O'zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,57 Mb.
bet3/49
Sana30.12.2021
Hajmi3,57 Mb.
#87211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA.pdf 2020.doc04

D i q q a t. Yuqorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud boMgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat ongimizni o‘zimiz idrok etayotgan, tasawurqilayotgan, fikr yuritiiayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to‘plash demakdir. Diqqat o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarining faol borishi va sifatli bo‘lishi uchun zamrdir, xolos.

Ba’zi psixologlar (masaian, G.A. Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo‘shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o‘ziga xos alohida bir ko‘rinishi ekanligi keyimoq yaqqol angJaniladi. Shu sababli diqqatni iroda-sohasiga ham qo‘shish mumkin.

Odamning idrok qilayotgan, tasawur etayotgan, fikr yuritayotgan nar- sasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko‘nglidan kechayotgan har xil yo- qimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg‘ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi.

Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg‘uni, do‘stlik, vatanga muhabbat- ni, urush olovini yoquvchilarga qarshi g‘azabni his qilamiz. Odamning emotsional tuyg‘ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasawur etayotgan va fikr yuritayot­gan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o‘z ifodasini topadi,

Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo‘ladi.

Psixik faoliyatning yuksak ko‘rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan o‘yIagan maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g‘ayrat ko‘rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi.

Ixtiyoriy (iroda bilan bo‘ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari bo‘ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g‘ayrat ko‘rsatmasdan turib yuzaga chiqadi. Ixti­yoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat-e’tiborda va ish-harakatda ko‘rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan boMadigan) harakatlar farq qilinadi.

Psixologik hodisalar subyektiv kechinmaJar aks etiladigan пака va ho­disalaming miyamizdagi obrazlari shaklida ro‘y beradi. Ammo, barcha sub­yektiv psixik hodisalar sirtda, organizmimizning xilma-xil o‘zgarish va hara- katida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o‘z ifodasini topadi.

Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida o‘z ifodasini topadi, shu harakatlar yig‘indisi esa xulq-atvor deb ataladi.

Psixika bir butun yaxiit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitli- giga sabab awalo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir.

Psixik hayotning hamma tomonlari: aql, his va iroda shaxsning faoli- yatida namoyon bo‘ladi. Shaxs olamni biladi, shaxs turli hislami dildan kechiradi va shu shaxs ish-harakat qiladi.

Psixik faoliyatning ayrim turlari yagona ong funksiyasi shaxsning funksiyasidir.

Psixologlarning ko'pchiligi psixik funksiyalar termini o‘rniga psixik jarayonlar terminini ishlatadi

.Ammo psixik funksiyalar terminidan foydalangan ma’qulroq. Funksiya tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham, psixik holatni ham, faollikni ham, ish-harakatini ham o‘z ichiga oladi. Funksiya qanday bo‘lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki namo- yon bo‘lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda - psixika qismlari emas, o‘zaro yonma-yon ro‘y beruvchi jarayonlar emas, balki bir butun ongning funksi- yalari — bir butun shaxsning funksiyalaridir.

  1. PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI

Boshqa fanlarni o‘rganish kabi, psixologiyani o‘rganishning ham, awa-

lo, bilish, ma'lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o‘rganib, voqelikning g‘oyat katta va sifat jihatidan o‘ziga xos sohasi — psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyo- sida psixik hayot shaJdJari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug‘ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi — psixologning ilmiy tadqiqot- lari ana shu savoilarimizga javob beradi.

Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislami ko'nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko‘radi

  • pslxoiogiyani o‘rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.

Psixologiyani o‘rganish odairmi psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o‘stirishga yordam beradi. Odam aqlini o‘stirish, jumladan, yangi bilimlar va ko‘nikmalami tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri hal qilish qobiiiyatini takomillashtirishda, o‘z fikrlarini nutqda to‘g‘ri ifodalay bilish va boshqalaming nutqini to‘g‘ri tushuna bilishda ham o‘z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug4ilianish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o‘rin tutadi. Odam psixologiyani o‘rganar ekan, avvalo o‘z aql- idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o‘z aql- idrokining ko‘proq o‘sishiga yordam beradi.

Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlami egallash shaxs dunyo- qarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir.

Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo‘lib xizmat qiladi.

Odam psixologiyani o‘iganar ekan, o‘zidagi psixik hayotni va boshqa ishitar psixikasini bila oladigan bo‘lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishi- imi va o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir.

Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya me tod lari) kishilar maliy faoliyatining har xil turlarida — ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, lehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san’at va boshqa Dhalarda ham katta ahamiyatga egadir.

Pedagogika ishida, ya’ni yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda psi- ologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta.

Pedagog o‘quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu mate- ialni bolalar qanday o‘zlashtirayotganini, qanday idrok etayotganini, eslab olayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e’tibor, hissiyot qanday namoyon oMayotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday o‘y berayotganini bilishi lozim.

Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta’limi va mehnatni :ishkil etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. shning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va mahorat talab ;ilish bilan birga maxsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli, lri keladigan kishilar maxsus psixologik tekshirishdan o‘tkaziladi. *4asalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda talabgorlar xotirasi juda yax- hi, fahmi o‘tkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'chira iladigan, aniq uyg4m harakatlarni tez bajara oladigan kishilarni ajratib dish maqsadida tekshirib ko‘riidi.

Korxonalar va boshqa xo‘jalik, madaniy va ma’muriy muassasalari- ling hamda tashkilotlaming rahbarlari kadrlarni tanlay bilishi, ularni joy- :>yiga qo‘ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning uchun esa ilarning qobiliyatlari, xarakteri, mehnatga munosabati va boshqa shu ka- 'ilaming farqiga bora bilishi kerak.

Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan bogianib keladi. Kasalliklar orasida isixik kasalliklar bo‘ladi. Bunday kasalliklarni ham, asosan, psixologik ositalar bilan davolashga to‘g‘ri keladi. Shifokor psixik kasalliklarni yax- hiroq ajrata olishi uchun odamning normal psixologiyasini ham bilishi erak. Boshqa kasalliklarni, ayniqsa, nerv kasalliklarini davolashda ham hifokor bemorning mhiy holatini bila olishi va kasallikning borishiga uhiy holatning ta’sirini nazarda tutishi lozim. Shifokor bemorga psixik a’sir ko‘rsatish vositalarini, ishontirish, inaslahat berish va boshqa shu abilarning ahamiyatini bilishi kerak.

Psixologiya sud ishida ham muhim rol o‘ynaydi. Sud xodimi ayb- anuvchining ruhiy holatini, guvohlarning so‘roqda aytgan gaplarini psi-

xologik jihatdan tahlil qila bilishi kerak. Kishilar biron ayb, jinoyat qilgan- larida nima niyat bilan shunday qilganliklarini sud xodimi fahmlay bilishi kerak. Aybdorlarning individual xususiyatlarini ham bilib olishga to*g‘ri keladi. Bu laming hammasida ustalik bilan ish kolrmoq uchun odamning pslxikasini bilish, psixologiyani o'rganish kerak.

Psixologiyaning san’atdagi ahamiyatini ham ko‘rsatib o‘tmoq kerak. Har bir san’atkor (artist, musiqachi, rassom va shunga o'xshash) kishilarga — tomoshabinlarga, tinglovchilarga o‘z ijodi bilan ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday flkrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San’at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning birorbadiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san’atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart.

Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar o‘rtasida bo£ladi, muayyan munosabatlar — tanish- bilishlik, oshna-do‘stlik va boshqa shu kabilar lufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. Har birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyat- larini bihb olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ulaiga ta’sir ko‘rsatishga tobg‘ri keladi.

Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilimlarning amalda qollanishi psixik hayot hodisalari, uning qonuniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oydin- lashtirish uchun ham ko‘p material beradi va shu bilan psixologiyaning nazariy sohalarini boyitadi.

Psixologiyani ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham kolrinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida undan bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko‘tarildi.

Psixologiyaning shu tarmoqlaridan bir qismi ko‘proq nazariy xarakter- da bo‘lsa, ikkinchisi ko;proq amaliy xarakterdadir.

  1. PSIXOLOGIYA METODLAM

Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo‘llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug'iladi.

Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega boMmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.

Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim: tekshiriladigan har bir psixik hodisaga* boshqa hodisalar bilan bogiangan deb qaralishi zarur. Masaian, psixik hodisani uning nerv-fiziologik asosdan ajratib o‘rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o‘rganish yaramaydi va hokazo.

Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‘zgarish jarayonida ko‘zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masaian, bolalar va o‘smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan tin ib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo‘lmaydi.

Psixik hayot hodisalarini ulami taraqqiyot jarayonidan o‘rganganda micjdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o'tishini va bir sifat holati- ning ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko'zdan kechirmoq kerak. Masaian, odam psixikasining taraqqiy etishini o‘rgana turib, bilim olish va to‘plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, musho- hadakorligi sifat jihatidan o‘zgarishni ko‘rsatib bersa boMadi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlami izlash, yan- gicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g‘oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o£z mavzuini o‘rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So‘ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.

Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperi- ment shaklida qo41aniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa maxsus metodlari: suhbat metodi, biografiya meto- di, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo‘llaniladi.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish