Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi
________ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash bo’yicha
MA’LUMOТNOMA
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchi to’g’risida
MA’LUMOТ
|
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq to’lovchi to’g’risidagi
MA’LUMOТLAR
(faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to’ldiriladi)
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
HISOB-KIТOBI
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda
soliq solinadigan bazadan kamaytiriladigan suv hajmlari
|
MISOL. Umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi kichik korxona tomonidan 2012 yilning 1 avgustida ixtiyoriy tugatilish to’g’risida xabarnoma topshirildi. 7 oydan so’ng tugatish jarayoni to’xtatildi va korxona faoliyati qayta tiklandi.
7 oy davomida suv solig’i to’lanmagan, lekin suv o’lchagich uskunasining ko’rsatishicha, korxona 1 400 kub metr suvni, shundan 2012 yilning avgust-sentabr oylarida - 450 kub metr, 2011 yilning 4-choragida - 600 kub metr iste’mol qilgan.Bunda:
yer usti manbalaridan - 81,7%;
yer osti manbalaridan - 18,3%.
SKning 261-moddasi to’rtinchi qism 1-bandiga asosan ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Тugatish jarayoni to’xtatilganligi munosabati bilan korxona suv o’lchagich uskunasining ko’rsatkichi bo’yicha 2012 yilning avgust-dekabr oylarida iste’mol qilingan suv uchun 2013 yil 15 martda soliq to’lanadi.
Avgust-sentabr oylari uchun soliq - 14 077,04 so’mni (450 x 81,7% x 29,8 + 450 x 18,3% x 37,9);
4-chorak uchun soliq - 18 769,38 so’mni (600 x 81,7% x 29,8 + 600 x 18,3% x 37,9);
jami suv solig’i - 32 846,42 so’mni tashkil etgan.
Korxonaning 2012 yil avgust-sentabr oylari uchun to’lashi kerak bo’lgan soliqqa 2012 yilning 26 oktabridan boshlab 2013 yilning 15 martiga qadar penya hisoblanadi.
Penya miqdori 1 271,63 so’mni ((14 077,04 x 0,05% x 142 kun) + (18 769,38 x 0,05% x 29 kun)) tashkil etadi.
Bunda ushbu penya miqdori Prezidentning 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son Farmoniga asosan amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan birga kamaytiriladi. Shundan kelib chiqib to’lashga:
asosiy qarz - 32 846,42 so’m
penya - 847,75 (1 271,63 x 2 / 3) so’m.
Belgilangan stavkalar bo’yicha quyidagicha to’lanadi:
yer usti manbalaridan 1 kub metr uchun - 35,8 so’m;
yer osti manbalaridan 1 kub metr uchun - 45,5 so’m.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi, chunki ular bo’yicha soliqning turli stavkalari belgilangan (Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga 13-ilova). 2011 yilda vodoprovod tarmog’iga kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati quyidagicha belgilangan:
yer usti manbalaridan - 81,7%;
yer osti manbalaridan - 18,3%.
MISOL. Korxona, suv o’lchagich asboblarning ma’lumotlariga ko’ra, vodoprovod tarmog’idan 350 kub metr suv ishlatgan. Тegishincha, yer usti manbalaridan 258,95 kub metr (350 x 81,7%), yer osti manbalaridan 64,05 kub metr (350 x 18,3%) suv ishlatilgan.
2011 yilda soliqning quyidagi stavkalari belgilangan:
yer osti manbalaridan 1 kub metr suv uchun 37,9 so’m;
yer usti manbalaridan 1 kub metr suv uchun 29,8 so’m.
Shu tariqa, chorak uchun soliq summasi 10144,21so’mni (64,05 x 37,9 + 258,95 x 29,8) tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |