O'zbekiston respublikasi ™ '3us talim vazirligi \t universiteti



Download 184,53 Kb.
bet6/51
Sana14.01.2022
Hajmi184,53 Kb.
#362881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Lingvistik tadqiqot metod. va m. 2010. A.Nurmonov

Empirik bilish. Empirik bilishga asoslangan bilish yo'nalishi empirizm sanaladi. Bu yo'nalish bilishning ya- gona manbayi sifatida jonli kuzatishni, sezgi a’zolari orqali olingan bilimni, tajribani e’tirof etadi. Bunday bilim mazmu- ni tajriba bergan malumotlarni tavsiflashni o‘z ichiga ola- di. Demak, empirik bosqichda jonli kuzatish yetakchilik qila­di. Ratsional moment va uning shakllari (hukm, tushun- cha va boshq.) ishtirok etadi, lekin jonli kuzatishga nisba- tan orqa planda turadi. Unga ko'makchilik vazifasini ba- jaradi. Shuning uchun ham o‘rganilayotgan obyekt jonli kuzatishga berilgan belgilari asosida talqin qilinadi. Fakt- larni yiglsh, ularni dastlabki umumlashtirish, kuzatish va eksperiment ma’lumotlarini tavsiflash, ularni tasniflash va boshqa faktlarga asoslangan faoliyat empirik bilishning asosiy xususiyatlari sanaladi.

Empirik tadqiqotlar bevosita (oraliq uzvlarsiz) obyektga

yo'naltiriladi. Bu obyektlarni qiyoslash, olchash, kuzatish, eksperiment, analiz, induksiya usullari asosida o'zlashtiradi. Uning eng muhim elementi fakt sanaladi.

Har qanday ilmiy tadqiqot faktlarni to‘plash, sistemaga solish va ularni umumlashtirishdan boshlanadi. Fan taraq- qiyotida faktlarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham V.I. Vernadskiy: «Ilmiy faktlar ilmiy bilim va ilmiy tad- qiqotlarning bosh mazmunini tashkil qiladi. Ular asosida empirik umumlashmalar qilish, muayyan ilmiy faktlar siste- masini ajratish mumkin», - degan edi.

Faktlar ilmiy tadqiqot uchun asos bolib xizmat qilishiga qaramasdan, uning quliga aylanmaslik kerak. Har qanday fakt subyekt tomonidan konseptuallashtirilgan, muayyan nazariy tasawur bilan singdirilgan boladi. Shuning uchun malum miqdordagi faktlarni to'plab, ularni muayyan kon- septual sistemaga birlashtirish lozim boladi. Tadqiqotchi ko‘r-ko‘rona faktlarni izlamaydi. Faktlarni to'plashda malum bir maqsaddan, vazifadan, g'oyadan kelib chiqadi.

Shunday qilib, empirik tajriba hech qachon, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ko‘r-ko‘rona bolmaydi. U nazariya bi­lan rejalashtiriladi. Shuning uchun faktlar doimo nazariy yukka ega boladi. Fanning boshlanishi, uning tayanch nuqtasi yalang'och faktlar emas, balki nazariy sxemalar, borliqning konseptual sinchlari sanaladi. Ular abstrakt obyektlar (ideal konstruktlar), konseptual modellar va boshqalardan iborat boladi.



  1. Uaytxed ilmiy bilish ikki qatlamning birlashuvidan iborat ekanligini talddlaydi: ulardan birinchisi konkret kuzatish yordamida olingan bevosita borliq faktlari, ik- kinchisi ularning kontseptuallashtirilgan faktlaridan ibo­rat. Birinchisini kuzatish qatlami, ikkinchisini konseptual qatlam tashkil qiladi. Birinchisi doimo ikkinchisidagi tush- unchalar yordamida tavsiflanadi.

Ko'rinadiki, nazariyadan ajralgan quruq faktlar ilmiy qimmatga ega bolmaydi. Faktlardan ajralgan nazariya ham bolishi mumkin emas.

Ko‘p adabiyotlarda «metod» va «usul» atamalari bir xil ma’noda qollaniladi. Ayrim mualliflar esa usulni metod- ning tarkibiga kiruvchi qism sifatida tushunadilar. Bun- day vaqtda metod bir qancha tadqiq usullaridan tashkil topgan murakkab bilish yo'lini ifodalaydi. Darhaqiqat, har bir metod o‘z tadqiqot usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Empirik metod ham butunlik sifatida quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) eksperiment; 3) qiyoslash.

Tilshunoslikda empirik metodga asoslangan tilshunos- lik tavsifiy tilshunoslik deyiladi.

Tavsifiy tilshunoslikda har qanday tadqiqotning ibtido- si kuzatish sanaladi. Sezgi a’zolari orqali kuzatishga beril- gan faktik materiallar yig‘iladi.

Kuzatish jarayonida o'rganilayotgan obyektning faqat tashqi belgilari haqidagi bilimgagina emas, balki uning muhim xossalari va munosabatlari haqida ham bilimga ega bolamiz.

Empirik bilishda eksperimentning ham o‘rni beqiyosdir. O'rganilayotgan obyektni muayyan sharoitda, malum vos- italarni qo“Hagan holda, alohida ajratib tadqiq etishga e’tibor qaratiladi, Masalan, paxta navini yetkazish, uning tolasi sifatini aniqlash va h.k.

Lingvistik tadqiqotlarda ham bu usul katta ahamiyatga ega. Masalan, tovushlarning akustik-artikulatsion belgi- larini kuzatish usulida aniqlash qiyin kechgan hollarda eksperimental usulga murojaat qilinadi.

Shuningdek, empirik bilishda qiyoslashning ham aha- miyati katta. Har qanday shaxs yangi o'rganilayotgan obyektni oldin o'rganilgan obyektga qiyoslaydi. Ular o'rtasi- dagi o'xshash va farqli tomonlami aniqlaydi. O'rganilayotgan obyekt boshqalari bilan o'xshash belgilari asosida muayyan sinflarga birlashtiradi, farqli belgilari asosida esa sinf tarki- bida uning o'ziga xos xususiyatga ega ekanligini belgilaydi.




Download 184,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish