ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig`ilish kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi byurosi tomonidan o`tgan o`quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlarga batafsil to`xtaldi (byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U so`zining oxirida yig`ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng yig`ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o`tgan o`quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda byuroning yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasini muhokama qilishdi.
SO`ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar mazkur masala yuzasidan so`zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining ishlari haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini o`tgan o`quv yilida yaxshi faoliyat ko`rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta saylash taklifini bildirishdi. Yig`ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish rejasi bo`yich bildirgan qo`shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi.
QAROR QILINDI:
Guruh kasaba uyushmasi raisi T.V.Dorfning uyushma tomonidan 2005-2006-o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin (yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi).
Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o`tgan o`quv yilida yaxshi ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin.
Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2006-2007-o`quv yili uchun
mo`ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin (ish reja majlis bayoniga ilova qilinadi).
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi navbatdagi masala bo`yicha guruh yetakchisi Urcheva L.A. axborot berdi. U o`z so`zida guruhda tartib intizomning bir oz bo`shashganligini, chunonchi o`tgan haftadagi ma’naviyat soatiga ayrim talabalarning faol qatnashmaganligini tanqid qilib o`tdi. Shuningdek, talabalardan O.Karatsuba, N.Beresheva, T.Manukyanlar Universitet xiyobonida o`tkazilayotgan shanbaliklarga ham chiqishmaganini aytib o`tdi. U guruh talabalarini o`qishda ham, jamoat ishlarida ham, tartib-intizomda ham faol bo`lishga chaqirdi.
SO`ZGA CHIQDI: guruh talabalaridan I.Chachiyeva, V.Yun, L.Reyxert, I.Konyevalar so`zga chiqishib, ikkinchi masala bo`yicha axborot bergan guruh “Kamolot” YIH yetakchisi L.A.Urchevaning fikrlarini qo`llab-quvvatladilar hamda guruhda tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan o`zlarining takliflari va mulohazalarini bildirdilar.
QAROR QILINDI:
1. Guruhda yangi o`quv yili boshidanoq tartib-intizomning bo`shashganligi qayd etilsin va tartib-intizomni buzuvchilar ustidan doimiy nazorat o`rnatish, amaliy mashg`ulotlar, seminarlardan ulgurmayotgan talabalarga ko`maklashish guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi tarkibi a’zolariga yuklatilsin.
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi har xil masalalar bo`yicha guruh oqsoqoli B.Sayfulov so`z olib, dars jadvalidagi o`zgarishlar, obuna hamda dekanat tomonidan berilgan har xil topshiriqlarni talabalarga yetkazdi. Shu bilan guruh kasaba uyushmasi a’zolari yig`ilishi o`z ishini tugatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |