1) Estetik funksiyasi. Jismoniy tarbiyani o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog‘lom bo‘lishga, umumiy garmonik rivojlanishiga bo‘lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham har xil san’at turlarida jismoniy tarbiya turlarini qayd qilish keng yo‘l olgan bo‘lsa, sportning o‘zi ham san’atning ko‘pgina ko‘rinishlarini qabul qiladi.
2) Normativ funksiyasi. Jismoniy tarbiyani jamiyatdagi amaliyotda ishlatilishi bilan, ma’lum mezonlar ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi. Bular esa tartiblashtirilgan, sport ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichi, jismoniy kamolotning umumiy kriteriyalari, jismoniy yuklamani me’yorlashtirish qoidalari va h.k. bo‘ladi.Bular amaliyotda “Alpomish” va “Barchinoy” sport majmuasi va O‘zbekiston Respublikasi sport klassifikatsiyasida yaxshi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |