Chaqqonlik- muvofiqlash nuqtai nazaridan murakkab harakatlarni bajarish, ularni tez o‘zlashtirish, yuzaga kelgan vaziyatga qarab harakatlarni o‘zgartira olish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlarni faqat oqilona va tez o‘zlashtirish emas, ularni o‘zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq tarzda qo‘llash kabi usullar fiziologik asoslangan sanaladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda buning uchun harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari elementlari (masalan, mini-futbol), o‘yin mashqlar, estafetadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |