Nodavlat tashkilotlar qatoriga halqaro tashkilotlar va sog’liqni saqlash maqsadlari
uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar ham kiritiladi. Respublikada hayr-saxovat ishlari bilan shug’ullanuvchi jamg’arma va tashkilotlarning
salmog’i oshib bormoqda. Bu xususiy tibbiy muassasalarni kuchli raqobat sharoitida ishlashga
undaydi. Natijada, bozor munosabatlarining keskin salbiy ta’siri ancha yumshatiladi. Sog’liqni
saqlash tizimini isloh etish va nodavlat tuzilmalarning shakllanib rivojlanishiga, ular tomonidan
ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatining yuksalishida xorijiy investorlarning roli ham beqiyosdir. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq davolashning yangi
intensiv shakllarini qo’llash asosida oshiqcha kasalxona o’rinlari sonini qisqartirish nazarda
tutilgan. 1991 yili Respublikadagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo’lgan o’rinlar soni 260
mingdan oshiq edi. Sog’liqni saqlashning Milliy dasturini hayotga tadbiq qilish jarayonida
ularning soni teng yarmiga qisqartirildi va o’rin oborotini tezlashtirish hisobiga ularning zarur
miqdordagi qismi saqlanib qolindi. Tibbiy muassasalarga murojaat qilgan kishilarning 25
%igacha bo’lgan qismi uzoq muddat davomida statsionar holda davolanar edi. Bu ko’rsatkich
rivojlangan davlatlarda 3-4 %ni tashkil qiladi, xolos.
Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu poliklinikalarda va kunduzgi statsionarlarda
bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2003 yil 2 dekabr kuni ―Aholiga
shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖ qaror
qabul qildi. Unda respublikada sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi muvaffaqiyatli
amalga oshiralayotganligi qayd qilinib aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil
etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini
rivojlantirishni rag’batlantirish nazarda tutilgan edi. Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch
tibbiy yordam markazi huzurida byudjetdan tashqari shoshilinch tibbiy yordam xizmatini
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. 2004-2005 o’quv yilidan boshlab
―SHoshilinch tibbiy yordam‖ ixtisosligi bo’yicha magistratura ochiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1998 yilda qabul qilingan
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini
tubdan qayta qurish, ko’p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo’lmagan
statsionar tibbiy yordamdan ambulator-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor
ahamiyat berishga o’tishda muhim omil bo’ldi.
Qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan felьdsher-akusherlik punktlari o’rniga
qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil etildi.
Ambulatoriya poliklinikalar soni 5886 taga oshib, QVPlari 3208 taga yetdi.