Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. Bu qismda nazariyaning apparati, uning predmeti va tadqiqot uslublarini tashkil etuvchi tushunchalar ifodalangan, asosiy ijtimoiy funksiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli xarakteristika berilgan, jamiyatda uning rivojlanish oqimlari kuzatilib umumlashtirilgan.
Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi. Bu erda jismoniy tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni, bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |