O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil


Kanoeda eshkak eshishda eshish texnikasi elementlarini mustahkamlash va uni takomillashtirish



Download 4,17 Mb.
bet56/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Kanoeda eshkak eshishda eshish texnikasi elementlarini mustahkamlash va uni takomillashtirish. Eshishni bajarish texnikasini takomillashtirish sportchi muvozanat saqlashni va qayiqni to’g’ri boshqarish bilan bog’liq harakatlarni o’zlashtirgandan keyin boshlanadi. Eshishni bajarish texnikasini mustahkamlashda eshish uzunligini oshirish va olib o’tishga kuchlanish berish yaramaydi.
Eshkakni oldinga o’tkazishni takomillashtirishda qo’l va gavda harakatlari ketma-ketligini to’g’ri amalga oshirish va eshkakni oldinga olib o’tishni hamda harakat tezligini muntazam oshirib borishga diqqatni qaratiladi.
Yuqori qo’l harakatlari va gavdaning o’z o’qi atrofida burilishiga alohida e`tibor beriladi. Eshkakni oldinga sekinroq o’tkazish eshishning bu elementini ongli ravishda nazorat qilishga va bo’shashishga yordam beradi.
Suvni ilishni takomillashtirishda asosiy diqqat suvni ilish vaqtida eshkak yuzasi holatiga (eshkakning yopish burchagiga) va suvga tayanch olish uchun unga zaruriy tezlik berishga qaratiladi.
Eshishni bajarish texnikasini takomillashtirishda olib o’tishning oxiri va to’g’ri boshqarilishga alohida e`tibor beriladi. Texnikaning bu elementini bajarishdda gavdani ko’tarish uchun eshkak yuzasining suvga tayachidan va keyingi eshishni bajarish uchun uni dastlabki holatga keltirishdan foydalanish zarur.
Eshishni bajarish texnikasini nazorat qilish nafaqat eshkak eshuvchi harakatlarining to’g’riligi, balki qayiqning to’g’ri harakatlanishi orqali amalga oshiriladi.
Kanoeda eshkak eshishda startdan chiqish va marraga kelishni o’rgatish. Startda eshkak eshuvchi minimal qisqa vaqt ichida qayiqni ishonchli boshqarishni ta`minlab, maksimal tezlikka erishishi zarur.
Startdan chiqishni o’rgatishda baydarkadagi kabi kanoeda ham avval harakatda startdan chiqish, so’ngra to’xtab turgan joyda startdan chiqish o’rganilad.
Shug’ullanuvchilarga marra tezlanishini trenirovka mashg’ulotlari jarayonida musobaqaviy masofani nazorat uchun bosib o’tishda o’rgatiladi. Eshkak eshuvchi masofa bo’laklarini o’rtacha shiddatda bosib o’tadi. Marra tezlanishini bajarish uchun belgilangan bo’lakka kelganda u olib o’tish uzunligi va kuchlanishini saqlagan holda eshish tempini oshirishga harakat qiladi. Sportchi bunday usulni egallash bilan birga eshkakka beriladigan kuchlanishni pasaytirmasdan eshish tempini maksimalgacha oshirishga intiladi. Marra tezlanishini bajarish samaradorligi masofaning belgilangan bo’lagini bosib o’tish tezligi bilan aniqlanadi.
Startdan chiqish va marra tezlanishi texnikasini takomillashtirish shamol va oqimni hisobga olgan holda maksimal darajada musobaqaga yaqinlashtirilgan sharoitda amalga oshiriladi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish