Ta’limning tarbiyalovchi xarakterini ta’minlash. Har qaysi tanlangan uslub ta’limning nafaqat samaradorligini, balki o‘quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta’minlashi kerak. Shuning uchun bolaning tashabbusini buzib qo‘yadigan, harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan uslublardan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ta’limning tamoyillar bilan muvofiqligi. Ta’lim uslubiy tamoyillarning barcha tizimlariga tayanishga majburdir. Uslubning alohida olingan tamoyil bilan aloqasini bir tomonlama izohlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, agar o‘qituvchi ko‘rsatish uslubidan foydalansa, u holda ko‘rgazmalilik tamoyilini to‘la ta’minlagan bo‘ladi. Ma’lumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqali singdirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |