O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil


-mavzu. Suv slalomida eshkak eshish texnikasi



Download 4,17 Mb.
bet30/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

7-mavzu. Suv slalomida eshkak eshish texnikasi
Suv slalomida eshkak eshishda asosiy texnik usullar. Suv slalomda eshkak eshish – bu belgilangan darvozalar orqali masofani bosib o’tishni talab qiladigan sport turidir. Suv havzasi daryoning bir qismi yoki su’niy trassa bo’lishi mumkin. Musobaqalar o’tkazish uchun suv oqimining tezligi sekundiga 2 martadan kam bo’lmasligi lozim.
Darvozalar trosga bog’langan ikkita: oq-yashilga bo’yalgan (“to’g’ri darvozalar ” - oqim bo’yicha bosib o’tish zarur bo’lgan) va oq-qizilga bo’yalgan (“teskari darvozalar” - oqimga qarshi o’tish zarur bo’lgan) tayoqdan tashkil topadi. Darvozalardan o’tish tartibi darvozaga biriktirilgan raqamlar orqali amalga oshirilaqi.
Suv slalomi texnikasi quyidagi asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: eshish texnikasining o’zi, darvozalardan o’tish texnikasi, to’lqinli suvlarda suv slalomi elementlarini bajarish texnikasi va juvtlikda eshish texnikasi xususiyatlari.
Suv slalomida sportchi va qayiq yahlit tizimni tashkil qiladi. Bu esa oyoqlar uchun asosiy tayanch tizimi va son-boldir qismlari uchun yon tayanchlar hisobiga amalga oshadi.
Poyga qayiqlari bilan taqqoslaganda slalom qayiqlarida eshkak eshish texnikasining asosiy xususiyati uning boshqaruvidadir. Boshqaruv esa qayiqning yonga og’ishi, yoy shaklidagi eshish harakatlari, yonlama tortish va qayiqni burib eshish hisobiga amalga oshiriladi (24-rasm).

24-rasm. To’lqinli suvlarda suv slalomini boshqarishh
Qayiqning yonga og’ishi qayiq boshqaruvini tashkil qiluvchi muhim omildir. Qachonki qayiqning yonga og’ishi murakkab texnik elementning
tashkil qiluvchi qismi bo’lsa yoki qayiqni keskin burish lozim bo’lganda eshkak eshuvchining og’irlik markazi qayiqning og’ish tomoniga siljiydi, bunda eshkakning tayanch funksiyasi ortib boradi.
Suv oqimini kesib o’tishda qayiq oqim yo’nalishi tomonga og’adi va tubini oqimga tutib beradi. Bunda oqim qayiqni bukadi va suv sathida ushlab qoladi. Suvning oqimi qanchalik tez bo’lsa, qayiqning yonga og’ishi shunchalik ko’p bo’ladi.
Yoysimon eshish harakatining to’rtta turi farqlanadi:
1. Yo’nalish bo’ylab old itaruvchi;
2. Yo’nalishga qarshi old itaruvchi;
3. Yo’nalish bo’ylab orqa itaruvchi;
4. Yo’nalishga qarshi orqa itaruvchi.
Yo’nalish bo’ylab old itaruvchi eshish harakatlaridan qayiq kursini to’g’irlashda foydalaniladi.
Yo’nalishga qarshi old itaruvchi eshish harakatlaridan qayiq orqaga harakatlanayotganda yo’nalishni 90° burchakka o’zgartirishda foydalaniladi.
Yo’nalish bo’ylab orqa itaruvchi eshish harakatlaridan qayiq orqaga harakatlanayotganda uning yo’nalishini to’g’irlashda yoki o’zgartirishda foydalaniladi.
Yo’nalishga qarshi orqa itaruvchi eshish harakatlaridan qayiq oldinga harakatlanayotganda yo’nalishni 90° burchakdan ortiqroqqa o’zgartirishda foydalaniladi.
Suv slalomida eshkak eshishda bir qancha usullar mavjud, ulardan quyidagi asosiy variantlarni ajratish mumkin:
1. Old tortuvchi;
2. Orqa tortuvchi;
3. Parallel tortuvchi.
Old tortuvchi eshish harakati qatiq oldinga harakatlanayotgan qayiq yo’nalishini oldinga-yonga o’zgartiradi.
Orqa tortuvchi eshish harakati qayiqning asos qismi bilan oldinga harakatlanishida va bir vaqtning o’zida qayiqning eshish yuzasi tomon sezilarsiz siljishida qo’llaniladi.
Parallel tortish – qayiqni kuchli yonlama siljitish usullaridan biridir.
Qayiq boshqaruvi tizimidagi eng muhim va majburiy element bu – “eskimoscha” aylanish hisoblanadi.
Eskimoscha aylanishni bajarish usullaridan biri “yarim vint” usuli bo’lib, bunda eshkakchi-baydarkachi suvga ag’darilgan holatda qayiq tumshuq qismidan asos tomon kuchli yoysimon eshish harakatini amalga oshiradi. Eshish harakati evaziga yuzaga kelgan kuch eshkak eshuvchina suv sathiga yaqinlashtiradi. So’ngra qayiqni eshish yuzasiga parallel tortish va bir vaqtning o’zida sonlarning tomonlarga keskin silkinishi yordamida eshish yuzasi hosil qilgan tayanch hisobiga qatiq me`yoriy holatga keladi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish