Akademik yozuv 1 fanini o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Akademik yozuv fanini o’qitish va o’rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o’rganishda yaxshi samara beradi.
Ta’limning oliy bosqichida ish qog’ozlarini o’qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ish yuritish uslubini qo’llash uchun yozma nutqni o’stirish ko’zda tutiladi. Rasmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o’rganish va mehnat faoliyatida ishlatiladigan hujjatlar matnini tuza olish ko’nikmalarini hosil qilish ko’zda tutiladi. Bunda hujjatchilikka doir adabiyotlarni o’qib o’rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida talabalarning o’zbek tilida hujjatlarni tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to’g’ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o’rinli foydalanishni qanchalik puxta o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida hujjat yuritish va ish qog’ozlarida tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o’qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo’llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo’llaniladi:
Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o’yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.
O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Akademik yozuv 1 ” fani yozma nutq, hujjat yuritish, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.
Ta'limdan olinadigan natijalar
Bakalavr “Akademik yozuv 1” fani bo’yicha:
- bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan:
- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;
- o’zbek tilining gap qurilishi;
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak.
- hujjat matnining tuzilishini;
- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;
- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’gri gap tuza olishni;
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llash, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;
- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |