87
ishga tushdi.
1994 yil noyabrda «O’zbekiston temir yo’llari» DAK tashkil etildi. U 50 mingdan ortiq
turli
tipdagi
yuk
vagoni,
refrejeratorlarga,
yo’lovchilar
tashiladigan
vagonga
ega.
Kompaniyaning temir yo’ldan foydalanishga mas’ul bo’lgan Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Orol
bo’yi, Qarshi temir yo’l bo’limlari bor.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Kamchiq davoni orqali Farg’ona vodiysiga,
341km.lik Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temir yo’li orqali mamlakatimizning
markaziy xududlari bilan bog’lashga erishildi. 233 kmlik G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir
yuli qurilishi temir-beton ko’priklaridan iborat bo’lib, dengiz sathidan 1200 m balandda.
Umumiy qiymati 447 mlrd. so’mni tashkil qilib, 25 mln. marta portlash ishlari olib borilgan. SHu
yo’ldan Afg’oniston va Eron davlatlari orqali Fors ko’rfazi portlariga chiqish rejalashtirilgan. Bu
yo’llarda jahon standartlarga javob beradigan zamonaviy poezdlar qatnovi yo’lga qo’yildi.
Respublika quruvchilari uzunligi 133 km bo’lgan Tajang-Saraxs yo’lini qurishda faol
ishtirok etayapti. O’zbekiston temir yo’li kelajakda bu katta yo’lning markaziy bo’g’ini bo’lib
qoladi. Bu yo’ldan Buxoro-Beynov orqali Yevropaga, Tajang-Saraxs orqali yaqin sharq
mamlakatlariga chikish imkoniyati vujudga keladi.
Respublikada hozir temur yo’l tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalarini izchillik bilan
amalga oshirilmoqda. Bu ishlar poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20% ga kamaytirish,
yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshiradi hamda 830 km.lik ―Toshkent-Termiz‖
temir yo’lini to’liq elektrlashtirish imkonini beradi.
2012 yilda uzunligi 240 km. bo’lgan temir yo’lni qayta tiklash uchun ishlar davom ettirildi.
Uzunligi 70 km.dan ortiq bo’lgan ―Dashtobod-Jizzax‖ temir yo’li tarmog’i ishga tushirildi.
Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, paxta tolasi, neftь va neftь
mahsulotlari, g’alla, tsement, kimyoviy maxsulotlar va mineral o’g’itlar, ko’mir, sabzavot va
boshqa yuklar tashkil etadi. Yuk tashishda teplovozlar, yo’lovchilar tashishda teplovoz va
elektropoezdlar xizmat ko’rsatadi. O’rta hisobda har yili temir yo’l transportida 15,0 mln.dan
oshiq yo’lovchi tashiladi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa, shaharlar atrofidagi
qatnovda elektropoezdlardan tobora kengroq foydalanilmoqda. Yo’lovchi tashish lokomotivlari
parkini yaxshilash, yuk tashish, vagonlarni modernizatsiya qilish, qayta tiklash asosida
Ispaniyaning ―TALGO‖ kompaniyasi bilan Toshkent-Samarqand yunalishida tezyurar magistral
yakuniga yetkazildi. Umumiy foydalanishdagi temir yo’llar uzunligi 4227 km ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: