Respublika moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va
foydalanishga javobgar bo’lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo’llaydi.
Respublika hukumati topshirig’iga ko’ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi
hisobidan qanday mablag’larni olish, o’tkazish yoki qo’yishni hal etadi. Vazirlikning Valyuta
boshqarmasi, shuningdek, respublikaning to’lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi
iqtisodiy faoliyatidan kelib tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |