4) Rekriativ va sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy tarbiyani dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo‘qotgan funksional imkoniyatlarini qayta tiklashda ko‘proq ko‘rinadi. Ko‘pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ va sog‘lomlashtirish funksiyasining ahamiyati juda katta.
Jismoniy tarbiyaning bu funksiyalarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir.
Umumiy funksiyalari. Tarbiyaga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy tarbiya sohasida ham ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |