O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet: “Kompyuter injiniringi” Kafedra


IP-manzillarda niqoblardan foydalanish



Download 0,94 Mb.
bet10/27
Sana31.12.2021
Hajmi0,94 Mb.
#264854
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
2-semestr IPI

IP-manzillarda niqoblardan foydalanish.Internetda manzillar oralig‘ini ajratuvchi element tarmoq osti tarmoq deb ataladi. Tarmoq osti tarmoq bu - ko‘plab tarmoqlar to‘plami bo‘lib, boshqa tarmoq osti tarmoqlar bilan kesishmaydi. Bu shuni bildiradiki, tashkilotning tarmog‘i kismlarga ajratilgan bo‘lib, bularning xar biri tarmoq osti tarmoqlardan tashkil topgan bo‘ladi. Xar bir tarmoq osti tarmoq fizik jixatdan lokal tarmoqga mos keladi (misol uchun, Ethernet). Tarmoq osti tarmoq fizik jihatdan tarmoqda kabel uzunligi va kompyuterlar soni cheklanganligi tufayli tashkil qilinadi. Masalan: ingichka Ethernet segmentining maksimal uzunligi 185 metr va 32 tagacha tugunlarni ulash mumkin. Eng kichik tarmoq sinfi 254 tugundan iborat bo‘ladi. Bu natijaga erishish uchun bir nechta fizik segmentlarni birlashtirish zarur. Buni fizik qurilmalar (misol uchun, takrorlagichlar) yordamida yoki shlyuz-mashinalar yordamida amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda mantiqiy tarmoq bir butundek ko‘ringani uchun tarmoqosti tarmoqga bo‘lish shart emas. Shlyuzni ishlatganda tarmoqtarmoq osti tarmoqlarga bo‘linadi.

Tarmoqning tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linishda IP -manzilning kompyuter raqamiga birlashtirilgan qismini ishlatadi. Tarmoq admistratori IP -manzilning bir qismini niqoblashi mumkin va uni tarmoq osti tarmoqlarni raqamlash uchun qo‘llashi mumkin. Amalda manzilning ikkiga bo‘linish usuli kompyutermanziliga tarmoq osti tarmoqlarga bo‘lishni amalga oshiradigan tarmoqIP -manzili tomonidan qo‘llanadi.

Tarmoq osti tarmoq niqobi - bu tarmoq osti tarmoq raqamini olish uchun IP manzilga biriktiriluvchi 4 baytli ma’lumot. Masalan: 255.255.255.0 niqobi V sinf tarmog‘ini 254 tarmoq osti tarmoqga, xar biriga 254 tagacha tugun ulash imkonini beradi. Tarmoq osti tarmoqlar nafaqat muammolarni hal etadi balki, bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, manzillarning yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon fizik cheklovlar sababli emas balki, tarmoq osti manzillarini qurish vaqtida yuzaga keladi.

Tarmoqning standart sinflari uchun niqoblar quyidagi qiymatlarga ega:

SinfA- 11111111. 00000000. 00000000. 00000000 (255.0.0.0); SinfB- 11111111. 11111111. 00000000. 00000000 (255.255.0.0); SinfC- 11111111. 11111111. 11111111. 00000000 (255.255.255.0).

Xar birIP-manzilni niqoblab manzillar sinflari atamasidan voz kechish mumkin va manzillashtirish tizimini mustahkamlash mumkin. Misol uchun 185.23.44.206 manzil 128-191 oraliqqa tushadi bu manzil V sinfga tegishli. Mos tarzda tarmoq raqami ikkita nol qo‘shilgan birinchi ikki bayt - 185.23.0.0 bo‘lib, tugun raqami esa - 0.0.44.206 bo‘ladi. Agar bu manzilga 255.255.255.0 ko‘rinishdagi niqobni qo‘llasak, tarmoq osti raqami 185.23.0.0 emas balki 185.23.44.0 bo‘ladi.

Niqoblarda tarmoq raqamini chegarasini aniqlovchi birlar soni ketma ketlikda manzilni baytlarga bo‘lishni qaytarish uchun 8 likda keltirilgan bo‘lishi majburiy emas. Olaylik 129.64.134.5 IP-manzil uchun 255.255.128.0 niqob ko‘rsatilgan bo‘lsin, bu esa ikkilik ko‘rinishda:

IP-manzil 129.64.134.5 – 10000001.01000000.10000110.00000101

Niqob 255.255.128.0 – 1111111.11111111.10000000.00000000

Agar tarmoq raqami chegarasini aniqlash uchun niqob qo‘llanilsa, IPmanzilda “joylashtirilgan” niqobdagi 17 taketma ket birlar ikkilikdagi tarmoq raqami sifatini aniqlaydi:

10000001.01000000.10000000.00000000 yoki o‘nlik ko‘rinishda– tarmoq raqami 129.64.128.0, tugun raqami 0.0.6.5.

Provayder tomonidan berilgan IP manzilga ega bo‘lmagan kompyuterlar (yo‘naltirish to‘g‘ri sozlanganda) mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi IP manzillarga ega bo‘lib, boshqa mahalliy kompyuterlar bilan ishlashi mumkin SIDR:

192.168.0.1 - 192.168.255.255

172.16.0.1 - 172.16.255.255

10.0.0.1 - 10.255.255.255

Ushbu kompyuterlar proksi serverlar yoki NAT texnologiyasi yordamida Internetga ulanishi mumkin.

4.2- rasm. NAT texnologiyasi yordamida Internetga ulanish sxemasi



4.3- rasm. IP-adreslarni berish interfeysi

Berk tarmoqlar(sinonimlari: xususiy tarmoq VPN, intranet tarmog‘i, real bulmagan IP adreslar CIDR, ) Ular quyidagi diapazonlarda :

10.0.0.0 - 10.255.255.255

172.16.0.0 - 172.31.255.255

192.168.0.0 - 192.168.255.255

IP adresdagi niqob asosan tarmoq raqamini xamda xost raqamini topish uchun xizmat kiladi.

Ishlatilishi: marshrutlash xamda broadcast ma’lumotlarini chegaralash.

IP Niqob – ketma-ket logik 1 lardan xamda ketma-ket 0 lar katori bilan tugallandigan va umumiy uzunligi 32 bit bulgan maxsus adres.

masalan,



  1. sinfiga mansub IP adres niqobsi:

11111111.00000000.00000000.00000000

  1. sinfiga mansub IP adres niqobsi:

11111111.11111111.00000000.00000000

C sinfiga mansub IP adres niqobsi:

11111111.11111111.11111111.00000000

Uzunligi 22 bit li niqob:11111111 11111111 11111100 00000000

Ko‘pincha niqob quyidagicha ifodalanishi xam mumkin: 134.171.0.14G‘25.

Global tarmoq IP adreslarini tarqatish InterNIC (Network Information Center), tomonidan boshqariladi.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish