O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI



Download 476,55 Kb.
bet73/196
Sana08.08.2021
Hajmi476,55 Kb.
#141775
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi n

Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI

I.


  1. O‘zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi?

  2. Yolg‘iz o‘zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo‘lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg‘iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi?

  3. Ko‘chada tanishingizni ko‘rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi?

  4. Tanish do‘stlaringiz ko‘pmi?

  5. Nima deb o‘ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi?

  6. Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi?

  7. Telefonda uzoq gaplashasizmi (do‘stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)?

  8. Sizda ba’zan shunday holat bo‘ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg‘iz o‘zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o‘tmasdan, siz yana kishilar va do‘stlaringiz bilan muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi?

  9. Ba’zan tanishlaringiz haqida o‘ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi va suhbatning lozim bo‘lgan mavzusi ham topiladimi?


II

  1. O‘quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his qilasizmi?

  2. Ishdan bo‘sh vaqtlaringizda bolalar va o‘quvchilaringiz haqida o‘ylaysizmi?

  3. Sizda shunday holat bo‘ladimi: masalan, o‘qigan kitobingiz haqida yoki ijtimoiy hayotda ro‘y bergan biror taassurotli hodisa haqida o‘quvchilaringizga aytib berish, o‘z mulohazalaringizni bildirish istagi paydo bo‘ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering.

  4. Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o‘ylaganingizda sizda birdaniga o‘qitish, tarbiyalash istagi paydo bo‘ladimi?

  5. O‘quvchilarga ta’til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi sizda paydo bo‘ladimi?

  6. Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqot jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o‘ylashingiz ta’sir etadimi, nima deb o‘ylaysiz?

  7. O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar oldidan maktabga kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling.

  8. Ma’lumki, tanaffus payti – ta’lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o‘quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbeh berish istagi, bu ko‘rinishdan qoniqish hissi?

  9. Dars oldidan o‘qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqot haqida o‘ylaysizmi, bu o‘y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga qanday ta’sir etadi?

  10. Sinfga kirib kelishingiz, o‘quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta’sir etadi (tez harakat qilishga da’vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg‘otadi, tetiklantiradi, ko‘ngillarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, umuman ta’sir qilmaydi va hokazo.)?

  11. Dars jarayonida o‘zlashtirmovchi va intizomsiz o‘quvchilarga nisbatan asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi?

  12. Siz uchun o‘quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o‘zingizni ko‘proq betaraf his qilasizmi?

  13. Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilmasa, o‘zingizni qanday his qilasiz: qayg‘urasiz, munosabatni yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o‘z aytganingizni majburlab bajartirasiz, o‘quvchilar fikrini ham ma’qullaysiz?

  14. Dars jarayoni yaxshi o‘tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu sizning ishchanlik kayfiyatingizga ta’sir etadimi, o‘quvchilar bilan muloqot qilish zaruriyatini keltirib chiqaradimi?

  15. O‘quvchilaringizni ko‘chada, mahallada ko‘rib qolgan paytlaringizda, ular bilan suhbatlashish istagi paydo bo‘ladimi?

  16. Transportda, ko‘chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o‘quvchini kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo bo‘ladimi?

  17. Sinfda dars o‘tish davomida siz uchun ma’lum bo‘lgan holatni tahlil qiling: o‘quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat’iy nazar belgilangan dars rejasini amalga oshirish.

  18. Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o‘rganish bo‘yicha turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir qatorda, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o‘ylab olasizmi?

  19. O‘quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt davom etadimi?

  20. O‘qituvchilik kasbingizni o‘zgartira olarmidingiz? Agarda o‘zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?


III.

  1. O‘quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari sizda shakllanganmi yoki yo‘qmi: uni tahlil qiling?

  2. Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik yordam beradi deb o‘ylaysiz?

  3. Siz o‘zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo‘ladigan kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?

  4. Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o‘tish davomida o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?

  5. Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik muloqotdan farqli nimalar paydo bo‘ladi?

  6. Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba’zan kishilar bilan odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko‘chirgan holatlaringiz bo‘ladimi? Tahlil qiling.

O‘tkazilgan o‘z-o‘zini kuzatish asosida, o‘zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‘zingiz uchun “Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o‘qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo‘lganida) bo‘la oladi hamda o‘quvchilar bilan muloqotda salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko‘nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi.

Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid ko‘p narsalarni har qanday o‘qituvchi o‘zining shunchaki sog‘lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to‘siqlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o‘qituvchi turli seminarlarda, yig‘ilishlarda, o‘qituvchilar davrasida ko‘proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz bilan gaplashish vazifasini qo‘ying. Yoshi ulug‘, tajribali o‘qituvchilarga o‘zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do‘kon sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va hokazo. Ko‘chada yo‘lovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik ko‘rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo‘llashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya jarayonida muloqot qilish haqida o‘ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi kayfiyat bag‘ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O‘quvchilar bilan muloqotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni tan oling va ko‘ra biling, sizga qoniqish bag‘ishlashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‘ylang.

Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, hatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o‘zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o‘z kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta’lim va tarbiyadan ko‘zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta’siri ekan, demak, aynan o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik sharoitida o‘qituvchi ularning ma’naviy dunyosiga kirib borishi kerak



Quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini tahlil qiling, keyin esa o‘zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering:

    1. Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo‘sh).

    2. Muloqotning boshlang‘ich bosqichida o‘zini erkin his etish, umumiy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz).

    3. Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal tayyorgarlikni ta’riflash; yoki ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo‘qligi).

    4. Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko‘tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, muloqotni tashkil qilishda tashabbusning yo‘qligi.

    5. Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma bosqich, ba’zi vaziyatlarda) bo‘lgan o‘qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish.

    6. Dars jarayonida va o‘quvchilar bilan muloqot davomida o‘z ruhiy hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o‘zini boshqara olish qobiliyati, kayfiyatning buzilishi, o‘z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik).

    7. Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg‘un, sermahsul, yengil, rasmiy; yoki majburiy, zo‘rma-zo‘raki muloqot).

    8. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o‘z shaxsiy uslubi samaradorligini his qilish, o‘zaro muloqot va ta’sir o‘tkazish metodlari birligini tashkil qila olish malakasi; yoki muloqotdan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida yetarlicha foydalana olmaganlik).

    9. Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam, ta’sirchanlikning yo‘qligi; betaraf; yo‘riqnomaviy-idoraviy).

    10. Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko‘rinishga ega bo‘lish, tashqi ko‘rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg‘ularga boy, bosiq va vazmin ko‘rinishni yuzda aks etishi).

    11. Pantomimika (ifodali va ta’sirchan harakat, yoqimli inson, sevimli ustoz sifatida o‘zligini namoyish eta olish, his tuyg‘ularga boy, bosiq va vazmin bo‘lish, betaraf, beo‘xshov harakatlardan saqlanish).

Ushbu tahlilga yakun yasab, o‘zingiz uchun foydali bo‘lgan xulosalar chiqaring, o‘zingizda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va texnologiyasini shakllantirish bo‘yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan trening, dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi o‘zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating.


Download 476,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish