O`zbekiston respublikasi oliy va O`rta maxsus ta`


Vakuumli kalibrlangan gilg’za



Download 5,91 Mb.
bet16/17
Sana26.02.2022
Hajmi5,91 Mb.
#471444
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона лойиха. ТАЖРИБА

Vakuumli kalibrlangan gilg’za:
Vakuumli kalibrlangan gilg’zaning ichiga erigan massa kiradi va havo bosimi tortib olinib, erigan massa vakuum devoriga yopishishi natijasida massa quvur shakliga kiradi va vakuum devoriga yopishib qolmasligi uchun sirtqi tomonidan tezlik bilan sovuq suv yordamida sovutiladi.
1. Balandligi – 1050 +150 mm;
2. Ishchi kuchi – 1x380 v, 50 gts;
3. Nasos quvvati – 5,50 kVt;
4. Uzunligi / kengligi / balandligi – 6,0 / 0,85 / 1,4 m;


Purkagichli sovutish vannasi:
Polietilen quvurlarining oxirgi issiqligini yo`qotish uchun purkagichli sovutish vannasi xizmatidan foydalaniladi. Kalibrlangan gilg’zadan o`tib, kerakli quvur shakliga kirgan massa sovutish vannasi ichidagi forsunkalardan otilayotgan sovuq suv ta`sirida sovib qotadi.
1. Uzunligi – 6000 mm;
2. Boshqaruv oralig`ining diametri 75 – 250 mm;
3. Suv nasosining quvvati – 3 kVt /1/380 V;
4. O`q balandligi 1050 mm;


SJ – QY 250/3 markali uch tasmali tortish uskunasi:
Sovutish tizimidan o`tib qotgan quvurlar markalash jarayonidan o`tadi. Bu jarayonda quvur turi, qaysi kuni tayyorlangani va seriyalari muhrlari bilan tushiriladi. SHundan so`ng quvurlar uch tasmali tortish uskunasida kerakli tezlik berilib buxtalarga yoki to`g`ri kesimlarga ajratilib kesiladi.
1. Ishchi doira – 75 dan 250 mm gacha;
2. O`tkazgich quvvati – 3 kVt;
3. CHo`zilish tezligi – 0,1dan 5m / min;
4. CHo`zilish kuchlanishi – 40000 N;
5. Zanjir tasmani foydali uzunligi – 2000 mm;
6. Silindr balandligi – 1050 mm;
7. Eng yaxshi natija beradigan ishchi bosim – 0,5 mPa;
STS 250 markali avtomatik kesuvchi uskuna:
Bu uskuna rezina quvurlarni, termoplastlarni kesish uchun mo`ljallangan. Salazorni yo`li pnevmatik ravishda alohida o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Har bir klapan borib qaytib keladi. Yurish tezligini vint va dreselli klapanda boshqarib turiladi. Bu uskuna salaskani tepa qismida joylashgan ikki tomonlama bosuvchidan tashkil topgan. Har biri mustaqil va 6 ta markaziy bosuvchi signaldan iborat. Buning uchun bosuvchi richag shkalasi bilan kerak bo`ladi. Bosilish kuchi boshqaruvchi klapan tomonidan nazorat qilinadi. Kesilgan quvurlar ortuvchi yordamida omborga tayyor maxsulot sifatida joylanadi.
1. Quvur diametri – 75 - 250 mm;
2. Devorning maksimal qalinligi  mm;
3. O`tkazgich quvvati – 1,5 kVt;
4. Uzunlikni o`lchovchi elektron asbob;
5. Eng katta tashqi o`lcham : D-V-SH 2500 – 1100 - 1500;

Polietilen quvurlar uchun butlovchi qismlar payvandlash mashinalarida ishlab chiqariladi. Butlovchi qismlarni ishlab chiqarish tartibi quyidagicha: - tegishli diametrdagi quvurlardan bo`laklar kesib olinadi va bo`laklarni bir – biri bilan payvandlash dastgohida payvandlanadi.


Bo`laklarni kesish burchak ostida va orbital arra yordamida amalga oshiriladi. Payvandlash diskli qizdirgich yordamida bo`laklarni qizdirish va ma`lum bosim ostida bo`laklarni bir – biriga bostirish orqali amalga oshiriladi.
Butlovchi qismlar sifati tashqi ko`rinishi bo`yicha namuna etalonlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Korxona ishlab chiqarayotgan polietilen quvur va butlovchi qismlarni qabul qilish – topshirish sinovlarini tashqi diametri, devor qalinligi, quvurning ovalligi ko`rsatkichlari bo`yicha faoliyatni korxona laboranti amalga oshiradi.
Ishlab chiqarilayotgan quvurlar buxta xolatida o`raladi. Har bir quvur har 1metr oralig`ida yorliqlanadi. Yorliqda xom – ashyo rusumi, standart o`lchash nisbati SDR, tire belgisi, quvurning nominal tashqi diametri, quvur devorining nominal qalinligi va misol uchun TS 17642168-05-2015 yozuvlari bo`ladi.
Butlovchi qismlar yorlig`ida ishlab chiqaruvchi nomi, ishlab chiqarilgan vaqti, rusumi ko`rsatiladi. Buxtalarga o`ralgan quvurlarning uchlari bog`lash materiallari bilan mahkamlanadi.
Polietilen quvurlar va butlovchi qismlar quyosh nuri tik tushmaydigan isitish sistemasi bo`lmagan sexning omborxona uchun ajratilgan qismida saqlanadi.
Tayyor xoldagi polietilen quvurlar va butlovchi qismlar ikki oydan ortiq muddatga saqlanadigan bo`lsa balandligi ikki metrdan oshmagan holda, ikki oydan oshmagan muddatda saqlanadigan quvurlar 3 metrdan oshmagan holda taxlanib saqlanadi.
Polietilen quvurlar va butlovchi qismlarni me`yoriy xujjatga asosan tashish qoidalariga amal qilgan xolda barcha transport vositalarida tashishga ruxsat etiladi.
Ishlab chiqaruvchi korxona tayyor xoldagi polietilen quvurlar uchun ikki yil va butlovchi qismlar uchun bir yil kafolat beradi.
Korxonaga keltirilayotgan birlamchi xom – ashyo sifat sertifikati bilan keltiriladi. Sifat sertifikatida belgilangan xom-ashyo ko`rsatkichlariga asosan texnologik rejim belgilanadi.
Korxonaga keltirilayotgan ikkilamchi xom-ashyo tashqi ko`rinishi, begona qo`shimchalarning mavjudmasligi va xom-ashyoning bir jinsliligi bo`yicha qabul qilib olinadi.


Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish