor S. Muhamedovaning “6-sinf ona tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish”39 nomli maqolasida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha 100 dan ortiq pedagogik texnologiya borligi aniqlanganligi, ammo ularning deyarli yarmidan ko‘pini o‘zbek tili va adabiyoti ta’limida qo‘llashning imkoni yo‘qligi haqida ma’lumot beriladi. Ona tili darslarida quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:



  1. “Aqliy hujum”. 2. “Mosini tanla”. 3. “O‘z o‘rningni top”. 4. “Zinama-zina”. 5. “Idrok xaritasi”. 6. “BBB”. 7. “Sherigini top”. 8. “Davom ettir”. 9. “Venn diagrammasi”. 10. “Matn tuzishda so‘z o‘yini”.

Interfaol usullarning o‘ziga xos tomonlari haqida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi B. Tojiboyevning ham fikrlari e’tiborga molikdir. Uning “Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish”40 nomli maqolasida o‘qitish metodlarini tanlashda quyidagilarga amal qilish kerakligi ko‘rsatilgan:

-Ona tili izchil kursining ayrim mavzularini o‘rganish reproduktiv (tayyor o‘quv materiali bilan ishlash) va muammoli ta’lim (izlanuvchanlikka asoslangan o‘qitish) metodlarini birgalikda olib borish;

-til o‘qitish metodlarini tanlashda o‘quvchilarning tabiiy qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi, mustaqil ishlash imkoniyati, yosh xususiyatlarini ham inobatga olish zarur. Bilimlarni mustaqil egallashda materaillarning o‘ziga xos xususiyatlariga ham e’tibor berish kerak.

Intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatda demokratik qadriyatlar barqaror rivojlanadi. Chunki intellektual boylik faqat bilim, aql-tafakkur, ilm-fan salohiyati bilan cheklanmay, yuksak ma’naviyatni ham o‘z ichiga oladi. Xulosa o‘rinda ushbu ma’lumotni keltirib o‘tamiz: Fransiyaning nufuzli “Insead” xalqaro biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan tayyorlanib, 2012-yil 3-iyul kuni e’lon qilingan “2012-yildagi innovatsiyalarning global indeksi” nomli tahliliy ma’ruzaga tayangan holda jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari tarqatgan bir xushxabarga to‘xtalish joiz. Ya’ni, ta’lim sohasidagi innovatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deyiladi mazkur xabarda. Demak, yurtimizda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya sohasining tashkil etilishi borasida olib borilayotgan ishlar samarali tarzda tashkil etilmoqda.

XULOSA

O‘rganilgan manbalar asosida o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining shakllanish tarixi ancha uzoq davrlarga borib taqalganligining guvohi bo‘ldik. Ushbu masala bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar X.Qurbonovaning “Ona tili ta’limi mazmunini yangilashning lingvometodik asoslari” deb nomlangan nomzodlik ishida, I.Azimovning ilmiy maqolalarida, A.G‘ulomov boshchiligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi”, B. To‘xliyev boshchiligidagi “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” darsliklarida qisqacha berib o‘tilgan. Shuningdek, tilshunos olim A.Nurmonovning “Lingvistik ma’lumotlar tarixi” asarida va D.Yo‘ldoshevaning “Ona tili ta’limining tadrijiy taraqqiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasida ona tili o‘qitishning qadimgi davrlarda qanday olib borilganligi, ushbu mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni qaysi ilmiy adabiyotlarda yoritilganligi haqida, shuningdek, qomusiy olimlar va jadid adabiyoti vakillarining qaysi asarlarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishish mumkinligi haqida axborotlar berilgan.

O‘zbek tili o‘qitishning umumiy masalalari bo‘yicha ma’lumotlarda til va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi, til va tafakkurning o‘zaro aloqadorligi, til va nutqning o‘zaro aloqadorligi va ular o‘rtasidagi farqlarni ajratuvchi tamoyillar haqidagi qarashlar va ilmiy xulosalarga to‘xtaldik. Til va tafakkurning ham ajralmas munosabatda ekanligi haqida ayrim mulohazalar berilib, bolalarning tafakkurini o‘stirish uchun esa o‘quvchilardagi nutq qobiliyatlarini rivojlantirish zarur degan xulosaga keldik. Bu esa ona tili o‘qitishning eng muhim vazifalaridan biri sanaladi.

“O‘zbek tilidan ta’lim mazmuni” bo‘limida esa o‘zbek tilining ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitilishidan maqsad - o‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, so‘z tanlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, o‘z fikrini aniq, ixcham, ravon ifodalashga o‘rgatish til o‘qitish metodikasining birlamchi vazifasi ekanligi, “o‘quvchi - o‘quvchi”, “o‘quvchi - o‘qituvchi” tizimida o‘zaro muloqotni, bahs-u munozarani to‘g‘ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jarayonlarini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirishni o‘rganish, talabalarni o‘qituvchilik mahorati va ilg‘or texnologiya bilan tanishtirib borish metodika fanining bag‘oyat muhim vazifalaridan biriga aylanganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Ikkinchi bobda o‘zbek tili o‘qitish metodikasiga oid bo‘lgan qarashlar juda qadimgi davrlarga borib taqalgan bo‘lib, unda aynan til o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, til o‘qitish metodikasi tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha qimmatli ma’lumotlar berilganligining guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib kabi qomusiy olimlarning bizga meros qilib qoldirgan asarlarida ushbu sohaga oid bo‘lgan ma’lumotlarning o‘rni beqiyosdir.

Guvohi bo‘lganingizdek, o‘rta asrlarda o‘zbek tilini o‘qitishdan asosiy maqsad milliy tilning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, uning imkoniyatlarini ishga solish, ushbu imkoniyatlarga keng xalq ommasining e’tiborini qaratish, tilimizning naqadar jozibali va ma’nolarga boy til ekanligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Ushbu vazifani ado etishda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy kabi ziyolilarning qilgan xizmatlari beqiyosdir.

XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy hayotda jiddiy o‘zgarish natijasida yuz bergan milliy uyg‘onish harakati til va uni o‘qitish masalasiga o‘zining benihoya katta ta’sirini o‘tkazdi. Shu davrda yashab ijod etgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Mirmuhsin Shermuhammedov, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi, milliy va ijtimoiy ongining o‘sishi, yangi tur va mazmundagi adabiyotni yaratish uchun harakat qildilar. Yangi maktab darsliklarining yaratilishi, ushbu sohaga oid bo‘lgan ilmiy qarashlarning dunyoga kelishi, muammoli masalalarning

hal qilinishi, yangi usuldagi maktablarning ochilishi, unda ona tili fanining o‘qitilishi, gazeta va jurnallarda o‘zbek til va uni o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan maqolalarning chop etilishi ushbu davrda o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fani shakllanish tarixining eng muhim davrlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbek tili o‘qitish metodikasiga oid bo‘lgan ma’lumotlarning alohida o‘quv qo‘llanmada jam bo‘lib, nashrdan chiqishi, 50-yillardan so‘ng respublikamiz maktablarida ona tili o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy ishlarning e’lon qilinishi, ushbu ilmiy ishlar asosida ona tili ta’limini yangicha yondashuvlar asosida olib borish harakati sovetlar davrida ona tili o‘qitish masalasining qanday bo‘lganligidan darak beradi. Demak, bu davrda ona tili o‘qitishga nisbatan e’tibor bir muncha kuchayib, ushbu fan mustaqil fan sifatida shakllanish jarayoni aynan shu davrlarga borib taqaladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan ham ta’lim mazmuni va usulini yangilashning benihoya ulkan imkoniyatlari ochila boshlanganini quyidagilarda ko‘rish mumkin. Eng avvalo, ona tili ta’limining qonuniy-huquqiy asosi vujudga kelganligi, o‘zbek tili ta’limi metodikasi bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbek tili doimiy anjumanining ta’sis etilishi, ona tili ta’limi konsepsiyasining vujudga kelganligini ushbu sohadagi yangidan yangi ilmiy ishlarning vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Ushbu ilmiy ishlarda berilgan metodik tavsiyalar asosida ona tili darsliklarining yangi avlodi nashrdan chiqdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ochilishi bu sohadagi ishlarning yanada rivojlanishi, taraqqiy etishiga o‘zining juda katta ta’sirini o‘tkazdi. Ushbu amalga oshirilgan islohotlarning barchasida Vatanimizda ona tili va uni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning qanchalik muhim ijtimoiy zarurat ekanligidan darak berishi shubhasiz.

O‘zbek tili o‘qitishga kompetensiyaviy yondashuvning vujudga kelganligi, ushbu yondashuv asosida yangi- yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish tizimining tashkil qilinishi o‘zbek tili va uni o‘qitishga bo‘lgan munosabatning o‘zgacha tus olganligidan darak beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. KapuMOB H.A. TapuxuH xoTupacu3 Kega^aK ny^. - T.: fflap^, 1998.

  2. KapuMOB H.A. roKcaK MaiHaBHHT - eHrugMac Kyn. - T.: MaiHaBHHT, 2008 .

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston, 2011, 206- b.

  4. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - B. 14.

  5. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

  6. Y36eKHCTOH Pecny6guKacu npe3ugeHTUHUHr “Agumep HaBouH HOMugaru TomKeHT gaBgaT y36eK Tugu Ba aga6ueTu yHuBepcuTeTuHu TamKHg ^Tum Tyrpucuga” ru n®-4797 coHgu OapMOHu. 2016 Hug 13 Man.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017- yil 7-fevraldagi farmoni.

  8. Y36eKHcTOH Pecny6guKacuHuHr «Ta"bguM Tyrpucuga»ru KpHyHu // EapKaMog aBgog - Y36eKHcTOH Tapa^KueTuHuHr noHgeBopu.- T.: fflap^, 1998. - E. 20-29.

  9. Y36eK MaKTa6gapuga OHa Tugu TaiguMu KOH^e^^HHCu // Tug Ba aga6ueT TaiguMu. - 1994. - N° 1. - E. 8-13.

  10. A6gyggaeB H. ^CKu y36eK MaKTa6gapuga (1865-1917 Huggap) caBog nu^apum: - neg. $aHgapu HOM3...gucc. a$Tope$.- T.: 1961.

  11. A6gyggaeB H. ^CKu MaKTa6ga xaT-caBog ypraTum. - T.: YpTa Ba oguH MaKTa6, 1960. - 152 6.

  12. A6gypa^M0H0B H. KaguMru TypKuH ran. - T.: Y^myBHu, 1989. - 161 6.

  13. A6gypaxM0H0B F., PycTaMOB A. KaguMru TypKHH ran. - T.: YKmyBHu, 1982. - 168 6.

  14. Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. - Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979.-B.249-267.

  15. A6gynna ABnoHuH. TaHnaHraH acapnap. 2 ^nngnuK. 1-*nng. (Hampra TanepnoBHu B.K^cumob.) - T.: MaiHaBnaT, 1998.

  16. A6gynna ABnoHuH. TaHnaHraH acapnap. 2 ^nngnuK. 2-*nng. (Hampra TanepnoBHu B.K^cumob.) - T.: MaiHaBnaT, 1998.

  17. A3hmob H. OHa Tunu TainuMu TH3HMHHHHr maKnnaHumuga *agug HaMoaHganapuHuHr ypHu // Y36eK TunmyHocnuruHuHr gon3ap6 Macananapu. Pecn.unMuH-Ha3apuH aH^yMaHu MaTepuannapu. - T., 2016. 204 6.

  18. BapTonbg B.B. ConuHeHua IV.- M.: HB.H, 1966.

  19. Bo6oMypogoBa ffl. Y36eK TunmyHocnuru puBo^nga ^n6eKHUH^ ponu. - $unon. $aH. hom. gucc. amope^. - T.: 2001. 25 6.

  20. Bo6oMypogoBa A. OHa Tunu TainuMu ^apaeHuga ynuH-TonmupuKnapgaH ^onganaHum. - neg. $aHnapu HoM3ogu gucc. amope^. - T.: 1997. 25 6.

  21. Behbudiy M. Tanlangan asarlar. - T. Ma’naviyat, 2006. 278 b.

  22. Bex6ygun M. TaHnaHraH acapnap (Hampra TanepnoBHu B.K^cumob). - T.: MaiHaBuaT, 1997.

  23. ^onuMoB y. ^agug MaKTa6napu: ynapga oHa Tunu Ba aga6ueT y^uramHuHr unMuft-Ha3apuft ^aMga aManuH acocnapu: neg. $aH. goKT. ... gucc. - TomKeHT, 2008. 302 6.

  24. Ishmuhammedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. -T., 2009, 181 b.

  25. Yo‘ldosheva D. Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,

  26. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). - Toshkent. 2013. 172 b.

  27. Kohohob A. H. TpaMMaraKa a3bma tmpkckmx pyHu- necKnx naMaTHuKoB .-.H.: HayKa, 1980. -3-b.

  28. KnamTopHMH C.r. flpeBHeTMpKcKHe pyHnnecKMe naMarauKM. - M.: HayKa, 1964. - 213 cTp .

  29. ManoB C.E. naMarauKM gpeBHeTropKcKon nucbMeHHocTu. - M. 1951. - 188 cTp.

  30. ManoB C.E. K ucTopuu oTKpbiraa gpeBHeType^KHH pyHnnecKKx HagnuceH b CpegHeH A3uu // «MaTepuanu y3KoMcurapuca ». - HeHuHrpag: 1936. - N° 6-7.

  31. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. II jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi. Toshkent. Akademnashr.-2012. 441 b.

  32. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. - Toshkent, 2017.

  33. Ramazon Q., Qayyumiy X. Grammatika, Sarf. O‘rta maktablar uchun darslik. I qism. - T.: O‘quvpeddavnashr. 1937. 149 b.

  34. Ramazon Q., Qayyumiy X. Grammatika. 1-qism. SARF. O‘rta maktablarning 5-, 6-sinflari uchun darslik. O‘zSSR MKH tasdiq etgan. O‘quv-pedagogik davlat nashriyoti. - T.,1937.

  35. Roziqov O.v.b. Ona tili didaktikasi. - T: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2005. 388 b.

  36. To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. - T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.

  37. “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha maqsadli o‘quv kursi” turkumiga kiruvchi “O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” ma’ruzalar matni. Toshkent, - 2017.

  38. ®opo6un A6y Hacp. Puco^a^ap. -TomKeHT: 1975. 346 6.

  39. ®H^oco$ua A6y Hacpa a^b - ®apa6u. - AmwaTbi: rbmbiM, 1994. - C.3.

  40. G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. - T.: O‘qituvchi, 1995.

  41. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. - T: Fan va texnologiyalar, 2012.

  42. ^fl6eK. TaH^aHraH acap^ap. - TomKeHT: fflap^, 1999.

  43. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr KoHCTHTy^HacH. - T.: O‘zbekiston, 2014.

  44. O‘zbekiston Respublikas birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni

  45. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori // Umumiy o‘rta va o‘rat maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida. 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar to‘plami.

  46. Kyp60H0Ba X. OHa th^h Tab^HMH Ma3MyHHHH aHru^amHHHr ^HHraoMeTOgHK acoc^apu. - neg. $aH^apu H0M30gu gucc. - T., 2005.

Elektron sayt materiallari:

http://uza.uz/oz/documents/alisher-navoiy-nomidagi-toshkent-davlat-zbek-tili-va-adabiye-13-05-2016 http://navoiy-uni.uz/uz-l/content/ozbek-tili-va-adabiyoti-boyicha-malakali mutaxassislar-tayyorlashning-yangicha- tamoyillari

http://www.ziyonet.uz/

http ://www.pedago g.uz/

www.forum.uz

www.ref.uz

www.ilm.uz

www.google.uz



II BOB. O‘zbek tili o‘qitish metodikasining V-XX asrdagi taraqqiyoti

  1. Qadimgi (V-IX) davrlarda ona (o‘zbek) tilini o‘qitish 22-30

  2. O‘rta (X-XIX) asrlarda ona (o‘zbek) tilida ta’lim maqsadi 30-34

16 Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.

1Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - B. 14.

2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017- yil 7-fevraldagi farmoni.

3Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston, 2011, 206-b.

4KapuMOB H.A. TapnxHH xoTHpacH3 Ke^a^aK ny^. - T.: fflap^, 1998. - 32 6.

5®opo6un A6y Hacp. Puconanap. -TomKeHT: 1975.43- 6.

6G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. - T: Fan va texnologiyalar, 2012.

  1. A6gynnaeB H. ^CKH y36eK MaKTa6napuga (1865-1917 Hunnap) caBog nu^apum. - neg. $aHnapu HOM3...gucc. a$Tope$.- T.: 1961.- 216.

  2. A6gynnaeB H. ^CKH MaKTa6ga xaT-caBog yprarum. - T.: YpTa Ba onuH MaKTa6, 1960. - 152 6.

7To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. - T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.

8A. Nurmonov. Tanlangan asarlar. II jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi. - Toshkent. Akademnashr.-2012. 441 b.

9Kyp60H0Ba X. OHa Tunu TatnuMu Ma3MyHuHu aHrunamHuHr nuHrBOMeToguK acocnapu. - neg. $aHnapu

H0M30gu gucc. - T., 2005.



10D. Yo‘ldosheva. Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. O‘quv qo‘llanma.

11A3umob H. OHa Tunu TatnuMu Tu3uMuHuHr maKnnaHumuga ®agug HaMoaHganapuHuHr ypHu // Y36eK

TunmyHocnuruHuHr gon3ap6 Macananapu. Pecn.unMuft-Ha3apuft aH^yMaHu Marepuannapu. - T., 2016. 27-33-



6eTnap.

12A3umob H. OHa Tunu TamuMu Tu3uMuHuHr maKnnaHumuga ®agug HaMoaHganapuHuHr ypHu // Y36eK

TunmyHocnuruHuHr gon3ap6 Macananapu. Pecn.unMuft-Ha3apuft aH^yMaHu MaTepuannapu. - T., 2016. 28-6.



13^n6eK. TaHnaHraH acapnap. - TomKeHT: fflap^, 1999. 259-6.

14Diaxroniya — o‘rganilayotgan til hodisasining tarixiy taraqqiyoti jihatidan.

15Sinxroniya — hozirgi zamon tilshunosligi nuqtayi nazaridan.

16G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. - T.: O‘qituvchi, 1995.

17G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limining mazmuni. - T.: O‘qituvchi, 1995.

  1. 18To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi.- T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.

19A6gypa^MOHOB H. KagnMra TypKHH rag. - T.: Ykhtybhh, 1989. - 161 6.; A6gypax,MOHOB F., PycTaMOB A. KagnMra TypKHH rag. - T.: YKHryBHH, 1982. - 168 6.; MagoB C.E. K hctophh OTKpbrrHH gpeBHeType^KHH pyHHHecKHx Hagnnceft b CpegHen A3hh // «MaTepnagH y3KOMcnrapHca ». - .HeHHHrpag: 1936. - N° 6-7.; MagoB

  1. E. naMaTHHKH gpeBHeTMpKCKOH nHCbMeHHOCTH. - M.-.H. 1951. - 188 crp.

20A6gypa^MOHOB F., PycTaMOB A. KagnMra TypKHH rag. - T.: y^HTyBHH, 1982. 90-b.

21A6gypa^MoHoB F., PycTaMoB A. KaguMru TypKHH Tun. - T.: y^myBHu, 1982. 89-90-b.

22KnamTopHbiH C.r. ^peBHeTMpKcKue pyHnnecKue naMaTHuKu. - M.: HayKa, 1964. - 213 cTp .

23Bapronbg B.B. ConuHeHua IV.- M.: HB.H,1966.

24Kohohob A. H. rpaMMaTuKa a3MKa tmpkckmx pyHu- necKux naMaTHuKoB “VII - IX bb.”-.H.: HayKa, 1980. 3-b.

25G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Fan va texnologiya, 2012. 380 bet.

26M. Behbudiy. Tanlangan asarlar. - T. Ma’naviyat, 2006. 278 b.

27Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. - Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979. - B.249-267.

28Ramazon Q., Qayyumiy X. Grammatika, Sarf. O‘rta maktablar uchun darslik. I qism. - T.: O‘quv-pedagogik davlat nashriyoti. 1937. -149 b.

29Q. Ramazon, X. Qayyumiy. Grammatika. 1-qism. SARF. O‘rta maktablarning 5-, 6-sinflari uchun darslik. O‘zSSR MKH tasdiq etgan. O‘quv-pedagogik davlat nashriyoti. -T., 1937.

30Y36eKncToH Pecny6nuKacuHuHr KoHCTUTy^uHCu. - T.: O‘zbekiston, 2017.

31y36eK MaKTa6napuga oHa Tunu TainuMu KOH^e^^uacu // Tun Ba aga6ueT TainuMu. - 1994. - N° 1.

32O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni. 2016-yil 13-may.

33 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori // Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida. 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar to‘plami.

34“Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha maqsadli o‘quv kursi”

turkumiga kiruvchi “O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” ma’ruzalar matni.

Toshkent,-2017.


35“Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua”.

Toshkent,-2017.



36R.J. Ishmuhammedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. -T., 2009, 3- b.

37“Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo’yicha o’quv -uslubiy majmua”. 2017.

38“Umumta’lim fanlari metodikasi” jurnalining “Zamonaviy ta’lim kutubxonasi” ruknida yoritilgan “Kichik guruhlarni tashkil etish qoidalari”, 2013, 2-son,16-bet.

39Muhamedova S. 6-sinf ona tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish . O‘zbekiston: til va adabiyot. III seriya. Toshkent, 2017.

40Tojiboyev B. Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish. O‘zbekiston: til va adabiyot. III seriya. Toshkent, 2017.






Download 102,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish