O‘quv materialining ta’lim uslublariga muvofiqligi. Ta’lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xil. Shu bilan birga, ularning har biri o‘zining xarakteri va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta’limning o‘ziga xos usullarini talab qiladi. Masalan, ba’zi bir umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish vaqtida so‘z uslubi bilan chegaralanadilar. Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish vaqtida ko‘rsatish uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o‘rgatish vaqtida umuman o‘rgatish uslubi qo‘llaniladi. “Murakkab mashqlar”ni o‘zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |