Soliq solish ob’ekti - Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi:
-
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sug’orish tarmog’i, sohil bo’yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
-
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog’lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
-
kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
-
zaxira yerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |