59
sindirish ko’rsatkichi suvnikiday, to`r parda bir necha qatlamdan iborat bo’lib,
qatlamlarning qalinligi va yorug’likka sezgirligi turlicha. Unda yorug’likni
sezuvchi ho’jayralar mavjud. Ularning cho’zinchoq uchlariga tayoqchalar,
kolbasimon uchlariga kolbachalar deyiladi.
Ko’zning asosiy vazifasi ko’zga tushgan yorug’lik energiyasini (fotoreseptor
to’qimalar yordamida) elektr energiyasiga aylantirib ko’rish nervlari yordamida
markaziy miyaga yetkazishdir. Fotoreseptor to’qimalar sezgirligi juda kuchli.
Odam ko’zi albatta eng mukammal sistemadir. Hayvonlarda esa turlicha. Masalan,
chuvalchanglarda ko’rish faqat yorug’ va qorong’ulikni farqlashdan iborat bo’lib,
ularda fokuslovchi qism yo’q. Malyuskalarda chuqurcha mavjud bo’lib, u
yorug’likning tushish yo’nalishini aniqlay oladi. Chayonlarda esa endi ancha
rivojlangan bo’lib, fokuslovchi linzasi ham bor. Tayoqchalar hayvonlarda
turlichadir. Masalan, chumolida 100 ta bo’lsa, ninachida 28 mingta, lekin ularda
ajrata olish qobiliyati kichik. Sochish burchagi 1-8
o
atrofida. Tayoqchalar ko’zning
hamma sirtida bir tekisda joylashgan bo’lib, asosan oq-qora reseptor rolini
o`ynaydi. Kolbachalari esa markazda to’plangan bo’lib, asosan rang uchun
javobgardir. Tayoqchalar sezgirligi kolbachalarnikidan katta. Masalan, tayoqchalar
10
-6
lk. da ko’rish imkonini beradi. Kolbachalar esa 10
-2
lk. da rangni ajrata oladi.
Yorug’likni sezish ham Veber-Fexner qonuniga bo’ysunadi. Ko’zga kesimi 4 mm
2
bo’lgan ko’rish nervi keladi, u esa million nerv tolalariga bo’linadi. Odam ko’zida
10 ta qatlam bo’lib, fotoreseptor to’qima eng oxirgisi hisoblanadi. Fotoreseptor
yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi va kuchaytirish
koeffisiyenti 10
5
– 10
6
ga teng. U hatto 3-4 foton tushsa ham ishlaydigan
qurilmadir. Kishi ko’zning tur qatlamida 130 million tayoqcha va 7 million
kolbachalar joylashgan. Yorug’likning asosiy sinishi miguz pardaning tashqi
chegarasida yuz beradi. Uning optik kuchi 40 dioptr, gavharniki 20 dp, butun
ko’zning optik kuchi 60 dp. Ko’z turli uzoqlikdagi jismlarni bir xil ravshanlikda
ko’rishi kerak. Buning uchun ko’z gavhari egriligi o’zgaradi. Bunga «keskinlikka
to’g’rilanish» - akkomodasiya deyiladi, jism cheksizda bo’lsa, uning optik kuchi
nolgacha kamayadi. Jism yaqinlashsa gavhar radiusi kattalashadi va 60 dp bo’ladi.
25 – sm zo’riqishsiz eng yaxshi ko’rish masofasi hisoblanadi.
B = L
= B/L
Bu ko’zning ajrata olish qobiliyati taxminan 1
11
ga teng. Bu esa eng yaxshi
ko’rish masofasi uchun ikki nuqta orasidagi masofa 70 mkm ga teng bo’lishini
ko’rsatadi.
Bu holda to’r pardada 5 mkm tasvir hosil bo’ladi. Yaqindan ko’rishda
akkomodasiya yo’g’oladi va tasvir orqa fokus parda olidida bo’ladi. Uzoqdan
ko’rishda esa fokus pardadan orqada bo’ladi. Yaqindan ko’ruvchi ko’zni tuzatish
uchun sochuvchi (manfiy), uzoqni kuruvchi ko’zni tuzatish uchun yig’uvchi
(musbat) linzalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: