O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


VIII bob. HUQUQ PRINSIPLARI VA FUNKSIYALARI



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

VIII bob. HUQUQ PRINSIPLARI VA FUNKSIYALARI 
 
1-§. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati 
Huquq prinsiplari, hech mubolag’asiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy 
mexanizmlardan birini, tag zamin o’zagi (sinch - umurtqasi)ni tashkil etadi. Ular butun 
huquqiy matyeriyani - g’oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy 
hayotga muayyan mantiq, mazmun - ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik hamda 
uyg’unlik baxsh etadi. Yanada tyeranroq ta’rif qiladigan bo’lsak, huquq prinsiplarida, 
bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma’rifiy taraqqiyotining 
hosilasi o’zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar huquq shakllanishida yo’nalish 
beruvchi mo’ljal, mezon vazifasini o’taydi. 
Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining 
rahbariy g’oyasi, ibtido qoidasi, yetakchi mezoni sifatida maydonga chiqadi. 
Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o’z tasdig’ini topadigan huquq prinsiplari 
jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga to’laligacha singib 
ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, nafaqat 
uning ichki tuzilishi, statik holatini, balki huquqni qo’llash jarayonini, huquq faoliyatining 
dinamikasini aks yetti radi. Huquq prinsiplari normativ aktlarni tayyorlashning butun 
jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari 
o’rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Huquq prinsiplari o’ziga xos tayanch tuzilma (konstruksiya) bo’lib, unga nafaqat 
huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur 
rahbariy tamoyillar davlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, huquqni qo’llash va 
huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo’naltiruvchi mash’al bo’lib xizmat qiladi. Ularga 
rioya etish darajasiga huquqiy tizimning baqamtiligi, barqarorligi va samaraliligi bevosita 
bog’liq. Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo’lganligi sababli ular turli huquq 
tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar o’rtasidagi, ob’yektiv hamda 
sub’yektiv huquq o’rtasidagi ichki birlikni, uyg’unlikni va o’zaro aloqadorlikni ta’minlashga 
ko’maklashadi. 
O’z mohiyati, tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki jamiyatning 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan ob’yektiv tarzda belgilanadi. Bundan tashqari, 
ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, hukmron siyosiy va davlat rejimi, 
jamiyat siyosiy tizimining qurilish hamda amal qilish tamoyillari o’z ta’sirini o’tkazadi
1

Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o’tirishning hojati ham yo’q. Zero, 
aytaylik, feodal huquqning tuzilish va harakatlanish prinsiplari quldorchilik huquqi yoki 
hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, rim huquqiga 
asoslangan bugungi kunimizdagi roman - gyerman huquqining prinsiplari islom dini 
arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farqlanishi barchaga ayondir. 
Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy 
qonunlarning 
muqaddimasida, 
moddalarida) 
mustahkamlanadi; 
ba’zan 
huquq 
normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suvyereniteti g’oyalariga 
sodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish 
prinsipi o’z aksini topgan. 
Shuningdek, Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida o’ta muhim boshqa huquqiy 
prinsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba’zilarini eslab o’tamiz: «davlat organlari va 
1
Васильев А.М. Правовне категории. Методологические аспекти разработки системи категорий теории права. -М., 
1976, 216-225betlar 


120 
mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi» (2-modda), «xalq 
hokimiyatchiligi» (7-modda), «davlat hokimiyatining taqsimlanishi» (11-modda), «siyosiy 
institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi» (12-modda), «Konstitutsiya va qonun 
ustuvorligi» (15 va 16-moddalar), «fuqarolarning qonun oldida tengligi» (18-modda) va 
hokazo. 
Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya 
Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimiyati xalqdan 
kelib chiqadi. Shved xalqining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllantirish hamda umumiy va 
teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshqaruv davlat tuzumi vositasi bilan, vakillik va 
parlament tizimi, va kommunal o’zini o’zi boshqarish orqali amalga oshiriladi». 
Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha prinsiplar orasida ular 
alohida muhim o’rin tutadi. Adolat va erkinlik prinsipi ko’pgina nufuzli xalqaro normativ-
huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki qonunchiligida o’z tasdig’ini topgan. Fikrimizning dalili 
sifatida 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa 
qonunlarni keltirish mumkin. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish