Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Yagona soliq to’lovi bo’yicha



Download 0,97 Mb.
bet151/198
Sana16.01.2017
Hajmi0,97 Mb.
#475
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   198
Yagona soliq to’lovi bo’yicha soliq hisoboti shakllariga 13-ilovaga asosan quyidagi o’zgartirishlar kiritildi:

"Hisobot davri" chorakka o’zgartirildi (Ilgari yirik korxonalar uchun chorakning har oyi, kichik biznes sub’ektlari uchun yilning har choragi edi).

Bunda, yirik YaSТ to’lovchilar uchun soliq hisoboti to’lash muddatlari saqlangan holda hisob-kitoblarni taqdim etish chorakka o’tkazilganligini inobatga olib, hisob-kitobda quyidagi satrlar nazarda tutilgan:

- chorakning birinchi oyi oxiriga;

- chorakning ikkinchi oyi oxiriga;

- chorakning uchinchi oyi oxiriga.

Ushbu satrlarni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar to’ldiradi.

Bundan tashqari YaSТning hisob-kitobi quyidagi satrlar bilan to’ldirildi.

"Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalari asosida hisoblab chiqarilgan ijara haqi summasining shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan oshgan qismi" (yangi 026-satr) (Yagona soliq to’lovi hisob-kitobi 1-ilovasining 060-satri) bilan to’ldirilgan. Bunda, ushbu satrni umumiy realizatsiya qilish hajmidagi ijaraga berishdan tushgan tushum ulushi ustunlik qiladigan soliq to’lovchilar to’ldiradi;

"O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadigan, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi" (115-satr) (Yagona soliq to’lovi hisob-kitobi 7-ilovasining 090-satri), ushbu satrdagi ko’rsatkichlar hisoblangan yagona soliq hisob-kitob summasidan chiqarib tashlanadi;

- "O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha qo’shimcha summasi" yangi 175-satr (Yagona soliq to’lovi hisob-kitobi 8-ilovasining 060-satri + 120-satri) ushbu satrdagi ko’rsatkichlar byudjetga to’lanadigan YaSТ summasiga qo’shiladi.

"Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan ijara haqi summasining shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan oshgan qismi" yangi 1-ilova bilan to’ldirildi.

Ilgarigi 1-5-ilovalar mos ravishda 2-6-ilovalar bo’ldi.

(1-ilova "Boshqa daromadlar", 2-ilova "Soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan daromadlar", 3-ilova "Soliq solinadigan yalpi tushumning kamaytirilishi", 4-ilova "Yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yo’naltirilgan mablag’lar summasi hisob-kitobi", 4-ilova "Eksport ulushidan kelib chiqib yagona soliq to’lovi stavkasiga tuzatish kiritish")

2-ilova "Boshqa daromadlar" quyidagi mazmundagi 035-satr bilan to’ldirildi:

"Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalari asosida hisoblab chiqarilgan ijara haqi summasining shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan oshgan qismi"

Hisob-kitobning 3-ilovasi Soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan daromadlar, 4-ilovasi Soliq solinadigan yalpi tushumning kamaytirilishi hamda 6-ilovasi Eksport ulushidan kelib chiqib yagona soliq to’lovi stavkasiga tuzatish kiritish o’zgarishsiz qoldirilgan, Investitsiyalarga (yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan o’tkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini o’tkazish uchun komplekslar olishga) yo’naltirilgan mablag’lar summasi hisob-kitobi 5-ilovasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qaroriga asosan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o’tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o’tkazish komplekslarini xarid qilishga yo’naltiriladigan mablag’larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to’lovi bo’yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishni nazarda tutuvchi norma bilan to’ldirildi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 361-moddasiga asosan YaSТ bo’yicha soliq hisoboti 7-ilova Hisobga olinishi lozim bo’lgan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan foyda solig’i summasi va 8-ilova O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan (olingan) foiz va dividend tariqasidagi daromadlardan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitob-ma’lumotnomasi bilan to’ldirilgan.

Yagona soliq to’lovi to’lovchisi - yakka tartibdagi tadbirkor to’g’risida Ma’lumotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yagona soliq to’lovi Hisob-kitobi o’zgarishsiz qoldirilgan.

Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi:

D-t 9820-"Foydadan hisoblangan va to’langan soliqlar" schyoti;

K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorliq" schyoti;

Bu soliq byudjetga o’tkazilganda:

D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti;

K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish